Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {on}
So‘z bo‘g‘inlari: on
Izoh(lar)i:
on ot

1. Qisqa bir zamon: lahza, payt. Bir on. Shu onda. Bir onning bahosin o‘lchamoq uchun Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz. G‘. G‘ulom
Umid Hafiza bilan bo‘lgan shirin onlarini xayolidan o‘tkazardi. Mirmuhsin, Umid

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: vaqt [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi G‘anijon Abdurahmonov 1925- yil 3- dekabrda Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. U tilshunos olim sifatida o‘zbek tili tarixi, o‘zbek tili fonetikasi, morfologiyasi, sintaksisi, tilning badiiy-estetik vazifasi, shuningdek, tilshunoslikning umumiy masalalari doirasida barakali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, «Gapning ajratilgan ikkinchi darajali bo‘laklari» (1956), «Qo‘shma gap» (1957), «Qo‘shma gap sintaksisi asoslari» (1958), «Qo‘shma gap sintaksisi» (1964), «O‘zbek adabiy tilining uslubiy normalari» (1973), akademik A.Rustamov bilan hamkorlikda yozilgan «Alisher Navoiy asarlarining grammatik xususiyatlari» asarlari alohida ahamiyatga ega.

Akademik G‘.Abdurahmonov oliy va o‘rta ta’lim bo‘g‘inlarida filologiya ta’limini yuksaltirish sohasida tinimsiz mehnat qilmoqda. Jumladan, akademik A.Rustamov bilan hamkorlikda yozilgan «Qadimgi turkiy til» (1982), Sh.Shukurov bilan hamkorlikda yozilgan «O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi» (1973) kabi qator asarlari bilan o‘zbek ilmiy tilshunosligining shakllanishi va rivojlanishi uchun xizmat qildi. Uning tahriri ostida o‘zbek tilining ikki tomli akademik grammatikasi («O‘zbek tili grammatikasi» (2 tomli, 1975–76)) yaratildi. X–XI sinflar uchun yozilgan ona tili dasturi va darsligi ko‘p yillardan buyon yosh avlodga til haqida bilim berishga xizmat qilib kelmoqda.

Asiruddin Muhammad ibn Yusuf ibn Ali al-G‘arnotiy (1256–1334)– tilshunos olim. 65 ta asar yozgan, ularning o‘ntadan ko‘prog‘i bizgacha yetib kelgan. “Kitob ul-mubayyin fi tarix il-Andalus (“Andalusiya tarixi haqida bayon qiluvchi kitob”), “Zahr ul-mulk fi taharrurit turk” (“Turk ozodligi chechagi”), “Kitob ul-idrok li lison il-atrok” (“Turkiy tillarni bilish kitobi”), “Kitob ul-af’ol fi lisonit turk”(“Turk tilidagi fe’llar kitobi”), “Mantiq ul-furs li lison il-furs” (“Fors tilini bilmaydiganlar uchun fors tili haqida so‘zlar”), “Ad-durrat ul-muzi’a fi lug‘atit turkiya” (“Turkiy til haqida nur beruvchi marvarid”) kabi asarlari mavjud. U asarlarida turkiy tillarning grammatikasi va leksikasi, o‘sha davrda mavjud bo‘lgan ko‘pgina turkiy lahja va shevalar haqida ma’lumot bergan. Uning asarlari turkiy tillar tarixini bilishda muhim manba.

Antroponimika (yunoncha antropos – odam va onuma - nom) – onomastika (nomshunoslik)ning bo‘limi. Kishilarning ismi (Aziz), ota ismi (To‘rayevich, To‘rayevna), familiyasi (Qayumov), taxallusi (Navoiy, Bobur), nisbasi (Nasafiy, Samarqandiy, Buxoriy), laqab (Muhammad uzun)lari antiroponimikada o‘rganiladi. Ism, ota ismi, familiya, taxallus, nisbaning asosidagi so‘z, ularning ma’nosi, qaysi tillarga mansub so‘z va qo‘shimchadan tarkib topganligi, yasalishi, tovush tarkibini, shaxsning nima sababdan shu ism bilan atalish sababini o‘rganish – antroponimikaning maqsadi, vazifasi.

Bolqon turklari tiliturkiy tillarningo‘g‘iz guruhiga kiruvchi, Bolqonda yashovchi turklar tili. Bolqon turklari tilikelib chiqish jihatidan turli-tuman, ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga makedoniya gagauzlari, surg‘uch, gajallar tili kiradi va ular gagauz tiliga yaqin. Ikkinchi guruh turklari yuruqlar, karamanliklar, qizilboshlar, turk va ozarbayjon tillariga o‘xshaydi.

«Devonu lug‘oti-t-turk»(“Turkiy so‘zlar devoni”)Mahmud Koshg‘ariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari. Bu asarda XI asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda va G‘arbiy Xitoy hududida istiqomat qilgan turkiy urug‘ va qabilalar, ularning ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, jo‘g‘rofiyasi, metrologiyasi va astronomiyasiga oid qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirilgan. O‘zbek tilshunosligi faniKoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari bilan boshlanadi. Asarning Namangan, Vena va Qohira nusxalari mavjud.

Asar haqida ilk ma’lumot bergan kishi fransuz sharqshunosi J.Amadi edi. Kitobning 1439-yilda Hirotda uyg‘ur yozuvida ko‘chirilgan bir nusxasiqator sarguzashtlar bilan Istanbulga kelib qoladi. Bu asar ilk marta 1914-yilda Turkiyaning Diyorbakir shahrida topilgan. 319 sahifadan iborat bu asar hozir Istanbulda saqlanadi. Bu nusxa “Devonu lug‘otit turk” yozilgandan 200 yil keyin (1266-yilda) kotib Muhammad ibn Abu Bakr ibn Fotih al-Soviy al-Damashqiy tomonidan ko‘chirilgan. Yevropalik kitob jalloblari qo‘liga o‘tib, Vena saroy kutubxonasiga tushadi. Qohira nusxasi 1896- yilda Qohirada, Namangan nusxasi 1913- yilda Namanganda topilgan.

«Devonu lug‘otit turk»uch tomdan iborat, 1915–17-yillarda Istanbul shahrida nashr etilgan. Shu nashr asosida K.Brokkelman bu asarni 1928-yilda nemischa tarjimada nashr qildi. 1939- yilda Anqarada Basim Atalay tarjimasida turk tilida bosildi. Olim S.Mutallibov devon tarjimasi ustida samarali ishlab, 1960–63-yillar davomida uch tomda o‘zbek tilida nashr qildi.

  Koshg‘ariyning asari kirish va lug‘at qismidan iborat. Kirish qismida muallif «Devon»ning yaratilish sabablari, o‘z ish uslubi, asarning tuzilishi, turkcha so‘zlarning tuzilishida qo‘llaniladigan harflar haqida, kitobda aytilgan va aytilmagan narsalar haqida, turkiy tabaqalar va qabilalarning bayoni, turk tilining xususiyatlari, tilda va lahjalarda bo‘ladigan farqlar haqida fikr yuritadi. Har bir so‘zning ma’nolari (polisemiya, omonim, antonim, arxaik so‘zlar) chuqur tahlil qilinadi, ayrim so‘zlarning etimologiyasi beriladi. Tovushlar tahlili ancha mukammal. Unli va undosh fonemalar, cho‘ziq va qisqa unlilar farqlanadi, tildagi fonetik hodisa va qonunuyatlar ochib beriladi. Morfologiya qismida so‘zlar arab tilshunosligi an’analariga ko‘ra uchga ajratiladi: fe’l, ism, bog‘lovchi. So‘zlarning yasalish va bog‘lanish xususiyatlari ko‘rsatiladi.

  Asarning lug‘at qismida 7500 so‘z sakkiz bo‘limda izohlanadi. Koshg‘ariy turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy usuldan foydalanib, tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri bo‘lib qoldi.

So‘zdan tashqarida, alohida olingan nutq tovushi fonema. Eng kichik lisoniy birlik fonema. Fonema muayyan til egalarining ma’lum tovushlar tipi haqidagi umumiy tasavvurlari. Har bir fonema so‘zlovchilar ongida o‘z tipini farqlovchi belgilari majmui asosida vujudga kelgan maxsus «akustik-artikulyatsion portret» yoki «tovushlar obrazi» sifatida saqlanadi. Muayyan fonemaning farqlovchi belgilari uning artikulyatsion va akustik xususiyatlari asosida shakllanadi. Artikulyatsion belgilar muayyan tovushlarni talaffuz qilish uchun nutq a’zolarining bir xildagi harakatga moslashgan avtomatik, standart holatlari haqidagi tasavvur bo‘lsa, akustik belgilar sifatida bir turdagi tovushlarga xos talaffuz sifati va miqdori tushuniladi. O‘zbek tilida so‘zlovchi shaxslarning ongida hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi 30 ta tovush tipi – fonema haqida ma’lumot bor. Bu ma’lumot kishi ongida uning til o‘rganishi, o‘zgalar va o‘zining nutqini kuzatish natijasi sifatida jonlanadi. Mas., o‘zbek tili sohibi o‘zining eshitish va so‘zlash a’zolari faoliyatini kuzatish natijasida [a] fonemasining unlilik, kenglik, lablanmaganlik, [u] fonemasining unlilik, torlik, lablanganlik, [p] fonemasining undoshlik, shovqinlilik, jarangsizlik, portlovchilik, lab-lablik kabi belgilarga ega ekanligi haqidagi «tabiiy» (go‘yoki o‘zi hosil qilingan) bilimga ega bo‘ladi. Nutq so‘zlaganda, ana shu tipik belgilarni jonlantirishga, ongidagi imkoniyatni voqelantirishga, fonetik umumiylikni xususiylashtirishga harakat qiladi. Lisoniy birliklar nutqiy birliklarga nisbatan miqdoran cheklangan bo‘lsa-da, ammo ular ham sanoqli emas. Shu boisdan ularning xotirada saqlanish mexanizmini ochish lozim bo‘ladi. Ma’lumki, inson narsalarni ularning umumlashtiruvchi va farqlovchi belgilari asosida esda saqlaydi. Esda saqlanishi lozim bo‘lgan narsa miqdor jihatdan ko‘p bo‘lsa, eslab qolishning asosiy yo‘li tasniflash, ya’ni guruhlarga ajratish. Tasnif esa o‘xshash va noo‘xshash, umumiy va farqlovchi belgilarini aniqlash asosida kechadi. Bu tamoyil barcha lisoniy birlik, xususan, fonema tasnifida ham to‘la amal qiladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 30 ta fonemaso‘zlovchi ongida, avvalo, ikki guruh – unlilar va undoshlarga bo‘lingan holda mavjud bo‘ladi. Bu guruhlar tovushlar talaffuzidagi ovoz va shovqinning ishtiroki darajasiga qarab belgilanadi. Bo‘linish shu tarzda alohida fonemagacha davom etib boradi. Unlilar ham, undoshlar ham qarama-qarshi belgilari asosida kichik guruhchalarga bo‘linib boraveradi. Mas., o‘zbek tilidagi 6 ta unli bir tizim, ular shovqinsizligi bilan undoshlardan ajraladi. Biroq bu tizimchaning o‘zi ham unsurlarning qarama-qarshi belgilari asosida bo‘linadi. Unlilarning qarama-qarshi qo‘yilishi quyidagicha:

I

U

E

O‘

A

O

Umuman olganda, eng kichik lisoniy birlik bo‘lgan fonemalar inson nutq a’zolari yordamida vujudga kelgan tovush ko‘rinishlarining umumiy andozasi, cheksiz tovushlarning umumlashmalari qatori sifatida ongimizda yashaydi. So‘zlovchilar ongidagi ushbu psixo-akustik obrazlar asosida nutq a’zolarini harakatga keltirib, tovushlarni hosil qiladi. Yoki tinglovchi o‘zgalar tomonidan hosil qilingan tovushlarni eshitish orqali ongidagi andozaga solishtirib ko‘radi. Fonemalarning ma’no farqlash xossasi mavjud, bir fonemaning turli ko‘rinishlari bo‘lgan tovushlarda bu hodisa kuzatilmaydi. Bir fonemaning nutqiy varianti bo‘lmish tovush boshqa fonemaning varianti bo‘lgan tovush bilan almashtirilsa, so‘z ma’nosi yangilanadi, ya’ni boshqa so‘zga aylanadi. Qiyoslang: [qora] va [qara], [ota] va [ata], [ona] va [ana]. Shu boisdan ham fonemaga tilning ma’no farqlovchi eng kichik birligi deb ta’rif beriladi. Bir fonemaning turli variantlari ma’no farqlamaydi. Mas., til oldi va til orqa (o‘) unlilari quyidagi so‘zlarda ma’no farqlamagan: o‘l-o‘l.

 

Fonetik o‘zgarishnutqda qulaylik, tejam uchun tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida yoki tutgan o‘rniga ko‘ra tushib qolishi, orttirilishi, almashishi, moslashishi kabi o‘zgarish hodisasi.

Nutq jarayonida tovushni ketmaket keltirish yo‘li bilan turli ma’noli birlik hosil qilamiz. Mas., tosh, bosh, qol. So‘z tarkibidagi tovush alohidaalohida emas, balki uzluksiz talaffuz qilinadi. So‘z uzluksiz talaffuz qilinganda, uning tarkibidagi bir tovush hali to‘liq talaffuz qilinmay turib, nutq a’zosi ikkinchisiga tayyorlanib turadi. Natijada tovush zanjiri vujudga keladi. Talaffuz qulayligiga intilish tufayli nutq jarayonida tovush zanjirida turli fonetik o‘zgarish ro‘y beradi. Mas., tog‘ asosiga ga qo‘shimchasini qo‘shsak, asos oxiridagi chuqur til orqa g‘ dan so‘ng til orqa g undoshi kelib, chuqur til orqa tovushidan til orqa tovushiga birdaniga o‘tish qiyinlashadi. Talaffuz noqulayligi vujudga keladi. Ana shu noqulaylikni bartaraf qilish uchun ikkinchi tovush ham chuqur til orqaga aylantiriladi va har ikkisi ham jarangsizlashadi: tog‘ + ga – toqqa, bog‘ + ga – boqqa kabi.

Fonetik o‘zgarishunliga ham, undoshga ham taalluqli.

  1. Unlining nutq jarayonida o‘zgarishi singarmonizm deyiladi. Singarmonizm unlining moslashishi, uyg‘unligi demakdir. U faqat turkiy tillarga xos.

Singarmonizmning ikki asosiy ko‘rinishi farqlanadi: a) til garmoniyasi; b) lab garmoniyasi.

Til garmoniyasida unli tovush yumshoqlik yoki qattiqlik, til oldilik yoki til orqalik jihatdan bir-biriga moslashadi. Singarmonizmning til garmoniyasi qonuniyatiga ko‘ra, so‘zning boshida til oldi unlisi kelsa, so‘z o‘rtasi va oxirida ham shunday unli keladi. Boshqacha aytganda, so‘zning boshida undoshning hosil bo‘lish (artikulyatsion) o‘rniga bog‘liq ravishda unli tovushda yuz bergan o‘zgarish so‘zning keyingi bo‘g‘inidagi unlida ham yuz beradi. Bu hol so‘zning talaffuzida qulaylikka olib keladi. Mas., qalam so‘zidagi q undoshi chuqur til orqa undoshi bo‘lganligi bois, birinchi bo‘g‘indagi a unlisi ham til orqalik xususiyatiga ega bo‘ladi. Buning natijasida esa keyingi bo‘g‘indagi a tovushi ham til orqa unlisi sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, birinchi a unlisi q undoshiga, keyingi bo‘g‘indagi a esa oldingi bo‘g‘indagi a unlisiga moslashadi.

