Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yumshoq}
So‘z bo‘g‘inlari: yum-shoq
Izoh(lar)i:
yumshoq sf

1. 1. Qo‘l tegsa botadigan, oson eziladigan; muloyim, mayin. Yumshoq yostiq. Yumshoq pat. Yumshoq xamir. Uy to‘rida, yumshoq ko‘rpa ustida qarg‘ashoyi ko‘ylakli bir xotin yotar edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
U beixtiyor to‘shakday yumshoq maysazorga o‘tirib qoldi. S. Anorboyev, Oqsoy
Qor suviga to‘ygan yer xamirdek yumshoq edi. S. Ahmad, Ufq
Normat Adolatning yumshoq qo‘li, nozik barmoqlarini kafti bilan siladi. I. Rahim, Chin muhabbat

2. 2. Osonlikcha turli shaklga kiradigan, ishlov berilishi oson, bo‘sh. Yumshoq yog‘och. Yumshoq metall. Yumshoq sim.

3. 3. Chaynalishi, yeyilishi oson; mayin, muloyim (ovqat haqida). Yumshoq shavla. Mana, yigitcha, yumshoq non ham olib chiqdim. H. G‘ulom, Mash’al
Shu yigit menga uch hafta qaradi, bir burda non topsa, yumshoq joyini menga berib boqdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

4. ko‘chma hma Birovga qattiq gapirmaydigan, dag‘allik qilmaydigan; muloyim. Munavvar o‘ta intelligent, yumshoq bir odamga dag‘allik qilib, ozor berganiga o‘ksindi. S. Anorboyev, Mehr
Kampir ko‘pni ko‘rgan, achchiq-chuchukni tatigan, yumshoqqina xotin edi. S. Ahmad, Ota
Tabiatan yumshoq, ko‘ngilchan odam, yolg‘iz farzandini urishishga tili bormasdi. O‘. Umarbekov, Yoz yomg‘iri

5. 5. Yoqimli ta’sirga ega; muloyim. Avji qish vaqti bo‘lsa ham, yerda sira qor yo‘q, havo xuddi bahorday yumshoq edi. S. Zunnunova, Yangi direktor
Hozir uning horg‘in yuzidagi yumshoq jilmayish birdan so‘ndi. A. Muxtor, Opa-singillar
dedi-da, sababini o‘zim ham bilmayman, degandek yumshoq kulib qo‘ydi. Shuhrat, Shinelli yillar

6. 6. Ozor yetkazmaydigan; yengil. Yumshoq jazo. Quturmay ham nima qilsin, chayqovchilikda ayblanganlarning ustidan sudlar shu qadar yumshoq hukm chiqaradiki, bilmay-san kishi: jazo berdimi, nasihat qildimi? A. Qahhor, Og‘aynilar

Sinonim(lar)i: bo‘sh , muloyim [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. ko‘ngli yumshoq: ko‘ngilchan, rahmdil

2. yumshoq ko‘ngil: ko‘ngilchan, rahmdil

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.