Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {vaqt}
So‘z bo‘g‘inlari: vaqt
Izoh(lar)i:
vaqt [vaqt ]

2. Yuz berib turuvchi voqea-hodisa, narsalarning asrlar, yillar, soatlar, minutlar va shu kabilar bilan o‘lchanadigan davomiyligi, shunday o‘lchov belgisiga ega bo‘lgan obyektiv hodisa. Vaqt g‘oyat imillab o‘tardi. Hamma xavotirlanib bezovta bo‘la boshladi. K. Yashin, Hamza

2. Shu obyektiv hodisaning minut, soat, kun, yil va shu kabilar bilan almashinuvidagi oralig‘i, qismi, bo‘lagi. Bayramlardagina kiyadigan, boshqa vaqtlarda chamadonida avaylab saqlaydigan oq surp ko‘ylagini kiydi. S. Karomatov, Oltin qum

3. Soat, kun, oy, yil va shu kabilarning uzluksiz izchil almashuvida biror maqsad uchun belgilangan yoki biror maqsad uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan muddat oralig‘i; fursat. Vaqtni qo‘ldan bermoq. Vaqtdan yutmoq. Vaqtdan to‘g‘ri foydalanmoq. Vaq-ting ketdi — naqding ketdi. Maqol

4. Vaqtning biror narsa, ish-mashg‘ulot uchun belgilangan, ajratilgan bo‘lagi; muddat. Masalani to‘g‘ri yechdi-yu, oqqa ko‘chira-yotganida, vaqti tugab qoldi. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

5. Obyektiv o‘tuvchi vaqtning ma’lum ijtimoiy hodisa, holatlar bilan bog‘liq, ular bilan kechgan bo‘lagi; zamon, davr. Chor hukumat vaqtidagi qulligingni o‘ylasang. Hamza

6. Obyektiv tarzda kechuvchi zamon, davrning, kishi hayotining ma’lum, aniq bir bo‘lagi, nuqtasi, oralig‘i. Vaqt kech bo‘lib qoldi. Bolalik vaqti. Yoshlik vaqti. Yoz vaqti. Namoz vaqti. Ertalab Qo‘qondan chiqsa, asr vaqtlarida Marg‘ilonga kiradir A. Qodiriy O‘tgan kunlar

7. fls. Borliqning, makon kabi, obyektiv real shakli, materiyaning yashash shakllaridan biri. Nisbiylik nazariyasi — materiya mavjud bo‘ladigan fazo va vaqt nazariyasidir. Fan va turmush

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. vaqti chog‘: kayfiyati yaxshi

2. vaqti chog‘lik qildi: xursandchilik , dilxushlik qildi

3. vaqti xush: Kayfi chog‘, xursand

1. Bemahal – bevaqt – bemavrid
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(oz-ko‘p qo‘llanilishiga ko‘ra)

2. Vaqt – payt – fursat – palla – la hza – on
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.