1. 1. Bichimi kelishmagan; beo‘xshov, beso‘naqay; dag‘al.
Qo‘pol etik. Qo‘pol kiyim.
▬
Uning tarvaqaylagan qo‘pol, yalang‘och shoxlari hovlining u burchagidan bu burchagiga yetadi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Taxtadan qo‘polgina qilib yasalgan uzun stolga qizil mato yozilgan.
H. G‘ulom, Mash’al
2. 2. Kishiga qattiq tegadigan, kishini ranjitadigan; dag‘al, qo‘rs, tund, yoqimsiz.
Qo‘pol muomala. Qo‘pol so‘z. Qo‘pol qiliq. Qo‘pol harakat. Qo‘pol hazil. Qo‘pol gapirmoq.
▬
Raisning qo‘pol e’tirozini eshitib turgan Bekbo‘ta, qoni qaynab ketdi shekilli, o‘zini tutolmay, keskin gapirdi.
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Maorif mudiri Xizirov uning [Elmurodning] ta’biga qarshi, tomdan tarasha tushganday, qo‘pol javob qildi.
P. Tursun, O‘qituvchi
Men ham senga eski bir maqolni aytishim mumkin edi. Lekin juda qo‘pol bo‘lganidan, aytishga tilim bormaydi.
P. Tursun, O‘qituvchi
3. 3. Shunday belgi-xususiyatga ega bo‘lgan shaxs haqida.
Yuzboshi Abdullabek o‘lguday qo‘pol odam., bu odamni qaranglar, qanday xushfe’l.
Mirmuhsin, Me’mor
Meni dag‘al desang, tan beraman. Qo‘pol desang, bo‘ynimga olaman.
Uyg‘un, Qaltis hazil
4. 4. Oqlab, kechirib yoki tuzatib bo‘lmaydigan.
Qo‘pol xato. Boshqalarning ichki ishlariga qo‘pol ravishda aralashish.
▬
[Uning] Bu qo‘pol gunohini tasodifan chiqqan xayrli natijasiga bag‘ishlash, bundan kelin shunday xato qilsa, qattiq jazo ko‘rishini unga tushuntirish kerak.
S. Ayniy, Qullar