0. Katta mahoratga, tajribaga ega bo‘lgan; o‘z ishi, kasbining ustasi bo‘lgan, mohir, kuchli; zabardast.
Toshkentda zo‘r olimlar ko‘p.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
1. Mazmun jihatdan pishiq-puxta, qiziqarli; sifat, maza jihatdan afzal, yaxshi.
Zo‘r kitob. Zo‘r spektakl. Zo‘r olma. Zo‘r palov.
-
1. Katta mahoratga, tajribaga ega bo‘lgan; o‘z ishi, kasbining ustasi bo‘lgan, mohir, kuchli; zabardast.
Qishlog‘imizda bir boboy bo‘lardi. Zo‘r tabib edi, — dedi Majid.
Nazarmat, Jo‘rlar
1. Mazmun jihatdan pishiq-puxta, qiziqarli; sifat, maza jihatdan afzal, yaxshi.
Zo‘r kitob. Zo‘r spektakl. Zo‘r olma. Zo‘r palov.
-
1. Kuch-quvvat, qudrat; ta’sir.
Amaki bo‘lsa, o‘shanda pulning zo‘ri bilan o‘g‘lini mardikorlikdan qutqarib qoldi.
Yo. Xaimov, M. Rahmon, Hayot-mamot
2. Urinish, harakat.
Zo‘ri behuda belni sindiradi.
Maqol
3. Kuchli, shiddatli zarb; kuchlilik.
— O‘-o‘, — dedi Elmurod bosh chayqab, — kaltakning zo‘rini mengina yeymanmi desam, sen ham yer ekansan, boyoqish.
P. Tursun, O‘qituvchi
4. Zo‘rlik, zo‘ravonlik.
[Mansur jahl bilan:] Xayr, mayli, ixtiyoring. Zorimiz bor, zo‘rimiz yo‘q.
Z. Said,N. Safarov, Tarix tilga kirdi
5. Katta jismoniy kuchga ega bo‘lgan, baquvvat, zabardast.
— Odamning qo‘lidan kelmaydigan hech bir ish yo‘q, — dedi Saodatxon, — odam hamma narsadan zo‘r.
S. Zunnunova, Yangi direktor
6. Iqtisodiy jihatdan baquvvat, qudratli; katta iqtisodiy kuchga ega bo‘lgan.
— Shunchalik zo‘r xaridorlari turgan bir zamonda bu vazifaning menga kelib to‘xtaganiga hanuz aqlim bovar qilmaydir,— dedi Anvar.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
7. Katta, ulkan, buyuk; kuchli.
Olimjondan zo‘r-zo‘r umidlar kutgan muallim hazratlari Ahmadjon bilan ikkisini o‘z hujralariga chaqirdi.
Hamza, Tanlangan asarlar
8. Kuchli, shiddatli; keskin.
Zo‘r shamol. Zo‘r zilzila.
-
9. Og‘ir, qattiq, iztirobli.
Hammaning yuzidan, harakatidan zo‘r bir musibat aks etar edi.
A. Qahhor, Qo‘shchi-nor chiroqlari