Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {azim}
So‘z bo‘g‘inlari: a-zim
Izoh(lar)i:
azim sf

1. 1. Ko‘rinish, tuzilish e’tibori bilan g‘oyat katta, ulkan. Azim terak. Azim tog‘lar. Azim daryo. Shahri azim. Eski Jo‘vada azim bir jamoa yig‘ib, Azizbek bilan bo‘lgan mojarosini so‘zladi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 2. Azim (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: chog‘ , kichik , mayda
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: azm – [a] Qasd, qat’iy maqsad-intilish; qaror qilmoq.

   Azim Hojiyev – filologiyafanlari doktori, professor, O‘zFA akademigi. 1933 yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Olim o‘zbek tili morfologiyasi, so‘z yasalishi, leksikologiyasi va leksikografiyasi, orfografiyasi bo‘yicha qator asarlar yaratib, tilshunosligimiz rivojiga munosib hissa qo‘shdi. Ular orasida «O‘zbek tilida ko‘makchi fe’llar» (1966), «To‘liqsiz fe’l» (1970), «Fe’l» (1973), «Hozirgi o‘zbek tilida forma yasalishi» (1979), «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» (1980), «O‘zbek lingvistik terminlarining izohli lug‘ati» (1984), «Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati» (2002) kabi asarlari alohida qimmatga ega.

A.Hojiyev oliy va o‘rta maktablarda ona tilini, hozirgi o‘zbek tilining nazariy muammolarini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha ham barakali faoliyat olib bormoqda. Uning tashabbusi va bevosita ishtirokida oliy o‘quv yurti filologiya fakultetlari talabalari uchun «Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – I qism» (1980) darsligi, o‘rta maktablarning V–IX sinflari uchun «Ona tili» dasturi (1992) va darsligi (1992-94) yaratilib, amaliyotda keng qo‘llanildi.

1. azimat etmoq: jazm qilmoq

2. azimat qilmoq: jazm qilmoq

1. Katta – ulug‘ – buyuk – zo‘r – azim – ulkan
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.