Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xunuk} - lash ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: xu-nuk-lash-moq
Izoh(lar)i:
xunuk sf

1. 1. Ko‘rinishi yoqimsiz; ko‘rimsiz, chiroyli emas. Fransuzlar dunyoda xunuk ayollar yo‘q, faqat o‘ziga oro bermagan, parvarishsiz ayollargina bor, deb hisoblashadi. Saodat
Voy-vuy, qishlog‘imiz shunaqa xarob, shunaqa xunukmi! A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. ko‘chma hma Yoqimsiz; noxush, jirkanch. Xunuk voqea. Har qalay, kecha xunuk ish bo‘ldi. S. Ahmad, Ufq
Bechora xotinning insonlik qadr-u qiymatini yerga uradigan nihoyat-da xunuk yo‘l bu. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. ko‘chma hma Qo‘rqinchli. Uning [Anvarning] ko‘zlari qorong‘ida charaqlar, vajohati xunuk edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

4. ko‘chma hma Quloqqa yoqmaydigan, yoqimsiz eshitiladigan. Xunuk tovush. Tuni bilan bo‘lgan g‘azabli bo‘kirishlar, xunuk alahlashlar, yirtqichday uvlab yig‘lashlar tindi. A. Muxtor, Opa-singillar
Jimjit qabriston tepasidagi chinorda boyqush xunuk sayradi. S. Ahmad, Ufq

Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.