Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {beo‘xshov}
So‘z bo‘g‘inlari: be-o‘x-shov
Izoh(lar)i:
beo‘xshov sf

1. 1 Ko‘rinishi yoqimsiz, gavdasi, tashqi bichimi kelishmagan, beso‘naqay; ro‘dapo. Beo‘xshov yigit. Beo‘xshov kiyim. Bu kun uning [Yormatning] boshida yangi, lekin beo‘xshov do‘ppi. Oybek, Tanlangan asarlar
Burni bir oz beo‘xshovroq esa-da uning umuman yuz bichimi kelishgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Tishlari beo‘xshov, qiyshiq. Kulsa, qo‘rqardingiz. Yoshlik

2. G‘ayrioddiy, xunuk. Beo‘xshov ovoz.

3. ko‘chma hma Kelishmagan, yopishmagan. Beo‘xshov gap. Beo‘xshov qiliq. ▬ Nosir sakrab turdi. U ham beo‘xshov ta’zim qilgan bo‘ldi. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
Uzun paxtali kamzul kiyib, boshlariga katta ro‘molni beo‘xshov bog‘lab olgan ayollar bizni kutib olishdi. Saodat
U xuddi hazillashganday beo‘xshov bir iljayib qo‘ydi. Yoshlik

Antonim(lar)i: xushbichim , xushqomat [f-t+a]
Sinonim(lar)i: xunuk [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Xunuk – badbashara – badburush – badqovoq – tasqara – bedavo – ta’viya – beo‘xshov – beso‘naqay – badsurat – nadomat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.