1. 1. Ulug‘vor ko‘rinishli, salobatli, bahaybat.
Haybatli baland tog‘lar oy yog‘dusini ham yutib yuborgudek qorayib, vahm solardi. S.
Karomatov, Oltin qum
Yassaviy maqbarasini Temir Ko‘ragon bino qildirgan, ko‘p haybatli, muhtasham maqbara.
Oybek, Ulug‘ yo‘l
Ichkarida tasavvuriga sig‘maydigan haybatli narsa poylab turganday bo‘lardi.
R. Rahmonov, Changalzordagi sharpa
2. ko‘chma hma Vahimali, dahshatli.
Jang bo‘ladi ko‘p haybatli, Yov g‘alamis, quv, shiddatli.
M. Shayxzoda, Toshkentnoma
Frontning uncha ham katta bo‘lmagan bir uchastkasiga to‘plangan minglarcha zambarak gumburlashidan haybatli bir guvullash hosil bo‘ldiki
A. Qahhor, Oltin yulduz