Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘rkam}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘r-kam
Izoh(lar)i:
ko‘rkam sf

1. Ko‘rinishi yoqimli, chiroyli, go‘zal. Ko‘rkam yigit. Qaddi-qomati ko‘rkam. Toshkent — respublikamizning obod va ko‘rkam shaharlaridan biri. ▬ Onasi hali yosh, orqasi bilan bitta soch, ko‘rkam juvon edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Shaharning shimolidagi ko‘rkam chorbog‘ baland devor bilan o‘ralgan. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: chiroyli
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Badbashara – xunuk – chiroyli – ko‘rkam – suluv –lobar –xushro‘y -go‘zal – ofatijon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiy- ijobiylik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

2. Chiroyli – go‘zal – husnli – xushro‘y – ko‘rkam – barno – suluv – zebo – sohibjamol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.