Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ulug‘}
So‘z bo‘g‘inlari: u-lug‘
Izoh(lar)i:
ulug‘ sf

1. 1. Egallagan o‘rni, hajmi g‘oyat yirik; juda katta, ulkan, buyuk. Keltirganlar ikkisin bog‘lab, Tashlaganlar ulug‘ daryoga. G‘ayratiy
Xotin asl o‘rdaning ulug‘, muhtasham darvozasiga yaqinlashgandan keyin o‘ngdagi ayri yo‘lga burildi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Shu kecha yo‘l tortdi choshkada [choshgohda] ulug‘ bir toqqa yetdi. Hasanxon

2. 2. Kuch-qudrat, imkoniyat va shu kabilar jihatdan juda katta imkoniyatlarga eta; qudratli. Shayboniyxon markazlashgan ulug‘ bir davlat tuzishga intilar ekan qo‘l ostidagi odamlarning ixlos va e’tiqodini ham qozonishga alohida e’tibor berar edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

3. 3. Qadr-qiymati, ahamiyati va shu kabilar jihatidan yuqori darajali; buyuk. Bizning jamiyatda inson qadr-qimmati har narsadan ulug‘. Gazetadan
Shoir uchun bu olamda muxlisning ehtiromidan ko‘ra ulug‘roq baxt yo‘q. Gazetadan
Insondagi eng ulug‘ fazilatlardan biri kamtarlik va oddiylikdir. Gazetadan

4. 4. Salmog‘i, ko‘lami, ahamiyati yuqori bo‘lgan; muhim. Saidqosim ulug‘ ishlarni amalga oshiruvchilardan bo‘lgani uchun quvonardi. O‘zbekiston qo‘riqlari
Biz katta ishlar, ulug‘ o‘zgarishlar arafasida turibmiz. Gazetadan

5. 5. O‘z qobiliyati, xizmatlari bilan buyuk ishlarni amalga oshirgan va hurmat-e’tibor qozongan; buyuk. Qadimgi yunon mulkida o‘tgan donishmand, handasa ilmiga asos solgan, yer o‘lchashni o‘rgatgan ulug‘ olim [Yevklid]. M. Osim, Ibn Sino qissasi
Ulug‘ shoir haykali poyiga mehr-muhabbat va chuqur ehtirom ramzi sifatida gullar qo‘yilmoqda. Gazetadan

6. 6. Shunday ulug‘likni qayd etuvchi so‘z sifatida shaxs bildiruvchi so‘zlarga qo‘shib ishlatiladi. Ulug‘ amir. Ulug‘ Alisher, Ishqilib, xudoyi taolo ulug‘ sultonni panohi-da asrasin Mirmuhsin, Me’mor
Bobur suratga [Navoiy suratiga] qarab turib, o‘zicha so‘radi: Ulug‘ amir, nasib qilsa, huzuringizga borsam she’riyat tilsimini ochg‘uchi kalit berurmisiz? P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Demak, Nizomiddin bu nihoyatda xavfli to‘daga mansub, ulug‘ hazrat joniga qasd qilganlar orasida bor Mirmuhsin, Me’mor

7. 7. Rahbar, boshliq. Ilgarilari Bo‘taboyni, ulug‘imiz, deb yuradigan kishilar uni ko‘rganda, beting qursin, deb o‘tib ketadigan bo‘lib qolishdi. S. Ahmad, Hukm
So‘z so‘zlasa, durri gavhar sochilar. O‘rozali yurtimizning ulug‘i Yodgor
Iya, iya, ulug‘, Siz ham shu gapni aytdingizmi. S. Ahmad, Hukm

8. 8. Ulug‘ (erkaklar va xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: akbar [a], katta , boshliq , a’zam [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

 O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor U.Tursunov 1905- yilda Qo‘qonda tavallud topgan. 2- jahon urushi qatnashchisi. Farg‘ona pedtexnikumini (1924) va Leningrad Sharqshunoslik institutini (1930) tugatgan. Marg‘ilonda maktab o‘qituvchisi (1924-25), Qo‘qonda bolalar uyi o‘quv bo‘limi mudiri (1925–27), Til va terminologiya ilmiy qo‘mitasida ilmiy xodim, O‘rta Osiyo universitetida o‘qituvchi va Tojik agropedagogika institutida kafedra mudiri (1930–32), O‘zbekiston madaniy qurilish institutida direktor o‘rinbosari va sektor mudiri (1933–34), Til va adabiyot institutida direktor o‘rinbosari va sektor mudiri (1934-36), Samarqand universitetiti o‘zbek tilshunosligi kafedrasining mudiri (1936–71) vazifalarida ishlagan.

U.Tursunovning ilmiy asarlari o‘zbek tili leksikologiyasi, terminologiyasi, grammatikasi, dialektologiyasi va rivojlanish tarixiga, umuman, o‘zbek tilining ilmiy-nazariy, amaliy va metodik masalalariga bag‘ishlangan.

U.Tursunov 1971- yili vafot etgan.

Ibora(lar): mavjud emas.

1. Katta – ulug‘ – buyuk – zo‘r – azim – ulkan
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.