Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xunuk}
So‘z bo‘g‘inlari: xu-nuk
Izoh(lar)i:
xunuk sf

1. Ko‘rinishi yoqimsiz; ko‘rimsiz, chiroyli emas. Fransuzlar dunyoda xunuk ayollar yo‘q, faqat o‘ziga oro bermagan, parvarishsiz ayollargina bor, deb hisoblashadi. Saodat
Voy-vuy, qishlog‘imiz shunaqa xarob, shunaqa xunukmi! A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. ko‘chma hma Yoqimsiz; noxush, jirkanch. Xunuk voqea. ▬ Har qalay, kecha xunuk ish bo‘ldi. S. Ahmad, Ufq
Bechora xotinning insonlik qadr-u qiymatini yerga uradigan nihoyat-da xunuk yo‘l bu. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. ko‘chma hma Qo‘rqinchli. Uning [Anvarning] ko‘zlari qorong‘ida charaqlar, vajohati xunuk edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

4. ko‘chma hma Quloqqa yoqmaydigan, yoqimsiz eshitiladigan. Xunuk tovush. ▬ Tuni bilan bo‘lgan g‘azabli bo‘kirishlar, xunuk alahlashlar, yirtqichday uvlab yig‘lashlar tindi. A. Muxtor, Opa-singillar
Jimjit qabriston tepasidagi chinorda boyqush xunuk sayradi. S. Ahmad, Ufq

Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Badbashara – xunuk – chiroyli – ko‘rkam – suluv –lobar –xushro‘y -go‘zal – ofatijon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiy- ijobiylik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

2. Xunuk – badbashara – badburush – badqovoq – tasqara – bedavo – ta’viya – beo‘xshov – beso‘naqay – badsurat – nadomat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.