1. Vaqt, davr; payt, kez, kun, on. Tong chog‘i. Terim chog‘i. Shu chog‘. Ayni chog‘da. Yosh chog‘im — oltin chog‘im. Maqol
2. Xursand, shod, yaxshi. Qarg‘a qag‘ etadi, o‘z vaqtini chog‘ etadi. Maqol
3. O‘lchovi, o‘lchami mo‘ljaldan kichik, kichkina. — Marhamat, do‘stlar, — deb dastyor yigit chog‘roq bir barkashda stolga to‘rt six kabob qo‘ydi. N. Qilichev, Chig‘iriq
4. Top. Sahni chog‘ hovli. [Yigitning] Etigi ham, qo‘lqopi ham o‘ziga chog‘ emas, katta. A. Muxtor, Tug‘ilish
5. Kuch-quvvat, qurb; imkoniyat; istak. Chog‘im kelmadi. Tog‘ay devorga behol suyanarkan, ularni quvib yetishga chog‘i kelmasligini sezdi. Yoshlik
6. Kayfiyati juda yaxshi. Go‘ro‘g‘li sultonning dimog‘ini chandon chog‘ qilib yota berdi. Malikayi ayyor
1. chog‘ I Ot vaqt, payt, on
2. chog‘ II Sifat ko‘tarinki holatda, xursand, shod
3. chog‘ III Sifat o‘lchovi nisbatan kichik (jussasi chog)
4. chog‘ IV Ot chama, taxmin (o‘n chog‘li)
1. dimog‘i chog‘: kayfiyati yaxshi
2. kayfi chog‘: kayfiyati yaxshi
3. kayfi chog‘lik qildi: xursandchilik qildi, dilxushlik qildi
4. vaqti chog‘: kayfiyati yaxshi
5. vaqti chog‘lik qildi: xursandchilik , dilxushlik qildi
1. Naqadar – nechog‘lik – qanchalik – bunchalar Bo‘yog‘iga ko‘ra (qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)