1. 1. Asl, me’yoriy, odatdagiga qara-ma-qarshi holatli; oldning aksi; teskari.
Qulahmad o‘zini kibor tutar, odam yuziga boqmay, ters qarab gapirardi.
Mirmuhsin, Cho‘ri
Katta hovliga ters bo‘lgan panaroq joyda samovar qo‘yish bilan mashg‘ul bo‘ldi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Eshakka ters mindirilgan yuziga kuya surkalgan Umaralini ko‘rgan Zumrad hushsiz qotib qoldi.
Oybek, Ulug‘ yo‘l
2. 2. Qarama-qarshi tomon; teskari.
Mohi-ro‘y shu ko‘yi qachon meni ko‘rsa, yo‘lini ters soladigan qiliq chiqardi.
S. Siyoyev, Erkaklar ertagi
— Hoy, menga qarang, — dedi Yoqutoyim shiddat bilan oynaga ters o‘girilib S.
Anorboyev, Oqsoy
3. 3. O‘zaro muomala, munosabat va shu kabilarda bir-biri bilan kelishmaydigan; teskari.
Maxsum Mirobid bilan ilgari ters bo‘lsa, endi apoq-chapoq, og‘iz-burun o‘pishadi.
V. G‘ofurov, Vafodor
Shahnoz bilan ters bo‘lgandan beri ikki yil o‘tib ketdi
R. Rahmon, Mehr ko‘zda
4. 4. Xulq-odob, muomalada qo‘pol; qo‘rs.
Xulqi ters, og‘ziga kelganini gapiradi, yozadi.
A. Muxtor, Chinor
Hoji so‘zini tugata olmadi. Hojining ters so‘ziga chidolmagan Azizbek vahshiylarcha hayqirdi: — Nima dey-san!? A.
Qodiriy, O‘tgan kunlar