Lab garmoniyasida unlining moslashishi ikki tomonlama bo‘ladi. Bunda unli ham tiloldi-tilorqalik jihatidan, ham lablanganlik-lablanmaganlik jihatidan boshqa unliga va undoshga moslashadi. Bunga ko‘ra, so‘z boshidagi unli lablangan til oldi unlisi bo‘lsa, so‘z oxirida ham lablangan til oldi unlisi keladi. So‘z boshidagi unli lablangan til orqa unlisi bo‘lsa, so‘z oxiridagi unli ham lablangan til orqa unlisi bo‘ladi. Mas., boshqird, sog‘in, bo‘g‘in so‘zidagi kabi.

Tovush o‘zgarishi turi. Fonetik qonuniyat asosida yuz beradigan o‘zgarish turini sanaymiz.

Tovush moslashishi (assimilatsiya). Assimilatsiya – lotincha assimilare –o‘xshatib olish demak. Tovush moslashishi to‘liq va to‘liqsiz bo‘lishi mumkin. Tovush moslashishi to‘liq (yoz + sin = yossin) yoki qisman (yoq + sa = yoxsa, tanbur – tambur) moslashish bo‘ladi.

Moslashish hodisasi ikki xil:

a) progressiv moslashishda oldingi tovush keyingi tovushni o‘xshatib oladi. Masalan: otdan – ottan, ishdan – ishtan, soldat – sollat va boshqalar.

b) regressiv moslashishda keyingi tovush oldingi tovushni o‘xshatib oladi: shanba – shamba, ichsa – issa, oqshom – oxshom, tuzsiz – tussiz kabi.

Tovush noo‘xshashligi (dissimilatsiya). Dissimilatsiya lotincha dissimlate – noo‘xshashlik degani, bu fonetik hodisada tovushning ta’siri natijasida noo‘xshash tovush talaffuz qilinadi. Tovush noo‘xshashligi hodisasi ham ikki xil bo‘ladi:

a) progressiv noo‘xshashlikda oldingi tovush ta’sirida keyingi tovush paydo bo‘lish o‘rni va usulini o‘zgartiradi va tovushning sifatida o‘zgarish – noo‘xshashlik yuzaga keladi. Masalan: zarur – zaril, zarar – zalal, birorta – bironta, madad – madat, kabob – kabop, rubob – rubop kabi.

b) regressiv noo‘xshashlikda keyingi tovushning ta’siri bilan oldingi tovushda o‘zgarish ro‘y beradi. Masalan: po‘chta – po‘shta, maqtanchoq – maxtanchoq, uchta – ushta kabi.

Ba’zi so‘zda har ikki hodisa (tovush moslashishi va tovush noo‘xshashligi) ham uchraydi. Masalan: uchdi – uchti – ushti, ichdi - ichti – ishti kabi.

Metateza. Og‘zaki nutqda ba’zan yonma-yon kelgan undosh tovushning o‘rni almashishi mumkin. Nutqdagi bunday jarayon metateza deyiladi: r – y: daryo – dayro: m – g‘: yomg‘ir – yog‘mir, b – r: tebratmoq – terbatmoq: m – l: yamlamoq – yalmamoq: h – v: ahvol – avhol: p – r: tuproq – turpoq, r – g: o‘rganmoq – o‘granmoq: g‘ – r: to‘g‘ramoq – to‘rg‘amoq, n – m: aylanmoq – aynalmoqva boshqa.

So‘z o‘zagida yoki unga biror qo‘shimcha qo‘shilganda, o‘zakdagi a unlisi o ga yoki i unlisi u ga almashadi va shunday yoziladi: ong – angla, son – sana, ot – ata, yosh – yasha; sayla – saylov, to‘pla – to‘plov; tara – taroq, so‘ra – so‘roq, chanqa –chanqoq; o‘qi – o‘quv, to‘qi – to‘quv kabi.

Ayrim so‘zga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda so‘z o‘zagidagi k va qtovushi g va g‘ ga almashadi va shunday yoziladi: bilak – bilagi, tilak – tilagi, buloq – bulog‘i, tirnoq – tirnog‘i kabi.

Ammo ayrim so‘zda bunday tovush o‘zgarishi bo‘lmasligi mumkin: nok – noki, doq – doqi, oq – oqi, zavq – zavqi kabi.

Ba’zi so‘zda yonmayon kelgan tovush o‘rni almashadi. Masalan: sayram – saryam, daryo – dayro, tuproq – turpoq, to‘g‘ramoq – to‘rg‘amoq kabi.

Yomg‘ir so‘zi yog‘mur tarzida aytilsa ham yomg‘ir yoziladi (bu so‘z aslida yag‘mur shaklida bo‘lgan).

Proteza. So‘z boshida bitta unlining orttirilishi proteza hodisasi sanaladi. Odatda, aksariyat sonor r tovushidan oldin o‘, u unlisi orttiriladi: ro‘mol – o‘ramol, ro‘za – o‘raza, rayhon – o‘rahon, rozi – o‘rozi, rais – o‘rais, rang – o‘rang, ro‘zg‘or – o‘razg‘or, rustam – urustamkabi.

Ayrim holatda so‘z boshida sirg‘aluvchi va portlovchi ikki undosh qator kelganda i unlisi orttirilishi mumkin: shkaf – ishkaf, spravka – ispravka, stol – istol,stul – istul, shtraf – ishtaraf, stansiya – istansa.

Epenteza. So‘z boshida, o‘rtasida va oxirida ikki undosh qator kelganda, ular orasida i, ba’zan u va a unlisi orttiriladi: fikr – fikir, hukm – hukum, doklad – dakalad, klass – kilass.

Epiteza. So‘z oxirida bir o‘rinda kelgan ikki undoshdan so‘ng atovushining qo‘shilish hodisasidir: disk – diska, bank – banka, tank – tanka, kiosk – kioska, otpusk – otpuska kabi.

Tovush orttirish o‘zbek tilining o‘ziga xos talaffuz qoidasi asosida ro‘y beradi. O‘zbek tilida ikki undosh qator talaffuz qilinmaydi yoki ma’lum tovush (h, r) bilan so‘z boshlanmaydi.

So‘z boshida: stakan – istakan, spirt – ispirt, shkaf – ishkaf, rus – o‘ris, ro‘mol – o‘ro‘mal, ro‘za – o‘ro‘za, igna – yigna yoki yiyna kabi.

So‘z o‘rtasida: aql – aqil, fikr – fikir, ilm – ilim, shifr – shipir, hukm – hukum, doir – doyir, doim – doyim, foiz – foyiz, teatr – teyatr kabi.

So‘z oxirida: bank banka, tank tanka kabi.

Shuningdek, ba’zi olmoshga qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida tovush orttirilishi ro‘y beradi: shu + ga – shunga, bu + da – bunda, u + dan – undan kabi.

Prokopa. Bunda so‘z boshida ba’zan unli yokiundosh tovush tushib qoladi: yiroq –iroq, yigna – igna,yig‘ach – ag‘ach, yirik – irik, yuz – uz.

O‘zak va qo‘shimcha qo‘shilishi bilan ayrim tovush so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida tushib qoladi. So‘z boshida odatda qisqa talaffuz qilinuvchi y yoki h tovushi tushadi: yiring – iring, yiroq – iroq, yog‘och – og‘och kabi.

So‘z o‘rtasida odatda qo‘shimcha qo‘shilganda, o‘zakdagi ayrim tovush tushib qoladi: og‘iz – og‘zi, burun – burni, ikki – ikkov kabi.

Qisqa (i) tovushi so‘z o‘zagida ham tushadi yoki juda qisqa aytiladi: pishiq – pshiq, kishi – kshi, bilan – blan kabi.

So‘z oxirida odatda qator kelgan undoshning so‘nggisi (t, d kabi) talaffuzda tushib qoladi: Samarqand – Samarqan, sust – sus, do‘st – do‘s, pisand – pisan, post – pos, xursand – xursan kabi.

O‘zbek tilida arab tiliga xos ayrim so‘zda ayn (’) (kirill alifbosida ayirish va lotin alifbosida tutuq belgisi) so‘z o‘rtasi va oxirida tushib qoladi, so‘z boshida cho‘ziq tarzda talaffuz qilinadi: ma’lum – malum, ma’mur – mamur, ta’lim – talim, ’ayb – ayb, ’ilm – ilm kabi.

Sinkopa hodisasiga binoan so‘z o‘rtasidagi va oxiridagi keng unli tor unli kabi talaffuz qilinadi va ayrim holatda tushib qoladi: valochka – valichka, traktor – traktir, avtor – avtir, direktor – direktir, generator – generatir kabi.

Apakopa – so‘z o‘zagidagi oxirgi unli yoki undoshning tushishi hodisasi: do‘st – do‘s, xursand – xursan, gazeta – gazit, smena – smenva hokazo.

Sinerezis hodisasiga ko‘ra so‘z o‘rtasida bir joyda kelgan ikki unlining biri kuchsizlanadi va nutqda tushib qoladi. Ikkinchi unli tovush esa cho‘ziq talaffuz etiladi: maorif – mo:rif, saodat – so:dat, qiroat – qiro:t, jamoat – jamo:t.Bu hodisa asl o‘zbekcha so‘zga xos emas.

Reduksiya – so‘zning birinchi bo‘g‘inida biror unlining, odatda, tor unlining kuchsiz talaffuz qilinishi. Mas., bir, bil, til so‘zlari bir bo‘g‘inli bo‘lganligi va urg‘u shu so‘zdagi i unlisiga tushganligi tufayli u me’yordagidek talaffuz qilinadi va eshitiladi. Lekin shu so‘zning oxiriga ikkinchi bir bo‘g‘in qo‘shilishi bilan, urg‘u ham ikkinchi bo‘g‘inga ko‘chadi. Natijada birinchi bo‘g‘inidagi i unlisi kuchsizlanadi va eshitilar-eshitilmas holda sust talaffuz qilinadi: bilak, tilak, biroq. Birinchi bo‘g‘indagi urg‘uning ana shunday kuchsizlanib talaffuz qilinishi reduksiya hodisasiga misol bo‘ladi (reduksiyaso‘zining lug‘aviy ma’nosi «kuchsizlanish», «orqaga qaytish», «pastga tushish» demakdir). Reduksiyaga quyidagi so‘zning birinchi bo‘g‘inida kelgan i ning kuchsizlanib talaffuz qilinishi ham misol bo‘la oladi: pishiq, shira, pishak, qiliq, ichak kabi. Reduksiyaning ikkinchi bo‘g‘inda kelishi ham uchrab turadi. Bu hodisa so‘zga uchinchi bo‘g‘in qo‘shilganda sodir bo‘ladi – ikkinchi bo‘g‘indagi unli tamoman kuchsizlanib, tushib qoladi. Mas., burunburni, bo‘yinbo‘yni, eginegni, keyin keyni singari.

Eliziya – unli bilan tugovchi va boshlanuvchi ikki so‘zning qo‘shilishi natijasida unlidan birining tushib qolish hodisasi. Bunda bir necha holat kuzatiladi; a) birinchi so‘z oxiridagi unli tushib qoladi: yoza oladi – yozoladi, bora oladi – boroladi, qora ot – qorot: b) unli bilan boshlanuvchi ikkinchi so‘zning bosh unlisi tushib qoladi: borar ekan – borarkan, borar emish – borarmish, yozgan ekan – yozgankankabi; d) Abdusalom so‘zining Absalom, Abdujabborso‘ziningAbjabbor, olib kelso‘ziningopke tarzida talaffuz qilinishi natijasida bir unli va bir undoshning tushib qolishi ham eliziyaning yuqori, murakkablashgan shakli hisoblanadi. Eliziyaning murakkablashishi natijasida so‘zning qisqargan shakli hosil bo‘ladi.

Tovush o‘zgarishi tasnifi. Aytilganlar asosida tovush o‘zgarishini uch xil tasniflash mumkin:

  1. So‘zning qaysi qismida ro‘y berishiga ko‘ra:

a) o‘zakda yuz bergan tovush o‘zgarishi:hukm – hukum, stakan – istakan, og‘iz –og‘zi;

b) qo‘shimchada yuz bergan tovush o‘zgarishi:uchdi – uchti, birorta – bironta, itdan – ittan;

d) ham o‘zak, ham qo‘shimchada yuz bergan tovush o‘zgarishi: bog‘ga – boqqa, uchdan – ushtan.

  1. Yozuvda aks etishiga ko‘ra:

a) yozuvda aks etadigan tovush o‘zgarishi:shuga – shunga, birorta – bironta, og‘iz – og‘zi;

b) yozuvda aks etmaydigan tovush o‘zgarishi:hukm – hukum, stakan – istakan, bog‘ga – boqqa, uchdan – ushtan;

  1. Tovush o‘zgarishining tabiatiga ko‘ra:

a)tovush tushishi: menning – mening, muallim – malim,og‘iz og‘zi;

b) tovush orttirilishi:hukm – hukum, stakan – istakan;

d) tovush almashishi: tanbur – tambur, bog‘ga – boqqa, uchdan – ushtan.

Fonetik uslubiyatnutq tovushining to‘g‘ri/noto‘g‘ri qo‘llanishi, urg‘uning o‘rinli/o‘rinsiz berilishi e’tiborga olinadigan uslubiyat bo‘limi.Mas., nutq tovushining uslubiy xususiyati deganda quyidagilar e’tiborga olinadi: 1) asir, devon kabi so‘zdagi tovushning noto‘g‘ri (asr, divan kabi) talaffuz qilinishi oqibatida nutqda tushunmovchilik yuzaga keladi; 2) -da, -va, -qa (yoki -q) kabi bo‘g‘indan keyin yana shunday tovush bilan boshlanadigan so‘zni keltirish nutqiy g‘alizlikni keltirib chiqaradi: So‘zning gapda qo‘llanishi va vazifasi... kabi.Shuningdek, nutqda tovush tushirish, o‘rinsiz orttirish ham nutq go‘zalligini buzadi:Saodat – sodat, muallim – malim, daraxt – daraxitkabi.Shuningdek, o‘zga tildagi so‘zni noto‘g‘ri talaffuz qilish ham nutq go‘zalligini buzadi.Mas.,Moskvaso‘ziniMaskva, morfemaso‘zinimarfema, sintaksisso‘zinisintiksistarzida talaffuz etish lozim. Urg‘uning uslubiy xususiyati alohida ahamiyatga ega.Uni noto‘g‘ri qo‘yish nutq ko‘rkini buzadi va ko‘pincha so‘zning ma’nosini o‘zgartirib yuboradi. Shuning uchun, ayniqsa,chetdan o‘zlashgan so‘zning urg‘usini to‘g‘ri qo‘yish lozim. Mas., rektor, direktorkabi so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga urg‘u berish nutqiy qo‘pollikni keltirib chiqaradi.

Fonetik yozuv (tamoyil, prinsip) – o‘zakka qo‘shimcha qo‘shilganda yuz beradigan tovush o‘zgarishini yozuvda aynan aks ettirish, ya’ni qanday aytilsa, shunday yozish – fonetik yozuv. Mas., ong o‘zagidan la affiksi bilan yasalgan so‘z ongla emas, angla shaklida beriladi, ya’ni o‘zakdagi o o‘rniga a talaffuz qilinar ekan, u xuddi shunday yoziladi. Ishla negizidan yasalgan ishlovchiso‘zida a o‘rniga o yoziladi.

Fonetik yozuv orfografiyani jonli talaffuzga yaqinlashtiradi. Yozuv va talaffuzda ma’lum darajada umumiylik saqlanadi.

Nutqda tushdi so‘zi tushti, tushgan so‘zi tushkan tarzida talaffuz qilinadi. Lekin bunday yozilmaydi. Ba’zan so‘z oxirida bir undosh tushirilib aytiladi: Samarqan, xursan, pas kabi. Ammo bu holat yozuvda aks etmaydi. Bunday so‘z boshqa tamoyilga bo‘ysunadi. (q. Morfologik yozuv).

