Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {muddat}
So‘z bo‘g‘inlari: mud-dat
Izoh(lar)i:
muddat ot

1. 1. Vaqtning aniq, biror ish, narsa uchun belgilangan bo‘lagi. O‘qish muddati. Xizmat muddati. Bir yillik muddat. Xayriyatki, shundan sal oldin imtihonlarni muddatidan oldin topshirib tugatgan edi. P. Qodirov, Uch ildiz
Shu yigirma besh kunlik bir muddatning ichida u butunlay odamgarchilikdan chiqa yozdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 2. Umuman, vaqtning bo‘lagi, qismi (uning qancha vaqt ekanligi ma’lum so‘zlar bilan ifodalanadi). dunyo qoyil qoladigan madrasani tez muddatda qurib bitirishni niyat qilibdi. Shukrullo, Javohirlar sandig‘i
Katta maydonga qisqa muddatda o‘g‘it solib ulgurishimizga qo‘lbola mashina-seyalka asqatdi. O‘zbekiston qo‘riqlari
Bir yil muddatida u Toshkentga ikkinchi marta keldi. Oybek, Tanlangan asarlar
Mehmonlar yana bir necha muddat teplitsani aylanishdi. J. Abdullaxonov, Oriyat

3. 3. Biror narsaning bajarilish yoki bo‘lish payti. Rejani muddatidan oldin bajarmoq. U Zamiraning sessiyani muddatidan oldin va a’lo yakunlaganini bilardi. P. Qodirov, Uch ildiz
Tomoshani muddatidan oldin qo‘ysam — qutulmasam, kech qo‘ysam — qutulmasam Mushtum

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: vaqt [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.