Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {palla}
So‘z bo‘g‘inlari: pal-la
Izoh(lar)i:
palla ot

1. 1. Muayyan davr, vaqt, payt. Yoz pallasi. Yoshlik pallasi. Shu pallada. Dehqon tong pallasi safarga chiqdi, Yurtim deb bir yo‘li hasharga chiqdi. M. Yusuf, Uyqudagi qiz
Arpa o‘roqqa kirgan palla edi. Matpano o‘rog‘ini yo‘qotib qo‘yib diqqat bo‘ldi. S. Siyoyev, Avaz
Dalada yoz pallasida yoyilib o‘tirish — rohat. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Bosqich, pog‘ona, davr. Tarixiy taraqqiyotning yangi pallasi. El bilan birga uzoq yo‘l bosdim, bunday pallalarni yaxshi bilaman. Xalqning qismatida tarixiy kunlar boshlanmoqda. Sharq yulduzi

3. 1. Tarozining narsa yoki tosh qo‘yiladigan har bir taqsimchasi. Tarozi pallasiga tosh qo‘ymoq. Tarozi pallalarini muvozanatga keltirmoq. Tarozi pallasiga qarab ish tutadigan odam, Peshtaxta oldiga borib, savatdagi uzumdan bir bosh tanladi-da, tarozi pallasiga qo‘ydi. K. Yashin, Hamza
Dunyo tarozisining ikki pallasi: birida quvonch, birida g‘am; birida nur, birida zulmat bo‘lsa, Nazokat endi faqat bittasini — quvonch bilan nurga to‘lasini ko‘rardi. Shuhrat, Umr pog‘onasi

4. 2. Yumaloq narsaning teng ikkiga bo‘lingan qismlaridan biri, yarmi. Yormat tarvuzni kesdi. Bir pallasini Yo‘lchi va O‘roz oldiga qo‘ydi. Oybek, Tanlangan asarlar
Ko‘zim ichga botib ketgan, xuddi quruq ikki yong‘oq pallasi. T. Fattoh
Tarvuzning bir pallasida suzar yuzlab chumoli. Yoshlik

5. bot. ot. Urug‘ning mustaqil murtakli har bir bo‘lagi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: vaqt [a]

1. palla I Ot
tarozining tarelkasi

2. palla II Ot
vaqt, payt

Paronimi: pilla – [f] Ipak qurti mahsuli; milk shishi.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Vaqt – payt – fursat – palla – la hza – on
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.