Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kez}
So‘z bo‘g‘inlari: kez
Izoh(lar)i:
kez fl

1. 1. Aylanib yurmoq; sayr qilmoq. Cho‘llarda kezmoq. Shaharni kezib chiqmoq. Dengiz sohilida kezmoq. Dunyoni kezmoq. Shukurjon qishloqda bir kun turdi, paxtazorlarni kezdi, onasi bilan buvisining qabrini ziyorat qildi. O. Yoqubov, Ota izidan
Oydin oqshomlarda, qishloqning sokin kechalarida Mansur bilan jimgina kezishlar ham, kechalari toliqib dong qotib uxlashlarning ham ajib bir gashti bor edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.

2. ko‘chma hma (jonsiz narsalarga nisbatan) Shunday (aylanish, yurish) harakatda bo‘lmoq. Zulmat quyuqlashib borar, pastak bulutlar qop-qora etaklarini sudrab, shahar ustida kezib yurar, hamon o‘sha sovuq, loqayd tomchilarini purkar edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Achigan may isi kezgan hovlilarda shamol-daydi, Nimanidir go‘yo izlab, xumlar girdin aylanadi. X. Davron

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: vaqt [a]

1. kez I Ot
palla, payt

2. kez II Fe’l
sayr qilmoq, aylanib yurmoq

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.