Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yosh}
So‘z bo‘g‘inlari: yosh
Izoh(lar)i:
yosh [yosh ]

1. Qattiq og‘riq, qayg‘u yoki kuchli sevinch-shodlik va shu kabilar natijasida yosh bezlaridan ajralib chiqadigan tiniq sho‘r suyuqlik. Kelar yo‘ling supuray sochim bilan, Changi chiqsa, suv sepay yoshim bilan. Yo. Mirzo, O‘g‘il mehri

2. ko‘chmaYig‘i; nola. Zolim boylar mazax qilib kulardi, Rahmi kelmay muhtojlarning yoshiga. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li

Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. yosh I Ot
ko‘z suyuqligi

2. yosh II Ot
umr o‘lchovi

3. yosh III Sifat
qari emas

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. sakkiz yoshdan sakson yoshgacha: katta-kichik, hamma

1. Bola – o‘spirin – yigit – o‘rta yosh – keksa – nuroniy – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(ijtimoiy holatiga ko‘ra)

2. Chaqaloqlik – go‘daklik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik
Ma’nosiga ko‘ra
( davrlariga ko‘ra)

3. Go‘daklik – chaqaloqlik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik – qarilik
Ma’nosiga ko‘ra
(davriy bosqichiga ko‘ra)

4. Ninni – go‘dak – chaqaloq – bola – o‘smir – yigit – o‘rta yosh – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(yosh xususiyatining katta-kichikligiga ko‘ra)

5. Quyosh – oftob – kun
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

6. Sham – chiroq – elektr – toki – quyosh
Ma’nosiga ko‘ra
(yorug‘lik miqdorinng oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.