Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zebo}
So‘z bo‘g‘inlari: ze-bo
Izoh(lar)i:
zebo [ze-bo ]

1. G‘oyat go‘zal, barno, kelishgan. Kiyganida zebo qizlar yangi liboslar, O‘zbek dilin saxovatin minnat-la eslar. M. Shayxzoda

2. Xushmanzara, ko‘rkam, chiroyli. Bahor naqqoshi yana qo‘liga mo‘yqalamini olib, tabiat qo‘yniga zebo naqshlar sola boshladi. M. Osim, Karvon yo‘llarida

3. Zebo (xotin-qizlar ismi).

Sinonim(lar)i: chiroyli , xushro‘y [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Chiroyli – go‘zal – husnli – xushro‘y – ko‘rkam – barno – suluv – zebo – sohibjamol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.