Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {suluv}
So‘z bo‘g‘inlari: su-luv
Izoh(lar)i:
suluv sf

1. Go‘zal, chiroyli, ko‘rkam. Suluv qiz. Suluv bahor. Suluv — suluv emas, suygan — suluv. Maqol
Qizilqumning qoq o‘rtasi, O‘ltirardik ovulda, Qimiz suzib, o‘rtar suluv — Ko‘hlik edi ohudan. Otayor, Oq fasl
Naqadar suluvsan, naqadar inju, Ey, sen shimol yurtin cho‘ng o‘rmonlari. A. Oripov, Yillar armoni

Sinonim(lar)i: chiroyli
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Badbashara – xunuk – chiroyli – ko‘rkam – suluv –lobar –xushro‘y -go‘zal – ofatijon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiy- ijobiylik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

2. Chiroyli – go‘zal – husnli – xushro‘y – ko‘rkam – barno – suluv – zebo – sohibjamol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.