Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {payt}
So‘z bo‘g‘inlari: payt
Izoh(lar)i:
payt ot

1. 1. Biror ish, voqea-hodisa sodir bo‘lgan yoki bo‘ladigan vaqt, fursat, on. Tush payti. Uq otilgan payt. Tongotar paytida Azizxon Qo‘shariq guzariga yetib keldi. S. Ahmad, Ufq
Choy paytida Maqsuda onasiga ko‘nglini bir oz ochishga jur’at qildi. S. Zunnunova, Olov

2. 2. Muayyan sharoit bilan bog‘liq bo‘lgan davr, zamon. [Zargarov:] Jonim. Payt nozik, xotin-qizlar masalasi chirsillab turibdi — bekorga nobud bo‘lib ketaman. A. Qahhor, Og‘riq tishlar
Yana jazo otryadining ko‘ziga qon to‘lib, kimga tegishini bilmay turgan nozik paytda bir kor-hol bo‘lmasin deyman. Tag‘in o‘zingiz bilasiz K. Yashin, Hamza

3. 3. Biror ishni amalga oshirish uchun qulay vaqt, fursat, imkoniyat. Payt topmoq. Paytni qo‘ldan bermoq. Payt kelganda aytmoq. Men payt poylab qochishni mo‘ljallab borardim. H. Ahmar, Kim haq?
O‘zi ham, payti kelib, mana shu qizlarday dugonalari bilan yayrab-yashnab, qiyqirib o‘ynay olarmikan! O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: vaqt [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Vaqt – payt – fursat – palla – la hza – on
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.