Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chiroyli}
So‘z bo‘g‘inlari: chi-roy-li
Izoh(lar)i:
chiroyli

1. Husni odatdagidan ortiq; go‘zal; ko‘rkam. Cholning kelini chiroyli, oppoq, ko‘zga yaqin juvon edi. Yoshlik

2. Ko‘rinishi, tashqi qiyofasi ko‘zga yoqimli ko‘rinadigan Eng chiroyli qush deganda, hammaning ko‘z o‘ngiga oqqush kelishi tabiiy. Gazetadan

3. Manzarasi ko‘zga yoqimli; ko‘rkam. Farg‘onadan yo‘lga chiqqan yengil mashina chiroyli asfalt yo‘lda uchib borardi. Mirmuhsin, Umid

4. Yaxshi; o‘rinli; manzur. Chiroyli ma’ruzaga mahliyo bo‘lib, ruhiyatimda sustkashlik boshlandi. X. To‘xtaboyev, Yillar va yo‘llar

5. Yoqimli, jozibali, batartib; o‘rniga qo‘yib. Chiroyli gapirmoq. Chiroyli qadam tashlamoq. Chiroyli kiyinmoq. -

Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Badbashara – xunuk – chiroyli – ko‘rkam – suluv –lobar –xushro‘y -go‘zal – ofatijon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiy- ijobiylik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

2. Chiroyli – go‘zal – husnli – xushro‘y – ko‘rkam – barno – suluv – zebo – sohibjamol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.