Fonetik yozuv asosida yoziladigan o‘zak va qo‘shimchalar quyidagilar: 1. Bir bo‘g‘indan iborat o tovushli yopiq bo‘g‘inli ba’zi o‘zakka -a qo‘shilib yasalganda, o tovushi a tovushiga aylanadi: ong – angla, ot – ata, son – sana, yosh – yasha kabi. 2. Keyingi yopiq bo‘g‘inda i yoki u unlisi bo‘lgan ikki bo‘g‘inli ba’zi negizga a yoki obilan boshlangan qo‘shimcha qo‘shilganda keyingi bo‘g‘indagi i, u unlisi aytilmaydi va yozilmaydi: ulug‘ – ulg‘aymoq, sariq – sarg‘aymoq, og‘iz – og‘zaki, ikki – ikkov, olti – oltov kabi. 3. Keyingi yopiq bo‘g‘inda i yoki u unlisi bo‘lgan ikki bo‘g‘inli ba’zi negizga egalik shakli qo‘shilsa, keyingi bo‘g‘indagi i, u unlisi aytilmaydi va yozilmaydi: og‘iz – og‘zi, burun – burni, o‘g‘il – o‘g‘li. 4. K yoki q undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli o‘zak-negizga egalik shakli qo‘shilsa, ktovushi g, q tovushi g‘ tarzida aytiladi va yoziladi: istak – istagim, qishloq – qishlog‘im kabi. 5. Kishilik olmoshining birinchi va ikkinchi shaxs birligiga -ning, -ni, -niki qo‘shimchasi qo‘shilsa, yonma-yon kelgan ikki n tovushidan biri aytilmaydi va yozilmaydi: menning emas, mening, senning emas, sening kabi. 6. Ko‘rsatish olmoshidan u, bu, shu o‘zagiga -ga, -da, -day affiksi qo‘shilsa, bir n tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: unga, undan, bunga, shunday kabi. 7. Undosh s, t, ch tovushi bo‘lgan isi, qot, achi kabi fe’l o‘zagiga -q qo‘shilib sifat yasalganda, o‘zakdagi undosh takrorlanadi: issiq, qattiq, achchiq kabi.

Fonetik yozuv asosida yoziladigan qo‘shimchaning ayrimi ikkitadan yettitagacha fonetik shaklga ega. Bu o‘zak-negiz va qo‘shimcha tarkibida k, g, q, g‘ undoshining mavjudligiga bog‘liq: 1. Ikki shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -il, -l: yozildi, qurildi, o‘qildi, tarqaldi; -in, -n: kiyin, taran; -iy, viy: ijodiy, oilaviy. 2. Uch shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -ga, -ka, -qa: quyoshga, o‘simlikka, xalqqa; -gan, -kan, -qan: uchgan, tikkan, boqqan; -gach, -kach, -qach: singach, to‘kkach, oqqach. 3. To‘rt shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -gich, -kich, -g‘ich, -qich: suzgich, chekkich, qirg‘ich, bosqich; -chak, -choq, -chiq, -chik: kelinchak, maqtanchoq, sirg‘amchiq, o‘rgamchik; 4. Olti shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -gi, -ki, -gu, -g‘u, -g‘i, -qi: sevgi, turtki, ezgu, cholg‘u, yoqilg‘i, tashqi; 5. Yetti shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -gin, -kin, -gun, -kun, -g‘in, -qin, -g‘un, -qun: tizgin, keskin, surgun, tushkun, ozg‘in, uyg‘un, uchqun. Demak, fonetik yozuv imloni talaffuzga moslaydi.

Fonetika – eng quyi lisoniy sath va tilshunoslikning shu sathni o‘rganadigan sohasi. Fonetika (gr. phonetikos – tovushga, ovozga xos) tilshunoslikning boshqa sohalaridan farqli o‘laroq, nafaqat o‘rganish manbaining funksional tomonini, balki nutq tovushlarini hosil qiluvchi talaffuz apparatini, shuningdek, ularning akustik xossalarini va til egalari tomonidan qabul qilinish jihatlarini ham tekshiradi. Fonetika da tilshunoslikning boshqa fan sohalari – adabiyotshunoslik, fiziologiya, fizika, psixologiya kabi fanlar bilan aloqasi yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu fanlardan farqli o‘laroq, fonetika tovushlarga so‘z, qo‘shimcha va gaplarga moddiy qiyofa beruvchi til unsuri sifatida qaraydi.

Fonetika nutqdagi tovush o‘zgarishlari, urg‘u va uning turlarini ham o‘rganadi.

Fonetikani o‘rganish imlo (orfografiya), to‘g‘ri talaffuz (orfoepiya) me’yorlarini yaxshi o‘zlashtirib olishda, adabiy va dialektal talaffuz farqlarini aniqlashda, logopediya va surdopedogogikada nutqiy nuqsonlar diagnostikasi va ularni bartaraf etishda katta ahamiyatga ega. Fonetika yutuqlari aloqa vositalarini tekshirish va ular samaradorligini oshirishda hamda nutqni avtomatik aniqlashda muhim rol o‘ynaydi.

Fonetikaning bo‘limlari. Fonetika, avvalo, umumiy, xususiy va qiyosiy fonetikaga ajraladi.

Umumiy fonetika. Inson talaffuz apparatining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda nutq tovushlari hosil qilishning umumiy shartlari (mas., undoshlarning hosil bo‘lishi o‘rniga ko‘ra lab, til, bo‘g‘iz undoshlarining farqlanishi, hosil bo‘lish usuliga ko‘ra portlovchi, sirg‘aluvchi, portlovchi-sirg‘aluvchi tovush xossalarining aniqlanishi kabilar), shuningdek, tovushlarning umumiy akustik xossalari o‘rganiladi. Qisman artikulatsion, qisman akustik belgilarga tayangan holda nutq tovushlarining universal, shuningdek, farqlovchi belgilariga tayanadigan ichki tasniflarini berish bilan ham shug‘ullanadi. Umumiy fonetika tovushlarning birikish qonuniyatlari, bir tovushning ikkinchisiga ta’siri xususiyatini (akkomodatsiya va assimilyatsiyaning turli ko‘rinishlari), bo‘g‘inning tabiati, bo‘g‘inda tovushlarning birikish qonuniyatlari, bo‘g‘inlarga bo‘linish shartlari, so‘zlarning fonetik tuzilishi, qisman, urg‘u va singarmonizm masalalarini ham tekshiradi. Umumiy fonetika intonatsiya uchun qo‘llaniladigan vositalar (tovush balandligi, kuchi (intensivligi), cho‘ziqligi, tezligi (tempi), pauza, tembr kabi masalalarni ham tekshiradi.

  Xususiy fonetikada yuqorida aytilgan masalalar muayyan tillar misolida tekshiriladi. Xususiy fonetika tarixiy fonetika va zamonaviy (muosir) fonetika, sinxron fonetika va diaxron fonetika, tasviriy fonetika va eksperimental fonetika kabi ko‘rinishlarda ish yuritadi.

  Qiyosiy fonetika bir nechta qarindosh yoki qarindosh bo‘lmagan tillarning, yoxud bir qancha dialekt va shevalarning unli va undosh tovushlari, ulardagi fonetik o‘zgarishlar va boshqa hodisalarni qiyosiy aspektda tekshiradi.

Qiyosiy fonetika umumiy va xususiy fonetika oralig‘idagi vaziyatni egallaydi.

Fonografik yozuv – ilgari ayrim bo‘g‘inni, keyinroq ayrim tovushni biror belgi bilan ifodalovchi alifbo. Fonetik yozuvning kelib chiqishi qadimgi finikiya yozuvi bilan bog‘langan.

Xalqlar fonetik yozuvni tiliga moslab, o‘ziga xos shaklini yaratib olgan: yunon, lotin, arman, gruzin, slavyan, arab yozuvi va uning ayrim o‘zgargan turi kabi. Qadimgi yozuv tosh, suyak, yog‘och, qamish kabi qattiq jismga, so‘ngra pergament va keyinchalik qog‘ozga yozilgan. Yozuv o‘ngdan chapga, chapdan o‘ngga yoki yuqoridan pastga qarab o‘qiladi.

Frazeologik antonim(zid ma’noli ibora)lar bir-biriga teskari tushunchani ifodalaydi. Masalan: ko‘ngli joyiga tushdi-yuragiga g‘ulg‘ula tushdi, qoni qaynadi-og‘zi qulog‘iga yetdi.Frazeologik antonimlarni belgilash iboralarning ma’nosini chuqurroq belgilashga, ko‘p ma’noli iboraning ma’nosini farqlashda muhim ahamiyatga ega. Tarkibidagi so‘zlar har xil zid ma’noli iboralarni topish oson: savol bermoq – javob qaytarmoq; yerga urmoq va ko‘kka ko‘tarmoq kabi. Ba’zi antonim iboralar tarkibidagi so‘zlar qisman farqlanadi: yuragi keng – yuragi tor; ko‘ngli ko‘tarildi – ko‘ngli cho‘kdi. Shunday bo‘lsa-da, ular antonim bo‘laveradi. Chunki frazeologik ma’no undagi ayrim so‘z asosida emas, balki so‘zlarning yaxlitligidan kelib chiqadi.

  Ko‘p ma’noli ibora boshqa iboraga har bir ma’nosi asosida antonimik munosabatda bo‘ladi. Mas., savol bermoq iborasi javob bermoq iborasining birgina ma’nosiga antonim, xolos. Qolgan ma’nolariga antonimik munosabatda bo‘lmaydi

Ishoqxon Ibrat – ma’rifatparvar shoir, atoqli tilshunos, o‘zbek tili grafikasi, leksikografiyasi tadqiqida munosib hissa qo‘shgan yetuk olim. 1862- yili Toshkentda tavallud topgan.O‘zbek xalqining sharq va g‘arb tillarini o‘rganishini osonlashtirish yo‘lida tinmay izlanishlar olib bordi. Arab, fors, hind, turk, o‘zbek, rus tillaridagi so‘zlarni o‘z ichiga olgan olti tilli «Lug‘ati sitta al-sina» (1901) lug‘atini yaratib, ko‘p tilli lug‘atlar tuzishda ilk qadamni qo‘yib berdi. Lug‘at mingdan ortiq so‘zni o‘z ichiga olgan, unda o‘zbekcha so‘zlarning qarshisida arab, rus, fors, turk va hindcha tarjimasi berilgan.

Ishoqxon Ibrat tilshunoslikning murakkab sohasidan biri – yozuv tarixi bilan shug‘ullandi. Uning piktografik yozuvdan to shu kungacha ishlatilgan yozuvlar tarixiga bag‘ishlangan «Jome’-ul xutut» (Yozuvlar majmuasi) asari o‘zbek grafikasining muhim yutug‘i. Ushbu asarda muallif nafaqat o‘zbek yozuvi, balki eramizdan 2000 yil ilgari finikiya xalqlari tomonidan vujudga keltirilgan yozuv yodgorliklari, Kipr orolidan topilgan yozuv qoldiqlari, yahudiy, arab, suriya yozuvlari haqida ham qimmatli ma’lumotlar keltiradi.

  1932- yilda vafot etgan.

 

Jargon – (fransuzcha g‘argon – «buzilgan til») ham qo‘llanishi chegaralangan leksika tarkibi. Kasbi, jamiyatdagi o‘rni, qiziqishi, yoshiga ko‘ra alohida guruhni tashkil etgan kishilarning ko‘pchilikdan ajralib turish maqsadida ishlatadigan so‘z jargon. Mas., programmist jargoni, talaba jargoni, aslzodalar jargoni, o‘g‘ri jargoni, artistlar jargoni va h: 1) talaba jargoni: yopmoq (sessiyani tugatmoq), vozdux (stipendiya), yaxlamoq (imtihondan qaytmoq), stukach (chaqimchi); 2) yoshlar jargoni: g‘isht (xunuk), sindirmoq (lol qilmoq), krutoy (ketvorgan), risovka (ko‘z-ko‘z qilmoq), uxlatib ketmoq (aldamoq). Adabiyotlarda jargon va argo talqinida ba’zan chegara sezilmaydi.

«Kitob al-idrok li lisonal-atrok»Abu Hayyon al-Andalusiy (1256–1345) ning asari. Bu nodir asar 1312- yilda Qohirada bitilgan, lug‘at va grammatikadan iborat. Asarning 2 qo‘lyozmasi bor. Ular Istanbulda saqlanmoqda. Mazkur qo‘lyozmalar asosida 1891- yilda Mustafo Bey va 1931- yilda Ahmad Ja’far o‘g‘li asarni chop qildi. So‘nggi davrlarda esa A.Zayonchkovskiy, K.Brokkelmann, F.Vushtenfeld, L.Bouvat, E.Fozilov, A.Kurishjonov, N.Rasulova singarilar bu asar yuzasidan maxsus tadqiqot olib bordilar.

“Kitob al-idrok li lisonal-atrok” tilida qipchoq elementlari kuchliroq. Mas., r, g tovushining y tovushiga o‘tishi holati: agin – ayin, dagma – tayma, bak – bay, agarlab – ayarlab. G tovushining y, v tovushlariga o‘tishi: bug‘doy – buvday, og‘ul – ovul. G tovushining undoshlar oldidan tushishi: igna – ina; x tovushining k ga o‘tishi: xoja – koja. So‘z boshida y tovushining orttirilishi: ilon – yilon, ip – yip. So‘z o‘rtasida t undoshidan oldin l undoshining orttirilishi: katur – kaltur kabi.

“Kitob al-idrok li lisonal-atrok” tilida o‘g‘uz elementlari ham uchrab turadi. Mas., m tovushining btovushiga o‘tishi: men – ben. T tovushining d tovushiga o‘tishi: tamir – damir, tilku – dilku.

Lug‘atda 5 ta arabcha va 13 ta forscha so‘z qayd etilgan. -niki qo‘shimchasi o‘rnida qaratqich kelishigi shakli qo‘llangan: yir sanindir (yer senikidir). Sifatlarning orttirma darajasi yavlak so‘zi orqali hosil qilingan: yavlak ko‘rkludur. Yarim ma’nosini bildiruvchison manbada bichuk, yaru so‘zlari orqali berilgan.

Asar turkiy tillar tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.

Metonimiya (metonimia– «yangi nom qo‘yish», «nomni o‘zgartirish», «qayta nomlash») –bir narsa va hodisaning nomini makon va zamondagi o‘zaro bog‘liqligi asosida ikkinchisiga ko‘chirish usulu. Metonimiyada biror predmet xususiyati yoki voqeahodisaning nomini aytganda shunga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikkinchisi anglashiladi. Bunda o‘xshashlik nazarda tutilmaydi. Boshqacha aytganda, ikkita birbiriga bog‘liq predmet, belgi, holatdan birining nomi tejamkorlik natijasida tushiriladi. Mas., Fuzuliyni oldim qo‘limga, Majnun bo‘lib yig‘lab qichqirdi (H.Olim.) gapida Fuzuliy va asar (Fuzuliyning kitobini oldim qo‘limga) bir-biriga bog‘liq, tejash uchun kitob so‘zi tushirib qoldirilgan. Natijada Fuzuliy so‘zi shaxs ma’nosini emas, kitobso‘ziga xos ma’noni ifodalagan. Metonimiya turli ko‘rinishda bo‘ladi: 1)  o‘ringa munosabatiga ko‘ra: bir stakan (suv) ichdim, bir tarelka (ovqat) yedim, qishloq uyquda; 2) vaqtga ko‘ra: o‘nga(yosh) kirdim, yarim yillik (imtihon) topshirildi; 3) muallif va asar orasidagi munosabatga ko‘ra: Pushkinni (asar) o‘qidim va hokazo. Metonimiya asosidagi ko‘chma ma’no – fikrni lo‘nda va ta’sirchan bayon qilish vositasi.

