Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qattiq}
So‘z bo‘g‘inlari: qat-tiq
Izoh(lar)i:
qattiq [qat-tiq ]

1. Qattiq jism. Qattiq modda. Qattiq va suyuq yoqilg‘ilar. Odatdagi sharoitda o‘z shakli va hajmini saqlaydigan.

2. Umuman, shakl o‘zgarishlariga, tashqi ta’sirga yaxshi qarshilik ko‘rsatadigan; sindirish, ushatish, kesish qiyin bo‘lgan. Qat-tiq yog‘och.◆Bu yoqning toshi u yerniki singari qattiq, yaxlit emas, juda bo‘sh, g‘o‘rasha edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

3. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha. Qattiq o‘rin. Qattiq xamir.◆U [To‘lagan aka] tikanday qattiq soqolini Sidiqjonning yuziga ishqab pichirladi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari.

4. Mahkam, mustahkam, pishiq. Belbog‘ni qattiq bog‘lamoq.◆Xoliqov o‘rnidan turib, unga peshvoz chiqdi va qattiq qo‘l qisib ko‘rishib, kresloga taklif qildi. O‘. Usmonov, Sirli sohil.

5. Belgi darajasi yuqori (ortiq) bo‘lgan; kuchli, zo‘r, juda. Qattiq tovush. Qattiq og‘riq. Qattiq iztirob. Qattiq shamol. Qattiq sovuq. Qattiq zarba. Qattiq hurmatlamoq. Qattiq azob chekmoq. Qattiq charchamoq.◆Gulnor Yo‘lchini qattiq sevadi. Oybek, Tanlangan asarlar.

6. Qiyinchilik, mashaqqat bilan bo‘ladigan, kuch, mehnat, mashaqqat talab etadigan; og‘ir, qiyin, mashaqqatli. Qattiq mehnat.◆Bu uydagi xotinlar Unsinni qattiq yumushlarga sola boshladilar. Oybek, Tanlangan asarlar.

7. Undan biron narsa so‘rash kerak emas, o‘lgunday qattiq odam.

8. Tafsilotlar bet so‘zi izohida keltirilgan. beti (yoki yuzi qattiq)

9. Xafa qilarli, ranjitadigan darajada ta’sir qilmoq. qattiq botmoq(yoki tegmoq) Bu gap To‘xta xolaga qattiq botdi. Kampir Bozorovning yuziga g‘azabli ko‘zlarini tikdi. I. Rahim, Chin muhabbat.

10. Og‘ir gapTafsilotlar og‘ir so‘zi izohida keltirilgan. qattiq gap Mening shunchalar qattiq gaplarimga qanday chidading? K. Yashin, Hamza.

11. Qattiq botadigan darajada qabul qilmoq. qattiq olmoq — Qanaqa xato ekan? — ko‘ngliga qattiq olgandek sekretarga qaradi rais. N. Safarov, Olovli izlar.

12. Gap-so‘zidan, azm-qaroridan qaytmagan holda o‘zini tutmoq. qattiq turmoq Men o‘ninchi sinfni tamomlagunimcha erga tegmayman, deb qattiq turib oldim. B. Rahmonov, Bahor arafasi.

13. Qattiq rioya qilmoq, amal qilmoq.Urf-odatlarni qattiq tutmoq; qattiq tutmoq

14. O‘z izmida (hukmida) saqlamoq, izmida bo‘lishga majbur qilmoq. Shariat xotinni qattiq tutish kerak deydi-yu, ammo xotinni qancha qattiq tutsangiz, shuncha g‘aflatda qolasiz. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin.

Antonim(lar)i: muloyim [a], yumshoq , asta , sekin
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: qatiq Sutga tomizg‘i solib ivitib tayyorlangan mahsulot.
Qomus: mavjud emas.

1. bag‘ri qattiq: -

2. bet qattiq: -

3. beti qattiq: -

4. betini qattiq qilmoq: -

5. betni qattiq qilmoq: -

6. dardi qattiq: -

7. diyda qattiq: -

8. diydasi qattiq: -

9. ko‘ngilga qattiq botmoq: -

10. ko‘ngilga qattiq olmoq: -

11. ko‘ngilga qattiq tegmoq: -

12. ko‘ngli qattiq: rahm-shafqati yo‘q

13. ko‘ngliga qattiq botmoq: -

14. ko‘ngliga qattiq olmoq: -

15. ko‘ngliga qattiq tegmoq: -

16. osmon uzoq, yer qattiq: -

17. osmon uzoq, yer qattiqlik qilmoq: -

18. osmon yiroq, yer qattiq: -

19. osmon yiroq, yer qattiq bo‘lmoq: -

20. qattiq botmoq: -

21. qattiq ko‘ngil: rahm-shafqati yo‘q

22. qattiq tegmoq: -

23. qattiq turdi: o‘z aytganining amalga oshishini qat’iy talab qildi

24. qattiq turmoq: -

25. qattiq yuzli: -

26. so‘zida qattiq turdi: o‘z fikrini o‘tkazishga intilib qaysarlik qildi

27. yuzi qattiq: -

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.