Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kichik}
So‘z bo‘g‘inlari: ki-chik
Izoh(lar)i:
kichik sf

1. 1. Tuzilish, hajm, o‘lcham jihatdan nisbatan katta bo‘lmagan. Kichik o‘rmon. Kichik shahar. Kichik bino. Kichik tosh. Kichik arava. Kichik xo‘jalik. Kichik gavda. [Otabek] Ayvonning narigi yoni bilan bir boqchagami, maydongami chiqilishini bilib, shu yoqqa yurdi va kichikroq bir mevazorga chiqdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Qumda talanib, bor-yo‘g‘idan ajragan kichik karvon sochilgan narsalarni yig‘ib, otlarni egarlab, aravalarga qo‘shishga hozirlik ko‘rdi. Mirmuhsin, Me’mor
Yo‘q, bunday bo‘lishi mumkin emas. Anavi kichik jangchicha ham yo‘qmanmi? Shuhrat, Shinelli yillar

2. 2. Sig‘imi, sath o‘lchami katta bo‘lmagan; tor. Kichik hovli. To‘n unga kichik keldi. Aksar shahar uylaridek, usta Bahromniki ham ikki xona, bir ayvondan va kichik sahndan iborat, tashqisiz eshik edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. 3. Yoshi o‘rta darajadan past, o‘rta darajaga yetmagan; keksaning aksi, yosh. Kichiklarga muruvvat qil, kattalarni hurmat qil. Maqol
Bir kattaning gapiga kir, bir — kichikning. Maqol

4. 4. Nisbatan yoshi past (kam) bo‘lgan. Kichik o‘g‘il. Kichik amaki. Ikki yosh kichik. O‘zidan kichik do‘sti. Bolalardan kichikroqlari chopqillashib, Saodatxondan o‘zib ketishdi. S. Zunnunova, Yangi direktor
Sidiqjon unga murojaat qilganida, o‘zidan kichik bo‘lsa ham, Ziyodaxon ona der edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

5. 5. Vazifa, lavozim darajasi past, quyi. Men o‘n bir yil shu idorada kichik bir lavozimda ishladim. Guldasta
Buxoroda ustoz Najmiddin Buxoriy kabi katta me’mor bo‘lmasa ham, kichiklari bor. Mirmuhsin, Me’mor

6. 6. O‘zi birikib kelgan so‘z bildirgan amal, kasb va shu kabilarning quyi, past, boshlang‘ich darajasini bildiradi. Kichik ilmiy xodim Yaxshi yigitlar — armiyaning husni. Kuzga borib, bularni kichik komandir qilib chiqaramiz-a? Shuhrat, Shinelli yillar.
Kichik bir master bo‘lib chiqardi otin. G‘ayratiy

7. 7. Ahamiyat, mohiyat jihatdan katta bo‘lmagan; arzimas, muhim bo‘lmagan. Kichik xato. Kichik bir mulohaza. Hanifa o‘z zvenosining kichik bir muvaffaqiyati shunday katta majlisda og‘izga tushadigan bir voqeaga aylanib ketishini sira kutmagani uchun qattiq xijolat tortdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Kichik – kichkina – mitti
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

2. Oddiy askar – kichik serjant – serjant – katta serjant – kichik leytenant – leytenant – katta leytenant – kapitan – mayor – polkovnik – general-marshal – general-mayor – general-polkovnik – generalissimus
Ma’nosiga ko‘ra
(unvon darajasining katta-kichikligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.