  Mirzo Mahdixon ((XVII–XVIII asr, Eron) asl ismi – Nizomiddin Muhammad Xodi al-Husayni as-Safaviy). Asli astrobodlik, Eron shohi Nodirshoh saroyida muarrix va xattot bo‘lib ishlagan. Grammatika masalalarini o‘z ichiga olgan «Sangloh» (1760) lug‘ati mashhur. Asarga qo‘shimcha kiritilgan «Maboni ul - lug‘at» ikki qismdan: muqaddima va tarsif (grammatika) dan iborat.

  Muqaddima qismida asarning yozilish sababi, Alisher Navoiy asarlarining asar yozilishi uchun manba bo‘lib xizmat qilgani, turkiy tilning arab va tors tillaridan farqlanuvchi o‘ziga xos grammatik xususiyati haqida fikr yuritiladi. Asarning lug‘at qismi, asosan, Navoiy, Lutfiy, Bobur asarlaridagi tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlar izohiga, ularning fors tiliga tarjima qilinishiga qaratilgan.

  Tarsif qismida arab tilida fe’llarning asosi masdar-infinitiv ekanligi, o‘zbek tilida esa II shaxs, birlik, buyruq mayli shaklida ekanligi va fe’lning barcha shakllari shu asosdan hosil qilinishi bayon qilinadi.

  Mirzo Mahdixonning «Maboni ul-lug‘at» asari – XVII–XVIII asr o‘zbek tilshunosligidagi grammatik tushunchani qamrab olgan nodir manba.

Filologiya fanlari doktori, professor Abduhamid Nurmonov 1942-yiliAndijonda tavallud topgan. O‘zbek tili fonetikasi, morfologiyasi, sintaksisi va tilshunoslikning umumiy nazariy masalalari bilan bog‘liq qator asarlar muallifi. Ular orasida «O‘zbek tili sintaksisini sistema sifatida o‘rganish muammolari» (1982), «Gap haqida sintaktik nazariyalar» (1988), «O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi» (1991), «O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi» (1992), «O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis» (1995), «O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya» (2001), «Tilshunoslik va tabiiy fanlar» (2001), «O‘zbek tilshunosligi tarixi» (2002) kabi kitoblar muallifi.

A.Nurmonov o‘rta va oliy ta’limda o‘zbek tili va tilshunosligini o‘qitishni takomillashtirish borasida ham samarali mehnat qilmoqda. Ayniqsa, uning akademik litsey talabalari uchun yozilgan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» I qism (2001), «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» II qism (2002), «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» III qism (2003) darsliklari, o‘rta maktablarning V–IX sinflari uchun yozilgan «Ona tili» darsliklari ona tili ta’limi va o‘zbek tilshunosligining taraqqiyotiga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi.

“O‘zbek tili antonimlarining izohli lug‘ati»Bir-biriga qarama-qarshi, zid ma’no bildiradigan so‘zlarni jamlaydigan filologik lug‘at turi. Bu lug‘at o‘zbek tilshunosligida 1980- yil Sh.Rahmatullayev, N.Mamatov, R.Shukurovlar tomonidan yaratilgan.

Lug‘at ikki qismdan: kirish va lug‘at bo‘limlaridan iborat. Kirish qismida antonim va lug‘at tuzilishi haqida batafsil ma’lumot keltirilgan. Ikkinchi qismda esa qat’iy alifbo tartibida lug‘at keltirilgan. Lug‘atda ikki xil maqola – izoh maqolalar va havola maqolalar mavjud. Izoh maqolasi ancha murakkab tuzilishli, unda avval antonimik juftlik keltiriladi. Izoh maqolasini boshlab beruvchi bunday juftlikda antonimlar alifbo tartibida joylangan: yomon – yaxshi, sekin-tez kabi.

Lug‘atdan hozir ham keng foydalanilmoqda.

«O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati»hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi shakldosh so‘zlarni jamlagan filologik lug‘at, 1984-yil Sh.Rahmatullayev tomonidan yaratilgan. Lug‘atda 497 omoifoda ostiga birlashuvchi 1160 dan ortiq leksema tasvirlangan. Dastlab omonimlarga tarixiy-etimologik izoh berilib, keyin ma’nosi ta’riflangan, shu omonimdan yasalgan leksemalar sanalgan, so‘ngra bu omonim qatnashadigan birikma, gap berilib, oxirida matnli misol keltirilgan.

Lug‘atga omofonlar va omograflar ilova qilingan. Lug‘at filologiya fakulteti talabalariga, til va adabiyot o‘qituvchilariga mo‘ljallangan.

«O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» – o‘zbek tilidagi ma’nodosh so‘zlarni o‘z ichiga jamlagan filologik lug‘at turi. Bu lug‘atning yorqin namunasi sifatida A.Hojiyevning 1974- yilda nashr etilgan lug‘atini ko‘rsatish mumkin.

Lug‘at hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun xarakterli bo‘lgan sinonimik qatorlarni o‘z ichiga olgan. Unga leksik va grammatik sinonimlar kiritilgan. Lug‘at so‘zlari sinonimik qatordagi bosh so‘zga ko‘ra tartiblangan.

«O‘zbek tilining o‘quv toponimik lug‘ati» joy nomlari bo‘yicha tuzilgan va o‘qish-o‘rganish jarayoni uchun ko‘proq foydali lug‘at sanaladi. O‘quv toponimik lug‘at respublika, viloyat, shahar, tuman, vodiy yo voha, qishloq yo bir necha qishloqlar guruhi bo‘yicha tuzilishi mumkin. Respublika yoki voha, bir necha viloyatlar toponimlarining izohli lug‘atini tuzish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Bu lug‘at namunasi T.Nafasov va V.Nafasovalar tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, 1500 dan ortiq so‘zni o‘z ichiga oladi.

O‘quv toponimik lug‘ati uchun, eng avvalo, joy nomlari so‘zligi tuzilgan. Eng muhim oykonim, gidronim, oronim tanlangan. Har bir toponimning hozirgi davrda qanday jo‘g‘rofiy obyektning nomi ekanligi aniqlangan. Nomning sarhadlari belgilangan. Yangiqishloq, Yangiobod, Jartepa, Kattaqishloq, O‘rtaqo‘rg‘on, Uchtepa, Oqtepa, Qoratepa kabi nomlar har bir viloyatda, tumanda bo‘lishi tabiiy. Lug‘atda bu tur va ko‘p uchraydigan nomlarning tarqalish hududi (viloyat, tuman)ni ko‘rsatish shart qilib qo‘yilmagan, lekin qanday obyektning nomi ekanligini zikrlash lozim topilgan: Qiziltepa qishloq; Amudaryo daryo, tuman; Oyqor tog‘.

O‘quv toponimik lug‘ati ilmiy, amaliy, ma’naviy, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan narsa nomining izohini jamlagan. Til umumxalq leksikasining izohli, ma’nodoshlik, shakldoshlik, zidma’nolilik, birikuvchanlik va boshqa tur lug‘atlarda so‘zning hozirgi davrdagi ma’nolari, nutqda qo‘llanilishi bilan bog‘liq lisoniy-nutqiy holatlar, ma’noviy xususiyatlar bayon qilinadi. Toponimik izohda esa nima uchun shu obyekt shu nom bilan atalgan degan savolga javob berilishi lozim. Bu savolga yaqinda yo yaqin o‘tmishda yuzaga kelgan toponimlar misolida aniqroq, ma’qulroq, tushunarliroq, ishonchliroq javob berish, topish mumkin: Yangiqishloq, Yangiobod, Yangiariq, Yangibozor nomlaridagi yangi so‘zining ma’nosi yangi ko‘ylak, yangi ro‘mol kabi birikmalar tarkibidagi yangi so‘zi ma’nosi bilan teng emas. Yangiqishloq, Yangiobod, Yangiariq nomlari XX asrning 50–60-yillarida yuzaga kelgan. Yangibozor nomi o‘tgan asrning oxirida yaraldi. Bu nomlarda yangi so‘zining ma’nosi yo‘qolgan, undan keyin yaralgan qishloq, ariq, bozorlar boshqa nomlar bilan atalganligi ma’lum. Yoki Navkat, Novqat, Denov, Shahrinav, Yangikent nomlari bundan bir necha yuz yillar oldin paydo bo‘lgan. Bu nomlarda yangi, nav (tojikcha, yangi) so‘zlarining ma’nosi nisbiy, yaralgan vaqtda “yangi” ma’nosida bo‘lgan, hozir bu ma’no yo‘qolgan, lekin nom tarkibida bu so‘zlar qotib qolgan.

 

 

«O‘zbek tilining toponimik lug‘ati»joy nomlari va ularning kelib chiqish tarixini tavsiflovchi lug‘at turi. O‘zbek tilida lug‘atning yorqin namunasi sifatida dastlab T.Nafasovning „Janubiy O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati“ 1988-yil nashr etilgan.

Lug‘at Janubiy O‘zbekiston aholi joylari (shahar, qishloq, mahalla, guzar, ko‘cha), suvliklari (daryo, suv ombori, jilg‘a, ko‘l, ariq, hovuz), yer yuzalari (tog‘, cho‘qqi, tepa, qir, dara, soy, dasht, turli balandlik va joy) nomlari kabi 5 mingdan oqtiq toponimlarni o‘z ichiga olgan. O‘z va o‘zga tillardan kirgan toponimlarning ma’no va morfologik tuzilishini aniqlashda ular turli joylardagi turkiy va boshqa tillardagi toponimlar bilan taqqoslangan.

Luga’t filologiya, tarix, geografiya fakulteti talabalari va o‘qituvchilariga, umuman, O‘zbekiston tarixi bilan qiziquvchilarga mo‘ljallangan.

Onomastika yunoncha onomastike - “nom qo‘yish san’ati” demakdir. Onomastika – tilshunoslik sohasi. Tilda mavjud bo‘lgan barcha tur atoqli otlarini o‘rganadi. Atoqli otlarning tildagi tarkibining (qanday so‘z va qo‘shimchalardan iboratligi) qaysi til dalillari ekanligi, ma’no soni, tovush o‘zgarishlari onomastikada o‘rganiladi.

Onomastikaning bo‘limlari:

  1. Antroponimika (ismshunoslik), kishilarning ismi, otaism, familya, taxallus va nisbalarni o‘rganadi.
  2. Toponimika joy nomlarini o‘rganadi.
  3. Teonimika iloh, ma’bud, ilohiy shaxs va tushunchalar, payg‘ambar va aziz avliyolar, qadamjolarning nomini o‘rganadi.
  4. Kosmonimika osmon jismlari, sayyora va yulduzlar, burjlarning nomlarini o‘rganadi.
  5. Zoonimika hayvonlarga atab qo‘yilgan maxsus nom-laqablarni o‘rganadi.
  6. Ktematonimika insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan, yaratilgan moddiy va nomoddiy narsa, tushuncha nomini o‘rganadi: kuy-qo‘shiq, badiiy asar, ommaviy axborot vositasi, haykaltaroshlik va rasm kabilarning nomi.
  7. Mifonimika xayoliy narsa va tushunchalar nomini o‘rganadi.

          Onomastik lug‘atlar. Onomastik lug‘ato‘zbek leksikografiyasining alohida sohasi. Bunday lug‘atlarda atoqli otlar (onomosionimlar)dan, mas., toponim yoki antroponim izohlanadi va ular etimologik lug‘atning o‘ziga xos ko‘rinishi. Bunga T.Nafasov tomonidan tuzilgan «Janubiy O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati»ni, E.Begmatovning “O‘zbek ismlari”, S.Qorayevning joy nomlarining izohli lug‘atini misol qilib keltirish mumkin.

2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan T.Nafasov va V.Nafasovaning “O‘zbek tilining o‘quv toponimik lug‘ati” maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan.

 

Paronimtalaffuzi birbiriga juda yaqin, ammo yozilishi va ma’nosi har xil bo‘lgan so‘z. Mas., asr va asir, afzal va abzal, sher va she’r, adib va adip kabi so‘z talaffuzda bir xil aytilsa-da, yozilishda farq qiladi. Ma’nosi butunlay boshqaboshqa. Paronimni ikki xil yozilishga ega bo‘lgan, ammo ma’nosi bir xil bo‘lgan dubletdan farqlash kerak: arava – aroba, bekik – berkik, benihoya – benihoyat, gado – gadoykabi. Paronim so‘z orfoepik qoidaga rioya qilmasdan talaffuz qilishdan paydo bo‘ladi. Paronim talaffuz jihatdan o‘zaro o‘xshash bo‘lganligi uchun, undan badiiy adabiyotda qofiya sifatida keng foydalaniladi. Paronim uslubiy xususiyatga ham ega.Mas.,paronimni to‘g‘ri qo‘llamaslik oqibatida ham xato yuz beradi: Chanoqdagi lo‘ppi ochilgan paxta quyoshda yarqirab kumushdek toblanadi.Bu gapdaga toblanadiso‘zi o‘rnida tovlanadiso‘zi ishlatilishi kerak edi.

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Qodirov 1941- yilning 22- oktabrida Farg‘ona vilovatining Buvayda tumanida tavallud topgan. Olimning ilmiy faoliyatida o‘zbek adabiy tili tarixini, xususan, Alisher Navoiy asarlarining til xususiyatlarini o‘rganish asosiy o‘rinda turadi.

M.Qodirov oliy o‘quv yurtlari va umumta’lim maktablarida o‘qitilayotgan “Ona tili” fani ta’lim mazmuni va usulini yangilash ishida faol ishtirok etmoqda. Jumladan, olim 5-9 sinflar “Ona tili” fanining mustaqillik ruhiga mos, yangilangan o‘quv dasturini yaratishda (1999, 2004, 2009) qatnashdi. Professorlar H.Ne’matov, A.G‘ulomov, R.Sayfullayevalar bilan hamkorlikda 5-, 6-, 7- sinflar uchun (2000-2004), 8- sinf uchun (2006) yaratgan darsliklari yosh avlodga til haqida bilimva nutqiy ko‘nikmalar berishga xizmat qilib kelmoqda. Shuningdek, u oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “Ozbek tilini o‘qitish metodikasi” (200), “Ona tili o‘qitish metodikasi” (hamkor, 2001), “Til ta’limida milliy istiqlol g‘oyasi” (2003) qo‘llanmalarini tuzgan.

M.Qodirovning o‘zbek adabiy tili me’’yorlari va nutq madaniyati, yozma savodxonlik, mumtoz adabiyot vakillarining o‘zbek adabiy tiliga qo‘shgan muhim hissasi va boshqa masalalar bo‘yicha yozgan maqolalari respublikamizning madaniy va ma’naviy taraqqiyotiga hissa qo‘shib kelmoqda.   

 

Shaxs-son shakliharakat bajaruvchisini bildirib, mustaqil so‘zlarni kesim vazifasiga xoslovchi, kesimni ega bilan bog‘lovchi shakl. So‘zlarning shaxs va sonda o‘zgarishi tuslanish, shaxs-son shakli esa zamon, mayl shakllari bilan birga tuslovchi shakllar deyiladi. Shaxs-son shakli asosga zamon shaklidan so‘ng qo‘shiladi.

