Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {dag‘al}
So‘z bo‘g‘inlari: da-g‘al
Izoh(lar)i:
dag‘al [da-g‘al ]

1. Ko‘rinishi, tuzilishi beo‘xshov; qo‘pol. Nazarga xotinning barmoqlari serpay, dag‘al tuyuldi. E. Usmonov, Yolqin

1. Ko‘rinishi, tuzilishi beo‘xshov; qo‘pol. Men bekaning dag‘al qo‘llarini o‘pdim. Yoshlik

2. Tabiiy holda qattiq; mayin, silliq emas. Mulla Ikrom baland bo‘yli, dag‘al soqol bir kishi edi. Oybek,Tanlangan asarlar

3. Qo‘pol ishlangan, jo‘n. Dag‘al saxtiyondan etik kiygan oyoqlarini kerib pichan uyumlarini aravaga ortardi. S. Anorboyev, Oqsoy

4. Hazm bo‘lishi qiyin, badhazm. Mol go‘shtida esa birlashma to‘qima ko‘p va dag‘al bo‘lgani uchun qattiq va hazm bo‘lishi qiyin. N. Ismoilov, Kasallarni parvarish qilish

5. Kishiga qattiq tegadigan, qattiq botadigan; sovuq, qo‘pol. Raisning dag‘al gapirishi Kozimga yoqmadi. E. Usmonov, Yolqin

Sinonim(lar)i: qo‘rs
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Qo‘pol – dag‘al – qurs – to‘ng – tund
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.