Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mahal}
So‘z bo‘g‘inlari: ma-hal
Izoh(lar)i:
mahal ot

1. 1. (faqat aniqlovchi so‘z bilan) Payt, vaqt. Tong mahali. Chopiq mahali. Tushlik mahali. Hech mahal. Har mahal. [Oyimxon:] Ertaga o‘qish mahalida qo‘lingiz tegsa, bir kelib xabar oling. P. Tursun, O‘qituvchi
Shu yo‘sin ikki sho‘rpeshona uzoq mahalgacha bir-biridan ayrilmadi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. 2. Marta, bor (payt e’tibori bilan). Har kuni ikki mahal ovqatlanmoq. Uch mahal dori ichmoq.

3. Chekka, atrof joy (markazga nisbatan). Mahalladan kelgan vakillar. Mahallardan olingan xabarlar.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: vaqt [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mahol – [f-t<a][a] Qiyin, mushkul.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Bemahal – bevaqt – bemavrid
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(oz-ko‘p qo‘llanilishiga ko‘ra)

2. Mahalla – guzar – daha – mavze
Ma’nosiga ko‘ra
(hududiy ko‘lamining kengligiga ko‘ra)

3. Oila – mahalla – ovul – qishloq – shahar – tuman – viloyat – respublika
Ma’nosiga ko‘ra
(hududiy qamrovining tor-kengligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.