Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {muloyim} - lash ( Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: mu-lo-yim-lash-moq
Izoh(lar)i:
muloyim sf

1. 1. Qo‘lga yumshoq urinadigan, mayin. Muloyim teri. Xoljuvon oyim badanginalari muloyim. Hasanxon

2. ko‘chma hma Yoqimli va yumshoq ta’sirli. Ertalab yomg‘ir tingan, havo naqadar muloyim va orombaxsh. J. Abdullaxonov, Oriyat
Muhiddin Yulduzxonning muloyim tovushida o‘z qalbidagi singari ma’noni sezdi. R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi

3. ko‘chma hma Gap-so‘z, xatti-harakatlari nihoyatda yoqimli va yumshoq. Alixon tabiatan og‘ir, muloyim, kamgap yigit edi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
Narigi qo‘nishdagi bosh cho‘pon dadasini tanir ekan, parvona bo‘ldi, bechora. Xotini ham bir muloyimki. S. Anorboyev, Oqsoy

Sinonim(lar)i: yumshoq , yumshamoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.