Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sho‘x}
So‘z bo‘g‘inlari: sho‘x
Izoh(lar)i:
sho‘x [sho‘x ]

1. Vaqtini o‘yin bilan o‘tkazadigan, o‘yinqaroq; to‘polonchi. Ertadan kechgacha yaylov dalada tinmay o‘ynab charchagan sho‘x bolalarni bir lahzada va birdan uyqu oldi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. O‘yin-kulgini, hazil-huzulni yaxshi ko‘radigan; xushchaqchaq, quvnoq. Sho‘xqiz.◆— O, bizning yigitlar juda sho‘x bo‘ladi, — dedi Muharram o‘tirayotib, — bitta namunasi mana, qoshingizda turibdi. Shuhrat, Shinelli yillar

3. O‘z qiliqlari, ishvasi, noz-karashmasi bilan kishini o‘ziga maftun qiladigan; o‘ynoqi. Sho‘x ko‘zlar.◆Necha kundan beri ko‘rsatmayin vaslin sog‘intirdi, Tarahhum aylasun, ul sho‘xi jonon bir kelib ketsun. Hamza

4. O‘ynoqlab tez harakat qiladigan; o‘ynoqi. Mashina ikki tomoni zalvorli tog‘lar bilan o‘ralgan, ilon izi bo‘lib, sho‘x oqayotgan soy bo‘yida to‘xtadi. N. Fozilov, Diydor

5. Kishiga shodlik bag‘ishlaydigan, hazil-mutoyiba aralash, jo‘shqin; o‘ynoqi, sho‘xchan (qo‘shiq, o‘yin, musiqa kabi-lar haqida). Sho‘x kuy. Sho‘x o‘yin.◆Bir-biridan sho‘x, bir-biridan o‘ynoqi ohanglarga yosh-yalanglar raqsga tushishyapti. Gazetadan

Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.