Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {katta}
So‘z bo‘g‘inlari: kat-ta
Izoh(lar)i:
katta sf

1. zid. id. Hajmi, o‘lchami me’yordan yoki nisbatan ortiq; ulkan; kichik. Katta shahar. Katta hovli. Katta daryo. Katta soy. Katta tosh. Katta zal. Traktor kesilgan katta daraxtlarning to‘nkasiga zanjir bog‘lab tortar, arra, bolta ko‘targan odamlar bularni kesib, qirqib, aravalarga yuklashar edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
O‘roz qayerdandir katta tarvuz keltirib, o‘rtaga qo‘ydi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. zid. id. Tarkib jihatdan me’yoridan ortiq, ortiq miqdorli; kichik. Katta qo‘shin. Katta jamoa. Men — o‘n oltiga to‘lmagan qiz, birdan yot va katta oilaga tushib qoldim. Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Kuch-qudrati, darajasi, salmog‘i yuqori; buyuk, zo‘r. Katta g‘alaba. Katta tantana. Katta e’tibor. Katta jasorat. Katta bayram. Katta mahorat. Katta tortishuv. Bu kitobni o‘sha kechasi katta qiziqish bilan qo‘lga olarkan, eri Abdullaboy kelib qolib, [kitobni] qo‘lidan yirib oladi. Oybek, Tanlangan asarlar
Boltaboy kechki ovqatdan keyin keldi. U juda katta ishni bitirib kelganday, og‘zi qulog‘ida bo‘lib, nuqul sement to‘g‘risida sementlab qilingan to‘g‘on qanchalik pishiq bo‘lishi va hokazolar to‘g‘risida gapirar edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

4. 4. Yosh jihatdan ulug‘, yoshi ortiq. Katta o‘g‘il. U mendan katta. [Yusufbek hoji:] Oyim, har nima, siz kattasiz, Zaynab yosh, kattadan kichikka shafqat lozim. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

5. ot ot Yoshi katta kishi; qari, keksa. Kattani hurmat qil. Kattalar gapiga quloq sol.

6. 6. Xizmatdagi martabasi, unvoni, darajasi jihatdan (boshqaga nisbatan) yuqori. Katta ilmiy xodim. Katta laborant.

7. ko‘chma hma Ko‘zga ko‘ringan; atoqli, mashhur. Katta olim. Katta artist, Bu — Abdulla fonuschi degan katta qiziqchi. Oybek, Tanlangan asarlar
Abdurahmonning amakilari Buxoroda katta mudarrislardan sanalar edilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Toshkentga butun mamlakatdan katta geolog olimlar kelishgan. S. Karomatov, Oltin qum

8. 8. Yuqori lavozimdagi amaldor; rahbar, boshliq. Shaharning kattalari. [Tojiboy:] E, nodon Menga tegsang, jon-jon demaysanmi? Bir yurtning kattasi bo‘lsam. P. Tursun, O‘qituvchi
Odamlar tamom yig‘ilgan bo‘lsalar ham, kattalardan darak yo‘q. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Antonim(lar)i: chog‘ , kichik , kichkina , mayda , yosh
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. katta gap: 1)diqqatga sazovor, arzigulik 2)qanoatlanishga etarli, kifoya

2. katta gapirdi: imkoniyatiga ortiqcha baho berdi

3. katta ketdi: imkoniyatiga ortiqcha baho berdi

4. katta og‘iz: 1)soxta kibr-havoli, maqtanishni yaxshi ko‘radigan 2)imtiyozli mavqega ega(kinoya)

5. og‘zi katta: 1)soxta kibr-havoli, maqtanishni yaxshi ko‘radigan 2)imtiyozli mavqega ega (kinoya)

1. Katta – ulug‘ – buyuk – zo‘r – azim – ulkan
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

2. Oddiy askar – kichik serjant – serjant – katta serjant – kichik leytenant – leytenant – katta leytenant – kapitan – mayor – polkovnik – general-marshal – general-mayor – general-polkovnik – generalissimus
Ma’nosiga ko‘ra
(unvon darajasining katta-kichikligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.