Hozirgi o‘zbek tilida shaxs-son ko‘rsatkichining 4 ta guruhi mavjud:

1) birinchi (-man, -san, nol shakl yoki -di/ti, -miz, -siz(lar) guruh -(lar) -yap, -yotir, -moqda, -gan/kan/qan, -i)b, -a/y, -moqchiko‘rsatkichidan keyin qo‘shiladi:

Men

 

 

bor gan

man

boryap

man

bora

man

Sen

san

san

san

U

ti

di

Biz

miz

miz

miz

Siz

siz

siz

siz

Ular

di

ti

di

 

2) ikkinchi (-m, -ng, -k, -ngiz, -(lar)) guruh-di, edi, -sa ko‘rsatkichidan keyin qo‘shiladi:

 

Men

 

 

bordi

 

m

bor gan edi

m

bor sa

m

Sen

ng

ng

ng

U

Biz

k

k

k

Siz

ngiz

ngiz

ngiz

Ular

(lar)

(lar)

(lar)

 

3) uchinchi (-im, -ing, -i, -imiz, -ingiz, (-lar)i)guruh o‘tgan va hozirgi zamon ko‘rsatkichi bilan yo‘q so‘zi orasida bo‘ladi:

 

Men

borgan

im

bor ayotgan

im

yo‘q

Sen

ing

ing

U

i

i

Biz

imiz

imiz

Siz

ingiz

ingiz

Ular

(lar)i

(lar)i

 

Shaxs-son qo‘shimchasining uchinchi guruhi kelasi zamonning she’riy uslubga xos -gu/ku/qu va fe’l modal shaklidan biri bo‘lgan -gi/ki/qi (kel) ko‘rsatkichidan keyin ham qo‘shiladi: men borgum, borgim keldi, sen borgung, borging keldi va hokazo.

4)to‘rtinchi guruh buyruq-istak mayli bilan birga voqelanadi: bor, boring, borsin, boray, boraylik kabi.

Shaxs-son shaklikesim vazifasida kelgan fe’ldan boshqa mustaqil so‘zga ham qo‘shiladi: ishchiman, a’lochisiz, birinchiman, menman, sensankabi.

Uslubiy belgilari.Shaxs-son shakllari nutqiy qurshov ta’sirida turli ko‘chma ma’noda ham qo‘llanadi.

Son ko‘chishi:

1)  birlik o‘rnida ko‘plik: Biz ko‘rganmiz (Men ko‘rganman), Ayam keldilar (U keldi). Dada, boring (bor);

2)  ko‘plik o‘rnida birlik:  Senlar bilmaysan (Siz bilmaysizlar). Ular keldi (Ular keldilar).

Shaxs ko‘chishi:

3)  II shaxs o‘rnida I shaxs: Qani, bolalar, yozamiz.

4)  II shaxs o‘rnida III shaxs: Anvar yugurib borib Ahmadjonning yoqasidan oldi: – Shunaqa narsa bilan hazil qiladimi, odam.

5)  I shaxs o‘rnida III shaxs: Bu borada kamina uzr so‘raydi. Nasriddin afandi asli G‘irvondan chiqmaganmikan, deb o‘ylanib qoladi kishi.

Filologiya fanlari doktori, professor, O‘zFA akademigi Sh.Shoabdurahmonov1924- yilda Toshkentda tavallud topgan.. O‘zbek tili fonetikasi, o‘zbek tilining badiiy-estetik vazifasi, leksikografiyasi, morfologiyasi, dialektologiyasi yuzasidan qator salmoqli asarlar yaratib, tilshunosligimiz rivoji uchun munosib hissasini qo‘shdi. Jumladan, «O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar» (1953), «Fonetika. O‘zbek tili fonetikasiga doir ba’zi masalalar» (1953), «O‘zbek tilida punktuatsiya» (1955), «O‘zbek adabiy tili va o‘zbek xalq shevalari» (1962) kabi asarlari o‘zbek tilshunosligining rivoji uchun munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.

Akademik Sh.Shoabdurahmonov o‘rta va oliy ta’limda o‘zbek tili va tilshunosligini o‘qitishni takomillashtirish borasida ham samarali mehnat qildi. Ayniqsa, uning V.Reshetov bilan hamkorlikda oliy maktablarning o‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari uchun «O‘zbek dialektologiyasi» (1962, 1969, 1978) darsligi, shuningdek, o‘rta maktablarning IX sinfi uchun hammualliflikda yozilgan «O‘zbek tili» (1977, 1978, 1980, 1982) hamda oliy o‘quv yurtlari uchun yaratilgan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili. I qism» (1980) darsliklari alohida ahamiyatga ega.

 

Tilning tarixiy taraqqiyoti va o‘zgaruvchanligini tilning istalgan sathida kuzatishimiz mumkin. Albatta, bundan yangi so‘zlarning hosil bo‘lishi masalalari bilan shug‘ullanuvchi «So‘z yasash» bo‘limi ham mustasno emas. Yasalma so‘zlarning so‘z yasalish strukturasi hamda har bir tilga xos so‘z yasash vositalari tizimi tarixan o‘zgaruvchan. Shunga ko‘ra, bu sathda diaxroniyava sinxroniyaaniq farqlanishi lozim. Xo‘sh, bu atamalarda qanday ma’no mujassamlashgan? Til taraqqiyotining ma’lum davrida so‘zlar qanday hosil bo‘lganligini, uning dastlabgi holati, so‘z yasalishi qurilishida bo‘lgan o‘zgarishlarni o‘rganuvchi soha diaxroniyayoki tarixiy so‘z yasalishideyiladi. Til taraqqiyotining hozirgi bosqichida so‘z yasash tizimini sinxroniya yoki hozirgi so‘zyasalishio‘rganadi.

Diaxroniya va sinxroniyao‘zaro bir-biriga mos kelishi ham, mos kelmasligi ham mumkin. Chunonchi, o‘zbek tilidagi xazinachi, suvchi (Izoh: -chiaffiksi bilan ot yasalishi turkiy tillarda qadimdan mavjud va u qadimgi yodgorliklar tilida ham aks etgan. (q. Mahmud Qoshg‘ariy. Devoni lug‘otit turk. II tom, -Toshkent, 1961. 54-bet), vafosiz, sensiz (q. Alisher Navoiy. Muhokamatul lug‘atayn. Tanlangan asarlar, III tom. -Toshkent, 1948.) so‘zlarida sinxronik so‘z yasalishi strukturasi diaxronik so‘z yasalishi strukturasiga mos keladi.

Ammo o‘zbek tilidagi yumsha, yurak, yuksak so‘zlarining tuzilishi diaxronik aspektda yum+sha, yur+ak, yuk+sa+k shakliga ega bo‘lsa-da, sinxronik aspektda bir o‘zak sifatida qaraladi. Chunki sinxronik aspektda ularning yum, yur, yuk so‘zlari ma’nosi bilan bog‘lanishi sezilmaydi.

Diaxronik va sinxronik so‘z yasalishi o‘zaro dialektik bog‘liq. Til taraqqiyotining har bir bosqichida mavjud qoliplar asosida yangi so‘zlar yasalishida yasaluvchi so‘zning boshlang‘ich so‘z yasalishi strukturasi emas, o‘sha davrdagi sinxronik so‘z yasalish strukturasi muhim. Chunonchi, hozirda rus tilida eng sermahsul hisoblanadigan -niksuffiksi tarixan qayta bo‘linishga uchragan, diaxronik aspekt uning asl shakli -ikbo‘lganligini ko‘rsatadi. Demak, svetnik, oxotnik so‘zlarining sinxronik so‘z yasalish strukturasi diaxronik so‘z yasalish strukturasiga mos kelmaydi. Biroq -niksuffiksi hozirda yangi so‘zlar yasashga xizmat qilmoqda: gradusnik, plotnik kabi.

Odatda, har qanday yasalma ikki a’zoli bo‘ladi: asos va formant. Birinchi yasalma bilan semantik bog‘lanishda bo‘lgan qism, ikkinchisi esa farqlovchi qism. Mas., sinfdosh so‘zining semantikasi bilan bog‘liq bo‘lgan qism sinf va bu so‘zni farqlovchi qism -dosh shakli. Yasaluvchi so‘z bilan yasalgan so‘zning ma’nolarida bog‘lanish bo‘lishi sinxronik so‘z yasalishining asosini tashkil etadi.

 

Son mustaqil so‘z turkumlari sirasida to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.

Ma’noviy xususiyati. Asosan, predmethodisa, qisman harakat-holatning ko‘pincha aniq miqdori, sanog‘i va tartibini, shuningdek, mavhum sanoqni bildiradi. Ancha, talay, biroz, savatsavat, quchoqquchoq, qopqop kabi ravishlar, uncha, buncha, shuncha, qancha, bir qanchakabi olmoshlar ham miqdor ma’nosini bildirishi yoki unga ishora qilishi mumkin. Bu – noaniq ko‘plik.

Sonnecha, nechta, nechanchi, qancha, qanchadan, qanchalabkabi so‘roqqa javob bo‘ladi. Qancha so‘roq olmoshi bir vaqtning o‘zida ravishga ham xizmat qiladi: qancha – ko‘p. Ba’zan otning so‘rog‘ini oladi: Ikki odamning biri(kim?) hali ham kutib turibdi. Necha so‘rog‘i esa faqat songa tegishli.

Morfologik belgisi. Son turkumining ma’no turini hosil qiluvchi barcha qo‘shimcha – lug‘aviy shakl yasovchi: (i)nchi, ta, tacha, lab, tadan, larcha, ov/ovlon, ala kabi.

Sonhisob (kilo, metr, dona, hovuchkabi)so‘zi bilan ishlatiladi.

Otlashish (Birinchi kishini chaqir – birinchisini chaqir) va otga ko‘chish (yetti, qirq, yigirma, to‘qqizto‘qqiz kabi marosim oti) xususiyatiga ega. Bunda otga xos lug‘aviy va sintaktik shaklni hamda uning sintaktik vazifasini qabul qiladi: o‘ninchisini, o‘ninchigacha. Otga xos shakl yasovchi qo‘shimcha sonning hamma turiga ham birday qo‘shila olmaydi: o‘nlarcha(ni), uchala(ga) kabi.

Sintaktik belgisi.Son otlashmagan va otlashgan holda turli gap bo‘lagi bo‘lib keladi.

Otlashmaganda:1) sifatlovchianiqlovchi: Bir chetda gulzor oralab ikkita chiroyli qiz gul terib yuribdi; 2) darajamiqdor holi: Samarqandni to‘rt besh marta ko‘rganman. U marraga birinchi yetib keldi;3) otkesim: Bu xotinning joni bitta emas, ming bitta.

Otlashganda: 1) ega: Dutorim tori ikkidir, biri dilkash, biri dilxun; 2) qaratuvchi aniqlovchi: Ikkalamizning gapimiz bir joydan chiqsin. Ikki uchga qoldiqsiz bo‘linmaydi.

  1. Son, odatda raqam va so‘z bilan yoziladi:

1)    arab raqami bilan: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9;

2)    rim raqami bilan: birlik: a) I, II, III, IV, V, VI, VII, VIII, IX; b)o‘nlik: X, XX, XXX, XL, L, LX, LXX, LXXX, XC; d)          yuzlik: C, CC, CCC, CD, D, DC, DCC, DCCC, CM; e)          minglik: M, MM, MMM…     

Tartib sonlar rim raqami bilan yozilganda chiziqchasiz, arab raqami bilan yozilganda chiziqcha bilan yoziladi: XX asr, 2008- yil, 103- guruh kabi.

Badiiy asarda sonlar ko‘pincha so‘z bilan yoziladi: Ikki minginchi yilning bahorida uchinchi kursda ekanimda kabi.

Sonda shakl va ma’no munosabati. Sonda shakldoshlik, ma’nodoshlik, ko‘pma’nolilik hodisasi mavjud.

  1. Ba’zi son boshqa turkum so‘zi bilan omonim bo‘ladi: uch (son) –uch(fe’l), qirq (son) –qirq(fe’l), yuz (son) –yuz(ot), yigirma (son) – yigirma (fe’l).

Urug‘ nomini bildiruvchi qirq, yuz, mingkabiotga ko‘chgan so‘z shu shakldagi songa omonim bo‘ladi.

Ma’nodoshlik. Bu hodisa kam uchraydi: o‘n ming tuman, yuz ming lak. Tuman, lak – eskirgan so‘z.

Ba’zan bir soni o‘rnida yakka, yolg‘izso‘zi, birinchi so‘zi o‘rnida ilk, dastlabgi, avvalgi, to‘ng‘ich, bosh, asosiy, katta kabiso‘z, ikkisoni o‘rnida qo‘sh, juftso‘zi, yarim o‘rnida nol butun o‘ndan besh, chorak o‘rnida nol butun yuzdan yigirma besh ishlatilishi mumkin.

Zid ma’nolilik. Sonda bu hodisa yo‘q. Ikki va besh soni bahoni bildirganda, nutqiy zid ma’nolilik kasb etadi, xolos.

Ko‘p ma’nolilik. Sonda ko‘p ma’nolilik hodisasi mavjud. Bu bir sonida yaqqol ko‘zga tashlanadi: 1)      noaniqlik: Sizni ko‘chada bir kishi chaqiryapti; 2) yolg‘izlik: Darsga bir Karim kelmadi; 3) ayiruv: Bir qor yog‘adi, bir yomg‘ir; 4) kuchaytirish: Ertaga bir dam olsam; Bugun bir charchadim. 5)bir xillik: Tiling bilan dilingni bir tut.

Sondan boshqa turkum so‘zining yasalishi. Sondan ot, sifat, fe’l, ravish, olmosh yasalishi mumkin: 1) ot: birlik, to‘rtlik; uchburchak, to‘rtburchak, yettisuv, Oltiariq. 2) sifat: ikkichi, beshchi, uchli, to‘rtsiz; ikkiyuzlamachi, qirqyamoq, beshotar. 3) fe’l: birik, birlash, ikkilan; 4) ravish: bittalab; ikkiyoqlama, bir kuni, birpas, bir zumda. 5) olmosh: bir kishi, bir nima, bir narsa.

          Sonning ma’no turi.Sonning ma’no turi asosan shakl yasovchi qo‘shimcha vochitasida hosil qilinadi. Barcha qo‘shimchasi lug‘aviy shakl hosil qiluvchi bo‘lganidan sonning ma’noviy guruhlari ham grammatik asosda farqlanadi. Grammatik xususiyatiga ko‘ra son, dastlab, ikkiga bo‘linadi:1)miqdor son;2)tartib son.

Miqdor son predmethodisa hamda harakat/holatning miqdori va sanog‘ini, tartib son esa tartibini bildiradi.

Tartib son (i)nchi va lamchi(kam qo‘llanadi) qo‘shimchasi yordamida sanoq sondan hosil bo‘ladi: birinchi, o‘ninchi, yigirmanchi, birlamchi, ikkilamchi.

Miqdor son quyidagi turga bo‘linadi:1) sanoq son; 2) dona son; 3) chama son; 4) jamlovchi son; 5) taqsim son.

Sanoq sonning ko‘rsatkichi yo‘q: bir, ikki, o‘n, qirq besh.

Dona sonnarsaning miqdorini donalab ifodalaydi,sanoq songa ta qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi. Ba’zan -ta shakli o‘rniga dona, nafar, boshhisob so‘zi qo‘llanishi ham mumkin: beshta kitob, ikkita daftar, uch dona qalam, o‘n besh nafar o‘quvchi, yigirma bosh sovliq. Qo‘shimcha bir so‘ziga qo‘shilganda, r tovushi t bilan almashadi: bir –bitta, o‘n bir –o‘n bitta.

Chama son.Bu son tacha, lab, larcha qo‘shimchasi, sonni juftlash, taxminan, qariyb, taqribanravishi vositasida hosil qilinadi: o‘ntacha ishchi, minglab vatandoshlarimiz, yuzlarcha bola, soat o‘n birlar edi, taxminan o‘nta. cha qo‘shimchasini olgan sonhisob so‘zi olsa ham, chama ma’nosi voqelanaveradi: ming yilcha burun, besh milcha narida.

Jamlovchi sonquyidagi yo‘l bilan hosil qilinadi: 1) sanoq son+ov/ovlon: uchov, to‘rtov, beshovlon; birov so‘zi bundan mustasno; 2) sanoq son+ ala: ikkala (i tushgan), uchala, to‘rtala.

