Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {go‘zal}
So‘z bo‘g‘inlari: go‘-zal
Izoh(lar)i:
go‘zal sf

1. 1. Juda ham chiroyli, husndor, xushro‘y. Go‘zal qiz. Gulsum uning [Elmurodning] xayolida bu yerdagi go‘zallarning go‘zali bo‘lib tura berdi. P. Tursun, O‘qituvchi
O‘ttiz besh yoshlarda ko‘ringan bu go‘zal xotin haram xodimalaridan Gulshanbonu edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

2. 2. Kishi ko‘zini quvontiradigan, kishini maftun etadigan, zavqlantiradigan. Go‘zal tabiat bag‘rida dam olmoq. Go‘zal xulqli inson.

3. 3. Zavq-shavqqa boy, serzavq, unutilmas (davr, vaqt haqida). U qorli, sovuq kun Yo‘lchi uchun umrining eng mazmunli, eng rangli, eng go‘zal kuni edi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. 4. Go‘zal (xotin-qizlar ismi).

Sinonim(lar)i: chiroyli , xushro‘y [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Badbashara – xunuk – chiroyli – ko‘rkam – suluv –lobar –xushro‘y -go‘zal – ofatijon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiy- ijobiylik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

2. Chiroyli – go‘zal – husnli – xushro‘y – ko‘rkam – barno – suluv – zebo – sohibjamol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.