1. Kishiga qattiq tegadigan; qo‘pol, dag‘al, to‘ng.
Qo‘rs odam. Qo‘rs so‘z. Qo‘rs muomala.
▬
Unga yuzma-yuz kelib, bunday qo‘rs, bunday ters gaplarni hech vaqt aytgan emas edim.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Qo‘rs javob oraga yana jimlik tushirdi.
S. Zunnunova, Go‘dak hidi
Avaz o‘z fe’lini biladi: u injiq, yuragi tor, qo‘rs.
S. Siyoyev, Yorug‘lik