Jamlovchi son birdan yettigacha bo‘lgan sondan hosil qilinadi. Bunda besh sonidan boshqasida tovush o‘zgarishi yuz beradi.

Taqsim sonikki usulda hosil qilinadi: 1) dona songa -dan shaklini qo‘shish bilan: bittadan qalam, o‘ntadan ruchka; 2)dona sonni takrorlash bilan: bitta-bitta, o‘nta-o‘nta.

Son butun va qismni ifodalashiga ko‘ra uch guruhni tashkil etadi:1)butun son;2)kasr son;3)aralash son.

Butun son narsabuyumning bo‘linmagan holdagi sanog‘i va miqdorini ifodalaydi: bir, o‘n, ikki yuzkabi.

Kasr sonbutunning bo‘lagini, ulushini ifodalaydi: yarim, chorak, nimchorak kabi.

Kasr son ikki ko‘rinishda bo‘ladi:a)qo‘shma so‘z ko‘rinishidagi matematik kasr ifodasi: ikkidan bir, o‘ndan ikki, to‘qqizdan beshkabi;b)sodda so‘z ko‘rinishidagi oddiy kasr ifodasi: yarim, chorak, nimchorak;v)butun va kasr son birgalikda aralash sonni tashkil qiladi: bir yarim, ikki butun o‘ndan besh, bir butun to‘rtdan uch.

          Sonning tuzilishiga ko‘ra turlari. Son ham tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, juft va takroriy bo‘ladi:

Sodda son. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘p ishlatiladigan 23 ta sodda son mavjud: nol, bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to‘qqiz, o‘n, yigirma, o‘ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson, to‘qson, yuz, ming, million, milliard. Yarim, chorak so‘zi ham sodda songa misol.

Qo‘shma sonbirdan ortiq o‘zakning birikuvidan hosil bo‘ladi: o‘n besh, uch yuz besh, to‘rtdan uch, o‘n olti yarim. Tarixan ayrim qo‘shma son soddalashib borgan: sakkiz o‘n sakson, to‘qqiz o‘n to‘qson.

Juft son. Bu sonchama, taxmin ma’nosini bildiradi. Sanoq, dona va taqsim son juft qo‘llanadi: birikki joy, o‘no‘n beshta savol, uchto‘rttadan yostiq.

Takroriy son takroriy sonjamlash, taqsimlash kabi ma’noni ifodalaydi. Sanoq, dona va taqsim son takroriy holda ham qo‘llanadi: beshtabeshta, yuztayuzta, birbir (gapirib chiqdi), to‘rttato‘rttadan.

            Son turkumi tahlili.Son turkumi tahlili– sonlarning turi, shakllari va xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan morfologik tahlil. Unda quyidagilar aniqlanadi: 1) qaysi lug‘aviy mazmuniy guruhga mansubligi; 2) morfologik tarkibi; 3) lug‘aviy shakli; 4) hisob so‘zga munosabati; 5) sintaktik shaklga munosabati; 6) tuzilishiga ko‘ra turi; 7) gapdagi vazifasi.

Namuna: Talabalarga beshtadan toza varaq tarqatildi: 1)taqsim son; 2) besh-tadan; 3) -tadan taqsim son hosil qiluvchi lug‘aviy shakl; 4) hisob so‘z bilan qo‘llanadi; besh donadan; 5) sintaktik shakl olmagan; 6) sodda; 7) aniqlovchi.

Suryoniy yozuvi Mesopotamiyada paydo bo‘lgan, VII-VIII asrda Markaziy Osiyoda nasroniy (xristian) mazhabi bilan kirib keldi. Bu yozuv XV asrgacha qo‘llandi.

Suryoniy yozuvi– undoshli finikiy-oromiy yozuvi. Finikiy yozuvi kabi 22 belgidan iborat ko‘pgina klassik yozuvlar singari (mas., arab) imlosi kabi o‘ngdan chapga qarab qo‘shib yoziladi. Suryoniy yozuviI asrdan boshlab adabiy oromiy lahjalardan bo‘lgan suryoniy tili uchun qo‘llana boshlagan. Bu yozuvning asosiy ko‘rinishlaridan biri estrangelo deb yuritiladi. 430- yilda Suriya cherkovining ikkiga bo‘linishi natijasida g‘arbiy suryoniy (yakovit yoki serto) va sharqiy suryoniy (nestorian) yozuvlari. Nestorian yozuvi Markaziy Osiyo va Xitoyga ham tarqalgan.

Suryoniy yozuviga VII–VIII asrlardan unlilarni ifodalovchi satr ustu va satr osti belgilari kiritilgan. Tinish belgilar ham qo‘llangan. 1840- yilda nestorian asosida yangi yozuv turi yaratilib, u Eron va Iroqda, shunigdek, Turkiyada yashaydigan ossuriylarda qo‘llana boshlagan.

Toponimlar (joy nomlari) ma’lum hududda mavjud bo‘lgan joylarga xalq tomonidan maxsus qo‘yilgan atoqli otlar. Odamlar nazariga tushgan, hayoti uchun zarur bo‘lgan joylarni maxsus so‘zlar bilan nomlagan. Joy nomining turlari:

  1. Shahar, shaharcha, tuman, qishloq, ovul, qo‘rg‘on nomlari – Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Marg‘ilon, Nuriston, Asaka: Oqqishloq, Beliboyli, Yangiqo‘rg‘on, Oqqo‘rg‘on, Toshqo‘rg‘on.
  2. Suv havzalarining nomlari – Zarafshon, Norin, Amudaryo, Sirdaryo: Toshariq, Yangiariq, Uzunquduq, Xo‘jaquduq, Toshquduq.
  3. Yer yuza shakllarining nomlari – Oqtog‘, Olatog‘, Qoratog‘, Chimqor, G‘ubdin, Bobotog‘, Uchtepa, Qoratepa, Oqtepa, Ko‘kdala, Oqdala, Uzunqir, Uzunqiya, Qoraqiya.

Joy nomlarida xalq hayoti, ishlab chiqarish tarzi, etnik tarkibi, tabiiy muhiti, ma’naviy olami to‘la aks etadi.

Mang‘it, Nukus, Baliqchi, Mirishkor shahar, qishloq nomlari urug‘ nomlaridan yaratilgan.

Oqdaryo, Oqsuv – muz va qor suvlaridan hosil bo‘lgan daryo. Qorasuv, Qoradaryo, Qorabuloq – yer osmon, buloq, ariq suvlaridan yuzaga kelgan daryo. Charmgar, Tirgarom, O‘qchi, Kamongaron, So‘zangaron, Zargarlik – xalqning kabi hunari bilan bog‘liq nomlar. Qayrog‘och, To‘pli, Qizil olma, Mudin - o‘simlik, daraxt nomlari yuzaga kelgan qishloq nomlari.

Qadimgi turkiy til so‘zlaridan yaralgan joy nomlari ko‘p.

Qozoq, Qozoqli, Beshqozoq, nomlarida qadimgi turkiy qazan, qazug‘, qazak, qazuq, (qazilgan, anhor) so‘zi bor. Beshterak, Boyterak, Beshdarak nomlari asosidagi so‘z qadimgi turkiy teringak (buloq, yer osti suvi: band, to‘g‘on) suvi.

Navkat, Navqat, Kat, Metan, Pormetan, Novmetan, Shamaton (Shov+metan) nomlari tarkibida “qo‘rg‘on” ma’nosidagi qadimgi so‘g‘d tiliga mansub kat, metan, romitan so‘zlari mavjud.

Toponimika - onomastikaning joy nomlarini o‘rganadigan bo‘limi. Yunoncha topos-joy, yer, onuma -nom, ism. Ma’lum bir hudud (respublika, voha, viloyat…) joy nomlarining yaratilish va paydo bo‘lishini, nima sababdan joy shu so‘z bilan atalish sababini o‘rganadi. Nom asosidagi so‘z va qo‘shimchalarning ma’nosi, tovush va ma’no o‘zgarishi haqida bahs yuritiladi. Toponimikaning bo‘limlari: oykonimika - aholi yashash maskanlari (shahar, tuman, qishloq, mahalla, guzar)ning nomlarini o‘rganadi; gidronimika – suv havzalari (daryo, ko‘l, hovuz, ariq, quduq, buloq)ning nomlarini o‘rganadi; oronimika – yer yuzasining tuzilish shakllari (tog‘, qir, tepa, dala, dasht, g‘or) ning nomlarini o‘rganadi.

Toponimik lug‘at. Toponimik lug‘at joy nomlari (viloyat, shahar, shaharcha, tuman, qishloq, ovul, mahalla; daryo, ko‘l, ariq, buloq, quduq; tog‘, qir, choqqi, tepa, dala, dasht)ning lisoniy xususiyatlarini yoritish maqsadida tuziladi. Toponimik izohli, imlo, geografik, tarixiy, o‘zlashma nomlar lug‘atlari tuzilishi mumkin. Ma’rifiy, ilmiy, amaliy jihatdan eng ahamiyatlisi – izohli lug‘at. Barcha tur toponimik lug‘atda har bir joy nomiga alohida lug‘at maqolasi yoziladi. Joy nomining rasmiy, ilmiy nomi yozilib, so‘ngra nomning manzili (viloyat, shahar, tuman) ko‘rsatilib, qanday joy (obyekt)ning nomi ekanligi ko‘rsatiladi: Qarshi – Qashqadaryo viloyatining markazi, shahar (1929), tuman (1926), mahalla (2000), ko‘cha(2002). So‘ngra nomga qisqacha lisoniy izoh beriladi, nima uchun obyektning shu nom bilan atalish omili bayon qilinadi, nom uchun asos bo‘lgan so‘z va qo‘shimchaning nom yaralgan davrdagi ma’nosi ta’kidlandi: Qadimgi turkiy tilda qarshi – shoh qasri, ark. Mo‘g‘ul hukmdori Kebekxon (1318-1326) shoh qasri yonida qurdirgan shahar. T.Nafasov, V.Nafasovaning “O‘zbek tili toponimlarining o‘quv izohli lug‘ati” (Toshkent. Yangi asr avlodi, 2007) lug‘ati ana shu tamoyilda tuzilgan o‘quv toponimik izohli lug‘at. Toponimik imlo lug‘at H.Hasanov tomonidan tuzilgan (Teografik nomlar imlosi: Toshkent, O‘qituvchi, 1962). O‘zbekiston hududida hozir amalda bo‘lmagan, iste’moldan chiqqan, o‘tmishda Respublikamiz hududida qo‘llangan joy nomlari haqidagi tarixiy, geografik ma’lumotlar H.Hasanov tomonidan tuzilgan lug‘atlar va yozilgan kitoblarda bayon qilingan.

 

 

Yapon tiliYaponiyaning rasmiy tili. Yapon tilining genetik aloqalari, ya’ni qaysi oilaga mansubligi uzoq vaqt aniqlanmay, turli oilalarga nisbatlangan. So‘nggi yillardagi tadqiqotlar yapon tilining oltoy tillar oilasiga mansubligini isbotlamoqda. Asosan, Yaponiyada, shuningdek, Osiyo, Amerika va Yevropaning bir qancha mamlakatlarida tarqalgan. Yapon tilida so‘zlashuvchilarning umumiy soni 126 milliondan ortiq (2000-y.).

Yapon tilida shimoli-sharqiy, g‘arbiy va janubiy lahja guruhlari farqlanadi. Fonologik tizimi avstronez tillarinikiga yaqin, adabiy tilda 35 fonema mavjud. Unlilar cho‘ziq-qisqalik, undoshlar esa yakka va qo‘shaloq kelish xususiyatlariga ega, bu xususiyatlar ko‘pincha ma’no farqlash uchun xizmat qiladi. Grammatik tizimi oltoy, xususan, turkiy tillarnikiga o‘xshash. Leksikasida asl yapon so‘zlaridan tashqari xitoy tilidan o‘zlashgan so‘zlar ko‘p, ular Yapon tiliga xitoy yozuvi bilan birga kirib kelgan.

IX-X asrlarda adabiy yapon tilig‘arbiy lahja asosida shakllangan. XIII-XIV asrlarda bungo me’yorlari og‘zaki nutqdan farqlana boshlagan. Hozirgi kunda adabiy yapon tili ayrim o‘ziga xos shevalarni hisoblamaganda, qolgan barcha shevalarni ham iste’moldan chetlashtirmoqda. Mahalliy lahja va shevalardan oila doirasidagina foydalanilmoqda.

Yapon tilida ikkita alifbo mavjud. Katakana chet tilidan kirib kelgan so‘zlar uchun, Xiragana esa “o‘zlarining” so‘zlari uchun ishlatiladi.

Yunon yozuvi– grek, finikiy yozuvidan kelib chiqqan alifboli yozuv; taxminanmiloddan avvalgi IX-VIII asrlarda paydo bo‘lgan. Eng qadimgi yodgorliklari miloddan avvalgi VIII-VII asrlarga mansub. Turi va harflar to‘plami jihatidan qadimgi frigiy alifboli yozuviga yaqinroq. Yunon yozuvida finikiy konsonant alifbosidan farqli ravishda, undoshlarni ifodalovchi harflardan tashqari unlilarni ifodalovchi harflar ham paydo bo‘lgan. Alifboli yozuv paydo bo‘lguncha greklar chiziqli bo‘g‘in yozuvidan foydalangan.

Mumtoz umumyunon alifbosi 27 harfdan iborat, shu asosdagi matnlar chapdan o‘ngga qarab yozilgan. Yangi yunon alifbosi 24 harfdan iborat. Yunon yozuvining tosh, metall va sopol buyumlarga bitilgan monumental, unsial, kursiv, minuskul va boshqa turlari mavjud.

 

Harakat-holat, odatda uch zamondan birida sodir bo‘ladi. Zamon nutq so‘zlanib turgan paytga nisbatan belgilanadi. Nutq so‘zlangan vaqtgacha bo‘lgan zamon, nutq so‘zlanayotgan zamon, nutq so‘zlangandan keyingi zamon. Shunga ko‘ra, zamonning uch turi farqlanadi:

O‘tgan zamon shakllari – harakat va holatning gap aytilayotgan paytdan oldin sodir bo‘lganligini bildiradi: Yigitlar maktubin bitganda qondan(A.Orip.)

Hosil bo‘lishi:1. -di qo‘shimchasi bilan yasalgan o‘tgan zamon shakli so‘zlovchining bevosita o‘zi ko‘rgan yoki bajargan harakatini bildiradi. Bu qo‘shimchadan so‘ng -m, -k, -ng, -ngiz shaxs-son shakllari qo‘shiladi. O‘tgan zamonning bu shakli yaqin o‘tgan zamon ham deb yuritiladi: Eshityapsizmi, oyi, men yana keldim. (O‘.Hosh.) Mukammal ko‘rmoqchi bo‘ldik dunyoni, yetuk bo‘lolmadik o‘zimiz biroq. (A.Orip.)

2. -(i)b qo‘shimchasi bilan yasalgan shakl birov tomonidan eshitib bilingan harakat-holatni bildiradi. Bu shakldan so‘ng shaxs-sonning -man, -san, -miz, -siz shakllari qo‘shiladi. Ayrim manbalarda o‘tgan zamon hikoya fe’li ham deb yuritiladi: O‘g‘ri o‘sha amakivachchalarning tomidan sekin yura kelib, buvimning to‘g‘rilariga kelganda aksa urib yuboribdi. (G‘.G‘ul.)

3. -gan shaklli sifatdoshni tuslash bilan yasalgan o‘tgan zamon shakli nisbatan oldinroq sodir bo‘lgan harakatni ifodalaydi. Bu shakl uzoq o‘tgan zamon shakli ham deb yuritiladi: Oqar daryolarga kimdir band bergan. (A.Orip.) Sen qachon kelgansan?

