Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yumsha} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: yum-sha-moq
Izoh(lar)i:
yumsha fl

1. 1. Yumshoq holga kelmoq, mayinlashmoq. Mum yumshadi. Azot bilan o‘g‘itlangan yer yumshaydi. U [Yo‘lchi] bu yerga oldin suv berib, yer yumshagandan so‘ng kovlash kerakligini anglasa ham, vaqtni yo‘qotmaslik uchun metin joyni kovlaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
Asfalt yo‘llar bo‘lsa mumdek yumshagan Mirmuhsin, Umid

2. ko‘chma hma Hovuridan, g‘azabdan tushmoq; andisha, shafqat yo‘liga o‘tmoq; erimoq. Araz-lab turgan Ziyodaxon Sherbekning gapiga yumshab: — Bolalikdagi sho‘xligingiz haliyam qolmabdi, — dedi. S. Anorboyev, Oqsoy
Ammo yasovul bir qizning yalinib-yolvorishidan yumshaydigan kishilardan emas. S. Ayniy, Doxunda
Kampir nevarasining porlab turgan ko‘zlariga tikilib, bir oz yumshadi. J. Abdullaxonov, To‘yga kelinglar

3. ko‘chma hma Pasaymoq, susaymoq, bo‘shashmoq (sovuq, vaziyat va shu kabilar haqida). Keskinlik ancha yumshadi. Sovuq bir oz yumshab tushgan, quyosh ochiq havoda harakat etmoqda edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Fevralning o‘rtalarida havo yumshab, dala-toshni, to‘qaylarni bosib yotgan qalin qor yopig‘i teshila boshladi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
So‘zingiz to‘g‘ri, inim qumda havo qiziq bo‘lishiga qaramay, nafas olish qulay. Asablar ham yumshab, kishi kayfiyati ko‘tariladi. Mirmuhsin, Me’mor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.