Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yirik}
So‘z bo‘g‘inlari: yi-rik
Izoh(lar)i:
yirik sf

1. zid. id. Hajmi, o‘lchamlari, qiymati jihatidan nisbatan katta; mayda. Yirik marvarid. Yirik guruch. Yirik tom-chi. Yirik olma. Yirik pul. Ahmad tan-bal qahr bilan o‘rnidan turdi va yirik tishlarini irjaytirib qo‘shib qo‘ydi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Daraxtlar pakana, mevasi mo‘l va yirik. Oybek, Tanlangan asarlar
Oqshom tushib, tashqari qorong‘ilashib qolgan, gupullatib yirik-yirik qor yog‘ar edi. Gazetadan

2. 2. Katta kuch-qudrat va imkoniyatlarga ega bo‘lgan, ko‘lami keng; katta. Yirik korxona. Yirik xo‘jalik. Zomin g‘allachilik xo‘jaligi hududida yirik suv ombori qurishga kirishildi. O‘zbekiston qo‘riqlari
Bugungi Toshkent — yirik sanoat, fan va madaniyat markazlaridan biri. Saodat

3. 3. E’tibori, ahamiyat darajasi yuqori, ortiq bo‘lgan; katta. Yirik anjuman. Mamlakatimiz hayotidagi biron-bir yirik voqea yo‘qki, unda xalqlar do‘stligi, birodarligi namoyon bo‘lmagan bo‘lsin. R. Fayziy, Ta’zim
Bobolarimizning tabiiy fanlarni taraqqiy ettirish borasidagi muvaffaqiyatlarining siri esa fanda yirik kashfiyotlar yaratishdek mushkul va mashaqqatli ish bo‘lib qoldi biz uchun. S. Karomatov, Oltin qum

4. 4. O‘z ishi, faoliyati yoki ta’siri bilan ko‘zga ko‘ringan, shuhrat-obro‘ qozongan; atoqli; nufuzli. Yirik mutaxassis. Yirik odam. Yirik adib. Sobirni bunga dadasi — yirik matematik Sultonov undagan edi. O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv
Xadicha Sulaymonova ajoyib inson, yirik jamoat arbobi, yaxshi ona edi. Saodat

Antonim(lar)i: chog‘ , kichik , mayda
Sinonim(lar)i: azim [a], katta
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.