4. Ayrim fe’l shakllariga to‘liqsiz fe’llarni qo‘shib tuslash bilan hosil qilangan zamon o‘tgan zamon davom fe’li deyiladi: (-r/ar/ayotgan/moqda edi+shaxs-son): Maxdum oilasini ham kiyim-kechak vajidan o‘zi kabi tutar edi. (A.Qod.) Bo‘lishsiz shakli -mas ediko‘rsatkichi orqali hosil qilinadi. To‘liqsiz fe’ldagi birinchi unli noturg‘un, tushib qolishi ham mumkin: Esingizdami, oyi, ukamga alla aytardingiz. (O‘.Hosh.)

Hozirgi zamon shakllari – harakat va holatning nutq so‘zlanib turgan paytda sodir bo‘layotganligini bildiradi:Siz oliy o‘quv yurtiga kirish uchun tayyorlanayapsiz.

Hosil bo‘lishi:1. -yap (yotib) shaklini tuslash bilan hosil qilinadi: Juda chiroyli muomala qilyapsiz.(P.Qod.)

2. -yotir/ayotir shaklini tuslash bilan yasaladi: O‘tib borayotir qanchalar kalom…(A.Orip.)

3. -moqda shaklini tuslash bilan yasaladi: Tong otmoqda, tong o‘qlar otar... (R.Parfi)

4. yot, tur, o‘tir, yur ko‘makchi fe’llari-(i)bshakli orqali tuslanib, hozirgi zamonni ifodalaydi: Mayin shamol esib turibdi.U do‘stini kutib turibdi. Bola kitob o‘qib o‘tiribdi. Imtihonlarga tayyorlanib yuribmiz. Mushuk o‘ljasini poylab yotibdi.

Hozirgi zamon shakli o‘zaro ma’noviy emas, uslubiy qo‘llanishi bilan farqlanadi. Hozirgi zomon shakllarining barchasi uchun xos bo‘lgan muhim xususiyat ularning davomiyligi. Harakat o‘tgan zamonda boshlanib, kelasi zamonda tugaydi. Shu sababli manbalarda bu zamon hozirgi zamon davom fe’li, ba’zan hozirgi kelasi zamon ham deb yuritiladi.

Kelasi zamon shakllari – harakat va holatning nutq so‘zlanib turgan paytdan so‘ng sodir bo‘lishini bildiradi:Sen hali ulg‘ayib bir qiz bo‘lasan….

Hosil bo‘lishi:1. Kelasi zamon -a/y shaklidagi ravishdoshni shaxs-sonda tuslash orqali hosil qilinadi: Daryoning suvi ko‘paysa, baliqlarning chiqishi oson bo‘ladi. (S.Ahm.) Bu shakl 3 xil ma’no ifodalaydi: 1) hozirgi–kelasi zamon: U kollejda o‘qiydi; 2) sof kelasi zamon: Ertaga boraman. Uch-to‘rt kun chidaysan; 3) umumzamon:Yer o‘z o‘qi atrofida aylanadi. Baliq suvda yashaydi.

2. Sifatdoshning -r/ar (-mas) ko‘rsatkichi bilan hosil bo‘luvchi shaklini shaxs-sonda tuslash orqali kelasi zamon gumon fe’li ifodalanadi: Yomg‘ir tinsa, ertalab yo‘lga chiqarmiz.

3. Hozirgi–kelasi zamonning -gay/kay/qay, -gu/ku/quqo‘shimchasi orqali hosil bo‘luvchi shakli ham bor. U asosan she’riyatda, shuningdek, o‘g‘uz lahjasida ishlatiladi: borgayman, borgum kabi.

Uslubiy belgilari: Zamon shakllari nutqiy qurshov ta’sirida turli ko‘chma ma’nolarda bir-birining o‘rnida ishlatiladi. Bunday nutqiy holat zamon ko‘chishi deyiladi:

1) aniq o‘tgan zamon kelasi zamon o‘rnida: Hozir qorong‘ida qayoqqa bordigu, nimayam qildik;

2) hozirgi zamon kelasi zamon o‘rnida: Bugun Qarshi poyezdi bilan Toshkentga jo‘nab ketyapman;

3) hozirgi-kelasi zamon o‘tgan zamon o‘rnida: Alisher Navoiy 1441-yilda Hirotda tug‘iladi.

4) o‘tgan zamon kelasi zamon o‘rnida: Qani, yozdik.

5) hozirgi zamon o‘tgan zamon o‘rnida: Tashqariga qarasam, ikki bola urishyapti.

Imlosi:-yap shakli undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilganda, -ayap holida talaffuz qilinsa-da, -yap yoziladi: Juda chiroyli muomala qilyapsiz.(P.Qod.)

O‘tgan zamonning -di shakli ba’zan -ti tarzida talaffuz qilinsa-da, asliga muvofiq yoziladi: ketdi, o‘qibdi.

Hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikasining asosini zamonaviy leksika tashkil etadi. Bu leksika umumiste’mol so‘z, qo‘llanilishi chegaralanmagan so‘z, faol so‘z, zamondosh so‘z kabi atama bilan ham yuritiladi

 

1. achasini uch qo‘rg‘ondan ko‘rsatdi: do‘q qildi, qo‘rqitdi, adabini berdi

2. afsona bo‘lmoq: el-xalqqa gap-so‘z bo‘lmoq, elga doston bo‘lmoq

3. andarmon bo‘lmoq: biror mashg‘ulot, ish va sh.k ga berilmoq, qiziqib ketmoq

4. anqoning urug‘i: topilishi qiyin, kamyob narsa

5. armon qilmoq: amalga oshmagan orzu-niyatdan afsuslanmoq

6. bag‘ri qon: g‘am -alamli, g‘am-alamda

7. begona qilmoq: 1.o‘zidan uzoqlashtirmoq, yot kishilar qatoriga o‘tkazmoq; 2.ko‘chma chetga ketkizmoq. birovning qo‘liga, ixtiyoriga o‘tkazib yubormoq

8. bezori jon qildi: ortiq toqat qilolmasligi tufayli o‘limiga ham rozi qildi

9. bilarmonlik qilmoq: o‘zini bilimdon fahmlab ish tutmoq, bilar-bilmas ish| qilmoq, gapga aralashib ketmoq

10. bir jon-bir tan bo‘ldi: hamjihat bo‘ldi, yakdil bo‘ldi

11. bir kesak bilan ikki quyonni urdi: ayni bir vaqtda ikki narsani ko‘zlab ish tutdi

12. bo‘yniga arqon solmoq: bajbur qilmoq

13. boshi oqqan tomon: duch kelgan taraf

14. boshi osmonda: nihoyatda xursand

15. burni osmonga ko‘tarilgan: gerdaygan, kibrlangan

16. daqyonusdan qolgan: juda eski, qadimgi

17. darxon etmoq: muayyan ish, mansab yoki jismoniy mehnatdan ozod qilmoq; bo‘shatmoq

18. darxon qilmoq: muayyan ish, mansab yoki jismoniy mehnatdan ozod qilmoq; bo‘shatmoq

19. do‘ppisini osmonga otdi: juda xursand bo‘ldi

20. don olishdi: yaqin aloqada bo‘ldi

21. dong qotdi: kutilmagan hodisaga duch kelib, karaxt bo‘lib qoldi, hech narsani sezmaslik darajasida qattiq uxladi

22. dong‘i dog‘istonga ketdi: ma’lum-mashhur bo‘ldi

23. dong‘i ketdi: ma’lum-mashhur bo‘ldi

24. dunyoni suv bossa, to‘pig‘iga chiqmaydi: o‘taketgan beg‘am, haddan tashqari beparvo

25. e’tibor qozonmoq: obro‘-hurmatga ega bo‘lmoq, yaxshi nom chiqarmoq.

26. fig‘oni falakka chiqdi: ruhan ortiq darajada bo‘g‘ilib, oh–voh qildi

27. gumon qilmoq: 1.shubha qilmoq, shubhalanmoq 2.taxmin qilmoq, ..deb o‘ylamoq

28. hayron qoldi: ajablandi

29. ilon po‘st tashlaydi: chiday olmaydi, toqat qilib tura olmaydi

30. ilon po‘st tashlaydigan: chiday olmaydigan, toqat qilib tura olmaydigan

31. ilon yog‘ini yalagan: juda ayyor, mug‘ambir, quv

32. ilon yog‘ini yegan: juda ayyor, mug‘ambir, quv

33. imoni komil: mutlaqo ishonadi

34. ishonchi komil: mutlaqo ishonadi

35. ishongan bog‘i, suyangan tog‘i: 1)suyanchig‘i, g‘amxo‘ri 2)orqa qiladigani, e’tiqod-ishonch bilan qaraydigani

36. jahondan ketdi: qazo qildi, o‘ldi

37. jahondan o‘tdi: yashab o‘tdi

38. jahonga keldi: tug‘ildi

39. jon berdi: o‘ldi

40. jon berib, jon oldi: taslim bo‘lmadi, o‘zini yengilgan deb hisoblamadi

41. jon berildi: barhayot qilindi

42. jon bermaslik: taslim bo‘lmaslik, o‘zini yengilgan deb hisoblamaslik

43. jon bor: asosga ega, zamirida haqiqat bor, bejiz emas

44. jon chekmoq: astoydil, jonini jabborga berib ishlamoq, harakat qilmoq.

45. jon deb: mamnuniyat bilan

46. jon dedi: xursand bo‘ldi

47. jon holatda: qo‘rqqani holda va shiddat bilan

48. jon- joniga tegdi: o‘ta darajada bezor qildi

49. jon kirdi: 1)tetiklashdi, jonlandi 2)hayotga qaytdi, tirildi

50. jon kirdi: yayradi, rohatlandi

51. jon koshki edi: xursand bo‘lar edim-a!

52. jon olib, jon berdi: o‘z jonini ham ayamasdan og‘ir va mashaqqatli kurash olib bordi

53. jon oluvchi: 1)o‘ldiruvchi 2)ruhan juda qattiq ezib yuboruvchi

54. jon taslim qilmoq: jon bermoq. joni uzilmoq; o‘lmoq.

55. jon teriga tushmoq: 1.qattiq tirishmoq, bor kuchini sarflamoq. Jon teriga tushib ishlamoq; 2.qattiq azoblanmoq, azobning, og‘riqning zo‘rligidan majolsizlanmoq, holdan toymoq.

56. jon tikdi: butun kuch va imkoniyati, hatto hayotini bag‘ishladi

57. joni achiydi: 1)ayab kuyindi 2)achinib kuyindi

58. joni bo‘g‘ziga keldi: 1) o‘lar holatga yetdi 2) chidami tugab, yashashdan ham bezor bo‘lib ketdi

59. joni bor: hali tirik

60. joni chiqdi I: o‘ldi, so‘nggi marta nafas chiqardi

61. joni chiqdi II: nihoyatda qattiq g‘azablandi, darg‘azab bo‘ldi

62. joni chiqdi III: nihoyatda qattiq qo‘rqdi

63. joni halqumiga keldi: 1) o‘lar holatga yetdi 2) chidami tugab, yashashdan ham bezor bo‘lib ketdi 3) nihoyatda qattiq qo‘rqdi

64. joni hilqildog‘ga keldi: 1) o‘lar holatga yetdi 2) chidami tugab, yashashdan ham bezor bo‘lib ketdi 3) nihoyatda qattiq qo‘rqdi

65. joni holiga qo‘ymaslik: 1)tinchlik bermaslik 2)xohishiga zid holda majbur qilish

66. joni kuydi: ruhan kuchli bezovtalangani holda g‘amxo‘r bo‘ldi

67. joni tomog‘iga keldi: 1) o‘lar holatga yetdi 2) chidami tugab, yashashdan ham bezor bo‘lib ketdi

68. joni uzildi: o‘ldi, so‘nggi marta nafas chiqardi

69. jonidan bezor bo‘ldi: ortiq toqat qilolmasligi tufayli o‘limiga ham rozi bo‘ldi

70. jonidan to‘ydi: 1)yashashni istamadi 2)ortiq toqat qilolmasligi tufayli o‘limiga ham rozi bo‘ldi

71. jonidan umidini uzdi: o‘lishga iqror bo‘ldi

72. joniga aro kirdi: 1)bir o‘limdan qutqarib qoldi 2)og‘ir ahvoldan qutqardi

73. joniga oro kirdi: 1)bir o‘limdan qutqarib qoldi 2)og‘ir ahvoldan qutqardi

74. joniga tegdi: 1)bezor qildi 2)bezor bo‘lib zerikdi

75. jonim tasadduq: Jonim sadaqa, qurbon bo‘lay, jonim fido bo‘lsin.

76. jonini berdi: har qanday og‘ir shartni, talabni bajarishga tayyor bo‘ldi

77. jonini chiqardi: nihoyatda qattiq g‘azablandi, darg‘azab bo‘ldi

78. jonini fido qildi: o‘zini qurbon qilishga ham tayyor bo‘ldi

79. jonini ham ayamadi: 1) biror maqsad yo‘lida o‘lishga ham tayyor bo‘ldi 2) bisotida bor hamma narsasini berishga tayyor bo‘ldi

80. jonini hovuchlab: biror falokatning voqe bo‘lishidan benihoya qo‘rqqan holda

81. jonini jabborga berdi: bor kuchini safarbar qildi

82. jonini kaftiga olib: biror falokatning voqe bo‘lishidan benihoya qo‘rqqan holda

83. jonini kuydirib: mashaqqatni o‘z oldiga olgan holda, tirishib

84. jonini oldi: 1)o‘ldirdi 2)ruhan juda qattiq ezib yubordi 3) jismonan juda qattiq ezib yubordi

85. jonini tikdi: butun kuch va imkoniyati, hatto hayotini bag‘ishladi

86. jonining boricha: kuch -quvvati yetganicha, tirishib

87. jon-jonidan o‘tib ketdi: 1)jismonan va alamli ta’sir qildi, qaqshatdi

88. jon-jonidan o‘tib ketdi: 1) jismiga chuqur ta’sir qildi 2) ruhiga chuqur ta’sir qildi

89. jon-poni chiqib ketdi: nihoyatda qattiq qo‘rqdi

90. jon-u holiga qo‘ymaydi: tinchlik bermaydi

91. kindik qoni to‘kilgan: tug‘ilgan

92. ko‘ksini qalqon qilmoq: jonini ham ayamay qo‘riqlamoq, ko‘ksini tutib himoya qilmoq, daf etmoq.

93. ko‘zi xonasidan chiqay dedi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

94. ko‘zlaridan qon tommoq: O‘ta g‘azabli holatni qayd etadi.

95. komil ishonch bilan: mutlaqo amin bo‘lgan holda

96. makon tutmoq: Biron hudud yoki joyni yashash joyi (vatan) qilib olmoq

97. maydonga kelmoq: yuzaga kelmoq, paydo bo‘lmoq, tug‘ilmoq

98. nonini tuya qildi: aldab-suldab haqini o‘zlashtirdi

99. non-namak bo‘lmoq: kim kim bilan suhbatda bo‘lmoq, birgalikda ovqatlanmoq; biror o‘tirishda, mehmonda birga bo‘lmoq.

100. non-qatiq bo‘lmoq: kim kim bilan ayn. osh-qatiq bo‘lmoq q. osh-qatiq.

101. ochlik e’lon qilmoq: kim siyosiy, iqtisodiy ijtimoiy norozilik belgisi sifatida ovqat yeyishdan bosh tortmoq.

102. og‘zidan ona suti ketmagan: hali yosh, tajribasiz

103. og‘ziga tolqon soldi: mutlaqo gapirmadi

104. olam guliston: hamma narsa ko‘ngildagidek, hech qanday e’tirozga o‘rin yo‘q

105. omonatini topshirmoq: jon taslim qilmoq, olamdan o‘tmoq; o‘lmoq.

