1. kam qo‘ll. Ko‘rinishi yoqimli; chiroyli, xushro‘y (asosan odamga nisbatan qo‘llanadi).
-Bizning Marg‘ilonda bir qiz bor, — dedi [Rahmat], — shundoq ko‘hlikki, bu o‘rtada uning o‘xshashi bo‘lmas, deb o‘ylayman!
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Dilbar zveno qizlari orasida ham eng ko‘hligi edi.
S. Ahmad, Ufq
Eshik ochilib, bir yoshlar chamasidagi shiringina bolani ko‘tarib olgan ko‘hlikkina juvon kirib keldi.
T. Malik, Iblis devori