Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {badburush}
So‘z bo‘g‘inlari: bad-bu-rush
Izoh(lar)i:
badburush [bad-bu-rush ]

1. Yuzi, basharasi burushgan. Gulsanam qamchi zarbidan chinqirib, o‘rnidan turgan edi, badburush bir kishi uni qisqichday qo‘llari orasiga oldi. S.Karomatov, Bir tomchi qon

2. Haybatli, qo‘rqinchli. Har biri eshakday keladigan uchta iti zanjirda. Badburush zo‘r itlar. Oybek, Bolalik

Sinonim(lar)i: xunuk [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Xunuk – badbashara – badburush – badqovoq – tasqara – bedavo – ta’viya – beo‘xshov – beso‘naqay – badsurat – nadomat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.