Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {beso‘naqay}
So‘z bo‘g‘inlari: be-so‘-na-qay
Izoh(lar)i:
beso‘naqay sf

1. 1. Ko‘rinishi haddan, me’yordan tashqari, katta; qo‘pol, kelishmagan. Beso‘naqay odam. Beso‘naqay gavda. Tillaboy Suyagi yo‘g‘on, semiz, ko‘zlari qisiq, beso‘naqay kimsa edi. P. Tursun, O‘qituvchi
Karimani ko‘rib, yoqa ushlaysiz. Devday, oyoq-qo‘llari beso‘naqay, qo‘polgina qiz edi. Yoshlik

2. 2. Haddan tashqari ko‘rimsiz, xunuk; beo‘xshov. Uning [Polvonning] ko‘zi oldida Umar-bekning beso‘naqay basharasi gavdalandi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
Uning [Qobilovning] boshida eskiroq ko‘k kepka, shu rangda uzun yengil palto, oyog‘ida esa katta, beso‘naqay kirza etik. B. Daminov, Odamdan yaxshi nom qolsin
[Pochchamning] Boshida beso‘naqay o‘ralgan qo‘pol salla. Oybek, Bolalik

3. 3. Juda ham bema’ni, kelishmagan; o‘rinsiz, qo‘pol. Beso‘naqay gap.

Sinonim(lar)i: xunuk [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Xunuk – badbashara – badburush – badqovoq – tasqara – bedavo – ta’viya – beo‘xshov – beso‘naqay – badsurat – nadomat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.