Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {dam}
So‘z bo‘g‘inlari: dam
Izoh(lar)i:
dam [dam ]

1. Nafas, tin. Baxtingiz bor ekanki, menday ko‘li yengil, dami o‘tkir romchiga yo‘liqdingiz. K. Yashin, Hamza

2. Ishdan bo‘sh vaqt; orom, hordiq. Ertaga yakshanba, dam olish kuni. O‘zbekiston bahorining gurkiragan payti. Gazetadan

3. Biror narsa ichiga yig‘ilgan, to‘plangan havo, gaz. Ahmad, dami chiqqan pufakdek, bo‘shashib o‘tirib qoldi. Mirmuhsin,Me’mor

4. Oshqozon yoki ichakda ovqatdan paydo bo‘lgan yel, gaz. Xom o‘rik qorinni dam qilar, G‘o‘r masala — boshga kalava. Maqol

5. Taft, issiq, harorat. Ammo o‘ziyam damiga osh pishadigan otaxonlardan. O. Yoqubov, Pyesalar.

6. Kuch, zo‘rlik; shiddat. Azimjon o‘z rotasidagi jangchilar bilan dushmanning damini kesdi. N. Safarov, Olovli izlar

7. Kibr-havo; hovur. Damidan tushmoq (qaytmoq). Hali xomsan, pisharsan, bu damingdan tusharsan. Maqol

8. Bug‘, hovur, par

9. On, lahza; kez, payt. Baxtli damlar. Bir dam jim qolmoq. Shu damgacha. Shu damda. Chilla, har dami tilla. Maqol

10. Ba’zan, goh, goho. Yo‘lchi ertadan kechgacha dam u ekinda, dam bu ekinda Qambar bilan birga ishlaydi. Oybek, Tanlangan asarlar

11. Temirchilarning ko‘ra yoki o‘choqdagi ko‘mirni yondirish uchun havo yuboradigan, charmdan ishlangan asbob. Farhod Temirchidan bir ko‘ra, bir dam so‘rab oldi. Farqod va Shirin

12. Dam orqali o‘choqqa, ko‘raga havo yubormoq. O‘choqning orqasidagi uyda ikki kishi zo‘r berib, to‘xtovsiz o‘choqqa dam beradi. Oydin,Hazil emish

13. Chet, qirg‘oq. Ibrohimov oyog‘ini yozgani o‘rnidan turdi va ayvonning damiga borib uzoqdagi kaptarrang tog‘larga qaradi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

14. Asbobning kesadigan, o‘tkir tomoni, tig‘i; tig‘. Rahimberdi katta ketmonning damini egovlab, xirgoyi qilib o‘tirardi. X. To‘xtaboyev, Shonli avlod

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: nafas [a], vaqt [a]

1. dam I Bog‘lovchi
ayiruv bog‘lovchisi

2. dam II Ot
havo; tovush, nutq; tinim; kasallikni haydovchi nafas (“kuf-suf”); nafas

3. dam III Ot
temirchilik termini. Uchoqdagi olovga havo puflab beruvchi asbob

4. dam IV Ot
on, payt, vaqt, kez

5. dam V Ot
tig‘ (pichoqning tig‘i), o‘tkir joy; o‘tkirlik

6. dam VI Sifat
havo yig‘ilib, yurishmay qolgan; sernam va issiq (kesim bo‘lib keladi)

Paronimi: mavjud emas.

Yordamchi so‘zlarmustaqil atash ma’nosiga ega bo‘lmaydigan, so‘roq qabul qilmaydigan, mustaqil gap bo‘lagi bo‘lib kela olmaydigan, so‘z yasalishi va shakl yasalishi uchun asos bo‘la olmaydigan so‘zlar. Bunday so‘zlar turli grammatik ma’no va munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi. U mustaqil so‘zda va gapda grammatik ma’no ifodalashning alohida turini tashkil etadi. Yordamchi so‘zlarga ko‘makchi, bog‘lovchi va yuklama kiritiladi.

Ko‘makchi mustaqil so‘z bilan birga kelib, oldin turgan so‘zni keyingi so‘z bilan sintaktik aloqaga kiritadi. Bu bilan kelishikka o‘xshaydi. Biz kelajakka ishonch bilan qaraymiz gapida ko‘makchi yordamida «holat» grammatik ma’nosi yuzaga chiqib, ishonchso‘zi qaraymiz so‘ziga bog‘lanadi. Telefon orqali gaplashdimgapidako‘makchining«vosita» ma’nosi yuzaga chiqib, telefonso‘zini gaplashdim so‘ziga bog‘lagan. Do‘stlik biz uchun hamisha ilhom va kuch-quvvat manbai bo‘lib kelgan gapida yordamchi so‘zlar«atalganlik» ma’nosini ifodalab, biz so‘zini bo‘lib kelgan so‘ziga bog‘lagan. Ko‘rinadiki, grammatik ma’no va vazifa birgalikda yashaydi.

