1. Hajm-o‘lchovi odatdagidan ortiq, katta; ulkan. Zargarov atrofidagi buyuk sahroni, shu sahrodek cheksiz sukunatni sezar, o‘zining behalovat ruhi shu bo‘shliqlarni bus-butun to‘ldirib turgandek tuyulardi A. Muxtor, Asarlar
2. Ulug‘vor, yuksak, tengsiz, mislsiz. Buyuk, yetuk odamlar nihoyatda kamtar, kam-suxan, dilbar-u mehribon bo‘lishini bu dono qiz yaxshi bilardi. Mirmuhsin, Me’mor
3. Aziz, mo‘tabar, muqaddas. Dunyoda hech so‘z bormi Ona so‘zidan buyuk. H. Olimjon
4. Buyuk (erkaklar ismi).
1. Katta – ulug‘ – buyuk – zo‘r – azim – ulkan Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)