Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ulkan}
So‘z bo‘g‘inlari: ul-kan
Izoh(lar)i:
ulkan [ul-kan ]

1. Egallagan o‘rni, hajmi g‘oyat yirik, juda katta, buyuk. Ulkan bino. Ulkan daraxt. Ulkan daryo. Ulkan qurilishlar.◆— Ming yil chaqmoq chaqsin, ulkan tog‘ gerdayib turaveradi, — dedi Bektemir qat’iy. Oybek, Quyosh qoraymas

2. Ko‘lami, qamrovi, qudrati jihatdan juda katta; buyuk. Juda ulkan ish. Faqat sizlardaqangi mardi maydonlar eplay oladigan ish!R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi

3. Mazmun-mundarijasi, ahamiyati jihatidan katta, yirik. Ulkan asar.Ziynatullayevning qo‘lida zo‘r haqiqat bo‘lib ko‘rinayotgan narsa — aslida ulkan haqiqatdan uzib olingan bir haqiqatcha ekanini u endi aniq ko‘rib turardi. P. Qodirov, Uch ildiz

4. Nom, e’tibor qozongan; buyuk, ulug‘. Ulkan yozuvchi. Ulkan oqin.Qarindoshim, tug‘ishqonim, ulkan qozoqsan o‘zing. G‘. G‘ulom

Sinonim(lar)i: azim [a], katta
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Katta – ulug‘ – buyuk – zo‘r – azim – ulkan
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.