1. To‘g‘ri, maqbul maslahat, gap-so‘zga ham quloq solmay, yon bermay, o‘z fikrini ma’qullayveradigan; gap uqmaydigan, qaysar.
Ertaga vojatiydan so‘raymiz, — dedi Qudrat gap uqmas, o‘jar singlisini tinchitib.
H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
2. Yalinib-yolvorish, iltimos kabilarga ko‘navermaydigan, o‘z so‘zidan, fikridan qaytmaydigan; bir so‘zli.
Unga kamoli ehtirom bilan salom berdi. Dilidagi gaplarni astoydil tushuntirib to‘kdi. O‘n beshinchi tushmagur bir so‘zli o‘jar odam ekan. Ko‘nmadi.
S. Ahmad, Saylanma
3. Boshqaning izmiga yurmaydigan; bo‘ysunmas.
Suv o‘jar, uni tizginlash oson emasligini Po‘latjon biladi.
S. Ahmad, Qadrdon dalalar
4. Qaytarib, o‘zgartirib bo‘lmaydigan narsa haqida.
Firibgar har qancha ayyorlik qilmasin, o‘jar faktlar oldida qilmishiga iqror bo‘ldi.
Gazetadan