1. 1. Ko‘pol, beso‘naqay ko‘rinishga egalik.
Kiyimning qo‘polligi.
▬
O‘zi xirsday baquvvat. Bir kuni, bu gavda, bu qo‘pollik bilan ayni frontbopsiz-da! deb qolmasmanmi. Qoldim baloga.
Shuhrat, Shinelli yillar
2. 2. Qo‘pol gap, muomala, beso‘naqay xatti-harakat va shu kabilar
U darrov uzr so‘radi: — Qo‘polligim qursin, eshikni qo‘qqisdan ochib, chiroqni o‘chirib qo‘ydim.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
O‘qituvchi tajanglik, qo‘pollik, shoshqaloqlik, besabrlik kabi nomatlub sifatlardan butunlay musaffo bo‘lishi shart.
R. Usmonov, Odobnoma