Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xushro‘y}
So‘z bo‘g‘inlari: xush-ro‘y
Izoh(lar)i:
xushro‘y sf

1. 1. Chiroyli; go‘zal. Xushro‘y qiz. Xushro‘y yigit. Urush vaqti. Dekabr oqshomlaridan birida xushro‘ygina juvon Toshkentning sobiq eski shahari ko‘chalaridan shoshib borardi. F. Xo‘jayev, Onadek mehribon
— Yovonimizda Jumagul otli bir qiz bor. Unday xushro‘yi yo‘q — dedi to‘ra Ashir mahramga. J. Sharipov, Xorazm

2. rvsh. sh. Ochiq chehra bilan, samimiy. Xushro‘y qarshilagan yoshgina, qorachadan kelgan, istarasi issiq bir xotin [Iskandaroga] chelakda suv tutdi. Oybek, Nur qidirib
Saodat ularga odatdagidek kulib, xushro‘y javob qilib o‘tirdi. I. Rahim, Chin muhabbat

3. 3. Xushro‘y (xotin-qizlar ismi).

Sinonim(lar)i: chiroyli , go‘zal , zebo [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Badbashara – xunuk – chiroyli – ko‘rkam – suluv –lobar –xushro‘y -go‘zal – ofatijon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiy- ijobiylik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

2. Chiroyli – go‘zal – husnli – xushro‘y – ko‘rkam – barno – suluv – zebo – sohibjamol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.