1. Hajm-o‘lchovi odatdagidan ortiq; juda katta, juda ulkan, haybatli.
Bahaybat minora. Bahaybat tog‘.Asriy qorlardan boshiga salla o‘ragan bahaybat qoyalar shahar tegrasida viqor bilan turgancha qotib qolgan.
K. Yashin, Hamza
2. Ko‘rinishi vahimaga soladigan, qo‘rqinch hissini tug‘diradigan; vahimali, dahshatli.
Lochin deganda, ko‘z oldimizda bahaybat yirtqich qush paydo bo‘ladi.
Fan va turmush