106. ona suti og‘zida: hali yosh, tajribasiz

107. ona suti og‘zidan keldi: haddan tashqari qiynalib ketdi

108. ona suti og‘zidan ketmagan: hali yosh, tajribasiz

109. ona suti og‘ziga keldi: haddan tashqari qiynalib ketdi

110. onasini ko‘rsatdi: do‘q qildi, qo‘rqitdi, adabini berdi

111. onasini uch qo‘rg‘ondan ko‘rsatdi: do‘q qildi, qo‘rqitdi, adabini berdi

112. osmon bilan yercha: juda katta, beqiyos

113. osmonga ko‘tardi: ortiq darajada maqtadi

114. osmonga ko‘tarib: ortiq darajada, benihoya

115. osmonga uchsa, oyog‘idan, yerga kirsa, qulog‘idan tortadi: qutulib ketishiga qo‘ymaydi

116. osmon-u yercha: juda katta, beqiyos

117. ostonasiga bosh qo‘ydi: xokisor bo‘ldi, xokisorlik qildi

118. ota go‘ri-qozixonami?: janjallashib, xafalashib o‘tirishga arzimaydi

119. peshona teri: halol mehnat

120. peshona teri tukildi: mashaqqat bilan jismoniy mehnat qildi

121. peshonasi taq etib devorga tegmoq: o‘z bilganidan qolmay, oxiri ishi voy bo‘lmoq.

122. pichingida ham jon bor: pichingida ham jon bor

123. po‘stiga somon tiqdi: juda qattiq jazoladi

124. puch yong‘oq bilan qo‘ynini to‘ldirdi: yolg‘on va’dalar bilan aldadi

125. qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirdi: yolg‘on va’dalar bilan aldadi

126. qon yig‘lamoq: qattiq, ezilib-kuyib yig‘lamoq, qattiq azobli holatda yig‘lamoq.

127. qon yutdi: ich-ichidan kuchli darajada ruhan azoblandi

128. qoni qaynadi: achchiqlandi, qizishdi

129. sakkiz yoshdan sakson yoshgacha: katta-kichik, hamma

130. sichqonning ini ming tanga bo‘ldi: qochib qutulgani joy topilmay qoldi

131. tegirmon boshi: Tegirmon joylashgan joy

132. tegirmon navbati bilan: Har qanday ishning o‘z muddati, bunda har kimning navbat bilan keladigan tartib o‘rni bor

133. tegirmon qilmoq: Donni tegirmonda un qilmoq

134. tegirmonga tushsa, butun chiqadi: har qanday qiyin sharoitdan ham qutulish yo‘lini topa oldi

135. tegirmoniga suv quymoq: Kimsaning biror ish-faoliyatiga (odatda, salbiy deb qaraluvchi ishiga) ko‘maklashmoq, unga kuch bermoq

136. terisiga somon tiqdi: juda qattiq jazoladi

137. tirik jon: Yashab turgan inson haqida, unga nisbatan qo‘llanadi

138. to‘zon qilmoq: Vayron-tolqon qilmoq, chang-to‘zonga aylantirmoq

139. tog‘ni talqon qiladigan: zabardast, pahlavon

140. tog‘ni talqon qildi: har qanday katta va og‘ir ishni ham bajardi

141. tog‘ni ursa– talqon qiladigan: zabardast, pahlavon

142. tomonini oldi: bahslashuvda tomonlardan birini himoya qildi

143. tunni tongga ulamoq yoki tong ottirmoq: Kechalari yulduz to‘la osmonga tikilib, tunni tongga ulab, qushlar nag‘masidan, suvlar shildirashidan ko‘ngilga allaqanday yupanch izlardi.

144. ustuxon bo‘lmoq: Nihoyatda ozib ketmoq, qoqsuyak bo‘lib qolmoq

145. xafaqon bo‘lmoq: Diqqat bo‘lmoq, siqilmoq; xunob bo‘lmoq

146. yakson qilmoq: butunlay yemirildi, yo‘q bo‘ldi

147. yara ustiga chipqon: Dard ustiga dard, qayg‘u-alam ustiga yana og‘irrog‘i.

148. yer bilan osmoncha: juda katta, beqiyos

149. yer bilan yakson bo‘ldi: butunlay yemirildi, yo‘q bo‘ldi

150. yer tagida ilon qimirlasa biladi: nihoyatda ziyrak, sezgir

151. yerga kirsa, qulog‘dan tortib chiqaradi, osmonga chiqsa, oyog‘idan tortib tushiradi: qutulib ketishiga qo‘ymaydi

152. yeru ko‘kka ishonmaydi: o‘ta darajada ardoqlaydi, parvona bo‘ladi

153. yolg‘on tong: ayn. subhi kozib q. subh.

154. yomon ko‘rmoq: 1) sevmaydi, izzat-hurmat qilmaydi 2) yoqtirmaydi

155. yomondan yorti qoshiqmoq: Oxirigacha yeb-ichib qo‘ymay, ozgina qoldirilgan holatga nisbatan aytiladigan ibora.

156. yomonning kuchi yapaloqqa yetar: O‘zidan kichik yoki kuchsizga ozor beruvchi kishiga nisbatan aytiladigan ibora

157. yon bermoq: ustun bo‘lishiga yo‘l qo‘ydi

158. yon bosmoq: yoqladi

159. yonini olmoq: bahslashuvda tomonlardan birini himoya qildi

160. yulduzni benarvon uradigan: har qanday ishni abjirlik bilan bajaradigan

161. yuragi qon: g‘am-alamli, g‘am-alamda

162. yuragi qon bo‘lmoq: 1)ziq bo‘ldi 2)ruhan azoblandi

163. yurak-bag‘ri qon bo‘lmoq: 1)ziq bo‘ldi 2)ruhan azoblandi

164. yuzidan qon tommoq: Sog‘lom, yuzlari qip-qizil kishilarga nisbatan aytiladigan ibora.

165. ziyon ko‘rmoq: zarar qildi

166. ziyon yetkazmoq: achchiqlanishdan to‘xtadi

1. Abjir – epchil – chaqqon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

2. Achchiq – taxir – nordon – chuchuk – shirin
Ma’nosiga ko‘ra
(maza-ta’mning me’yoridan ortiq-kamligiga ko‘ra)

3. Adadsiz – son-sanoqsiz – hisobsiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

4. Afg‘on – fig‘on – faryod – nola
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisinig ortiq-kamligiga ko‘ra)

5. Ajablanmoq – hayron bo‘lmoq – hayratlanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(emotsional bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

6. Aniq – ochiq – yaqqol – ravshan – yorqin – oydin – ayon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kitobiylik belgisining kam-ko‘pligiga ko‘ra)

7. Aqlli – dono – donishmand – mutafakkir
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda bo‘yog‘ining oshib borishiga ko‘ra)

8. Aqlsiz – beaql – bexirad – nodon – johil
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

9. Axmoq – tentak – go‘sxur – devona
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiqligiga ko‘ra)

10. Ayor – mug‘ombir – hiylagar – quv – ustamon – makkor – dog‘ush – mo‘ltoni – hilviri
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

11. Ayriliq – judolik – hijron – hajr – firoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

12. Aytishmoq – koyishmoq – janjallashmoq – yoqalashmoq – do‘pposlashmoq – yoqa vayron bo‘lishmoq – qoniga belanishmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda bo‘yog‘ining kuchiga ko‘ra)

13. Badbashara – xunuk – chiroyli – ko‘rkam – suluv –lobar –xushro‘y -go‘zal – ofatijon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiy- ijobiylik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

14. Bekorchi – bo‘lmag‘ur – yolg‘on
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

15. Birdan-bir – yagona – yakkayu-yagona – yolg‘iz – tanho
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalash darajasiga ko‘ra)

16. Bola – o‘spirin – yigit – o‘rta yosh – keksa – nuroniy – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(ijtimoiy holatiga ko‘ra)

17. Boshqa – o‘zga – yot – begona – raqib
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli ifodalashiga ko‘ra )

18. Boyaqish – bechora – sho‘rlik – notavon – ojiz – aftoda
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(achinish belgisining kuchliligiga ko‘ra )

19. Buyruq – amr – farmon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgining keng va kuchli ifodalanishiga ko‘ra)

20. Chang – to‘zon – dovul – to‘fon
Ma’nosiga ko‘ra
(shiddat kuchining tez-sekinligiga ko‘ra)

21. Chegara – chek – had – poyon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

22. Chopqir – chopag‘on – yuguruk – uchqur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

23. Do‘ng – qir – adir – tepa – dovon -tog‘ – cho‘qqi
Ma’nosiga ko‘ra
(pastga nisbatan yuqorida joylashuviga ko‘ra)

24. Doimo – ba’zan – hech qachon
Ma’nosiga ko‘ra
(mavjud va mavjud emasligiga ko‘ra)

25. Don – bug‘doy – boshoq – xirmon
Ma’nosiga ko‘ra
(miqdor-ko‘lamining ortib borishiga ko‘ra)

26. Eh – esiz – afsus – attang– pushaymon – nadomat – taassuf
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

27. Ehson – tortiq – sovg‘a – mukofot
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

28. Epkin – nasim -yel – sabo – shabada – shamol – bo‘ron – to‘fon
Ma’nosiga ko‘ra
(oqim tezligining kuchiga ko‘ra)

29. Epkin – nasim yel – sabo – shabada – shamol – bo‘ron – to‘fon
Ma’nosiga ko‘ra
(oqim tezligiga ko‘ra)

30. Fonema – morfema – so‘z – qolip
Ma’nosiga ko‘ra
(tarkibining katta-kichikligiga ko‘ra)

31. Foyda – naf – manfaat – sud – hayon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

32. Gapdon – so‘zamol – notiq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilishining faol-nafaolligiga ko‘ra)

33. Gulzor – gulshan – guliston – gulbog‘ – bo‘ston – chaman – chamanzor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(uslubiy xoslanganlik darajasiga ko‘ra)

34. Hamal – Savr – Javzo – Saraton – Asad – Sunbula – Mezon – Aqrab – Qavs – Ja’di – Dalv – Hut
Ma’nosiga ko‘ra
(burjlar ketma-ketligiga ko‘ra)

35. Hujra – kulba – uy – hovli – qasr – koshona – saroy
Ma’nosiga ko‘ra
(hashamlik belgisining ortishiga ko‘ra)

36. Ilonning yog‘ini yalagan – shaytonga dars bergan.
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlikning kuchli ifodalashiga ko‘ra)

37. Inoq -ahil – qadrdon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

38. Insofli – vijdonli – adolatli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

39. Janjal – to‘polon – g‘alva – mojaro – mashmasha
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

40. Jinni – telba – devona
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalash darajasiga ko‘ra)

41. Jonlanish – rivojlanish – uyg‘onish
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini keng ifodalashiga ko‘ra)

42. Kapa – chayla – kulba – hujra – xona – uy- hovli – qasr – saroy – koshona – kushk
Ma’nosiga ko‘ra
(hashamlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

43. Kekkaygan – gerdaygan – kerilgan – dimog‘dor – kalondimog‘ – kerik – manman – takabbur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchli bo‘lishiga ko‘ra)

44. Ko‘zi ilinmoq – mudramoq – mizg‘imoq – uxlamoq – dong qotmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(jismoniy holatning bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

45. Kuchsiz – kamquvvat – zaif – nimjon – ojiz notavon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

46. Lahza – on – soniya – daqiqa – soat – kun – sutka – hafta – oy – yil -asr – era.
Ma’nosiga ko‘ra
(vaqt miqdorining ortib borishiga ko‘ra)

47. Milligramm – gramm – kilogramm – tsentner – tonna
Ma’nosiga ko‘ra
(og‘irlik miqdorining darajasiga ko‘ra)

48. Nazr – ehson – qurbonlik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

49. Nodon – esli – dono
Ma’nosiga ko‘ra
(onglilik darajasining ortiq-kamligiga ko‘ra)

50. Nola – nolish – oh – fig‘on – faryod – zor – dod – afg‘on
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining oshib borishiga ko‘ra)

51. Nola qilmoq – oh urmoq – faryod solmoq – afg‘on aylamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oshib borishiga ko‘ra)

52. O‘tgan zamon – hozirgi zamon – kelasi zamon
Ma’nosiga ko‘ra
(paytga nisbatan oldin-keyinligiga ko‘ra)

53. O‘tirmoq – yonboshlamoq – cho‘zilmoq – uzala tushmoq – yotmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(holat darajasiga ko‘ra)

54. Olifta – fason – bashang – satang
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining ortib borishiga ko‘ra)

55. Oriq – qiltiriq – dirdov – ramaqijon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

56. Osmon – ko‘k – samo – falak – gardun
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgisining bo‘yoqli-bo‘yoqsizligiga ko‘ra)

57. Ovora – sarson – sargardon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

58. Qirot – misqol – qadoq – chorak – pud – botmon
Ma’nosiga ko‘ra
(og‘irlik miqdorining oshishiga ko‘ra)

59. Qizaloq – qiz – kelin – ayol – juvon – kampir
Ma’nosiga ko‘ra
(yoshining katta-kichikligiga ko‘ra)

60. Qoniqarsiz – o‘rta – yaxshi – a’lo
Ma’nosiga ko‘ra
(baho belgisiga ko‘ra)

61. Qorong‘ilik – zulmat – zimiston – zimziyo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

62. Quvnoq – shodon – xushchaqchaq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

63. Ravshanlanmoq – oydinlashmoq – ayon bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra ko‘ra)

64. Sabil (savil) – ordona – zormanda – baytalmon – egasiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

65. Sahar – tong – choshgoh – tush – kun oqish – kun botishi – kech – shom – tun
Ma’nosiga ko‘ra
(sutka qismlarining ketma-ketligiga ko‘ra)

66. Shafqat – rahm – omon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

67. Shovqin – shovqin-suron – suron – shov-shuv – g‘ovur – g‘avg‘o – g‘ala-g‘ovir – qiy-chuv – dod-voy – ayyu-hannos
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

68. Sonor – jarangli – jarangsiz
Ma’nosiga ko‘ra
(ovoz ishtirokining kam-ko‘pligiga ko‘ra)

69. Sotqin – xoin – xiyonatkor – g‘addor – murtad
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

70. Sovg‘a – hadya – tortiq – tuhfa – armug‘on – in’om
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

71. To‘pponcha – avtomat – pulemyot – pushka
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lamining katta-kichikligiga ko‘ra)

72. Tortishuv – janjal – g‘alayon – qo‘zg‘olon – urush
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini tor-keng ifodalashiga ko‘ra)

73. Tovon – to‘piq – boldir – tizza – son
Ma’nosiga ko‘ra
(oyoq qismlarining quyi-yuqoriligiga ko‘ra)

74. Unli – sonor – undosh
Ma’nosiga ko‘ra
(ovoz miqdorining ko‘p yoki kamligiga ko‘ra)

75. Va’da – ahd – ahd-paymon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

76. Vaqt – payt – fursat – palla – la hza – on
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

77. Vijdonsiz – noinsof – yaramas – muttaham
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

78. Xursandlik – sevinch – quvonch – shodlik – surur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

79. Yig‘ilish – majlis – qurultoy – konferentsiya
Ma’nosiga ko‘ra
(miqyos kengligiga ko‘ra)

80. Yomon – badbo‘y – sassiq – qulansa
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yoqining ortib borishiga ko‘ra)

81. YOmon – nochor – xarob
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

82. Yomon – qoniqarli – yaxshi – a’lo
Ma’nosiga ko‘ra
(baho darajasiga ko‘ra)

83. Yorug‘ – nurli – charog‘on – yorqin – munavvar – porloq – ravshan – nurafshon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(oydinlik belgisining kuchiga ko‘ra)

84. Yorug‘- nurli – charog‘on – yorqin – munavvar – porloq – ravshan – nurafshon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

85. Zarar – ziyon – talofat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

86. Zehnli – zukko – zakiy – dono
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha doirasini tor-keng ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.