Bog‘lovchi uyushiq bo‘laklarni, qo‘shma gapning tarkibiy qismlarini bog‘lash, ular orasida har xil tenglashtirish, zidlash, ayirish kabi grammatik ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladi: olma va anor, o‘qidi, lekin yozmadikabi. Ba’zan gap boshida ham keladi: Sitora aytdi. Lekin Munira tushunmadi.

Yuklama ayrim so‘z yoki gapga qo‘shimcha ma’no yuklash uchun qo‘llanadi.

Yuklamaning morfologik ma’no ifodalash imkoniyati uning sintaktik imkoniyatidan kengroq. Chunki ular mustaqil so‘z va gapga qo‘shimcha ma’no yuklashi bilan ahamiyatli.

Mustaqil so‘z ham o‘rni bilan yordamchi so‘zdek grammatik ma’no ifodalaydi: juda, eng, bag‘oyat, nihoyatda, o‘ta, sal, birmuncha kabi ravish daraja ma’nosini ifodalaydi; olmoq, bermoq, qolmoq, o‘tirmoq, chiqmoq, ketmoq, boshlamoq, bo‘lmoq kabi 40 dan ortiq ko‘makchi fe’l harakat ma’nosini nutqqa moslaydi, lug‘aviy ma’noga grammatik ma’no qo‘shadi: o‘qib chiqdi, yoza boshladi, qo‘rqib ketdikabi.

          Yordamchi so‘z turkumi tahlili. Yordamchi so‘z turkumi tahlili uchta yordamchi so‘zlarning turi, xususiyatlarini aniqlash. Tartibi: 1. Yordamchi so‘zlarning qaysi guruhiga kirishi. 2. Vazifasiga ko‘ra turi. 3. Qo‘llanilishiga ko‘ra turi. 4. Tuzilishiga ko‘ra turi.

Namuna: Gulnor ikki haftadan buyon dadasi va onasi bilan birga har kun bog‘da ishlaydi. (Oyb.) Men-ku chidayapman. Faqat opasiga qiyin… (S.Ahm.)

Buyon – ko‘makchi, sof ko‘makchi; chiqish kelishigidagi so‘zni boshqarib kelgan; so‘z shaklidagi ko‘makchi.

Va – bog‘lovchi, teng bog‘lovchi; yakka qo‘llanadi; so‘z shaklidagi bog‘lovchi.

Ku – yuklama, ta’kid yuklamasi; qo‘shimcha yuklama.

1. adam aylamoq: Yo‘qotmoq, yo‘q qilmoq

2. beti chidamadi: andisha qildi, nomus qildi

3. dam berdi: 1) havo oqimini kuch bilan haydab kiritdi 2) tinishga ruxsat etdi

4. dam berildi: istirohat qilishga imkon berildi

5. dam oldi: istirohat qildi, hordiq oldi

6. dami chiqmadi: hech narsa demadi, indamadi

7. dami ichida: oshkor bo‘lishidan qo‘rqib gapirmaydi, imkonsizlikdan biror narsa deya olmaydi

8. dami ichida qoldi: bir so‘z ham ayta olmay qoldi

9. dami ichiga tushib ketdi: qo‘rquv aralash hech narsa deyolmay lol bo‘lib qoldi

10. damini bosdi: ta’sir kuchini qaytardi, yo‘qotdi

11. damini ichiga yutdi: hech qanday tovush chiqarmaydi

12. damini kesdi I: gapirtirmadi

13. damini kesdi II: ta’sir kuchini qaytardi, yo‘qotdi

14. odam qo‘ydi: 1)o‘zi bilan o‘zga tomon orasida birov vositachiligidan foydalandi 2) biror kishi yordamida kimnidir ta’qib etdi

15. qadami qirqmoq: qadam bosmaydigan, kelmaydigan bo‘ldi.

16. yuzi chidamaslik: andisha qildi, nomus qildi

1. Aldamchi – firibgar – qallob
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli ifodalanishiga ko‘ra)

2. Bug‘im – barmoq – qarich – qadam – gaz
Ma’nosiga ko‘ra
(o‘lchov hajmining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

3. Haydamoq – quvmoq – sazoyi qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

4. Indamas – pismiq – ming‘aymas – damdo‘z
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik buyog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

5. O‘rtoq – do‘st – og‘ayni – oshna – jo‘ra – ulfat – birodar – hamdam – tomir
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

6. Tezlashmoq – jadallashmoq – ildamlashmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.