1. 1. Ehtiyoj his-sezgisi; xohish, mayl.
Bunga istagi yo‘q. Istagi bor. Istak bildirmoq. O‘z istagi bilan ish qilmoq. Istagiga qarshi chiqmoq.
▬
Insonning erkiga to‘sqinlik qilish ham, uning istak va intilishini poymol qilish ham vahshiylik.
P. Tursun, O‘qituvchi
Lekin ko‘nglida esa, koshki shunday bo‘la qolsa, degan istak hukmronlik qilar edi.
S. Zunnunova, Gulxan
2. 2. O‘zgaga qaratilgan, kimsaga nisbatan bo‘lgan yaxshi niyat; tilak.
Istak shuki, yosh avlod bo‘lsin Kelgusining husni va naqshi.
E. Rahim
cho‘ponni tabriklashdi, yaxshi istaklar bildirishdi.
Gazetadan
3. Tok poyalarini bog‘lash uchun ishlatiladigan novda (asosan, tol novda-si).
Bog‘ ochilganiga bir hafta bo‘ldi, bog‘bonning qo‘lida istak.
S. Ahmad, Kolxozda bahor
Uzoq o‘ylab o‘tirmay, tut, qayrag‘och va tol kabi daraxtlardan istak chilpidim Istaklarni belbog‘imga qistirib, ishkomga kirdim.
A. Qodiriy, Jinlar bazmi