Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘ngil}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘n-gil
Izoh(lar)i:
ko‘ngil ot

1. 1. Kishining his-tuyg‘u va kechinmalari manbai; yurak, qalb, dil. Ko‘nglida yaxshi niyatlari ko‘p. Ko‘nglim quvonchlarga to‘ldi. Baxt, iqbol, farovonlik orzulari ko‘ngilda to‘la, ammo bu damda bir parcha chapatiga zorlik qanday musibat. Oybek, Nur qidirib
[Zaynab:] — Ko‘nglimda tariqdek yomonlik bo‘lsa, ertagacha yetmayin. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Nigoraning ko‘nglini qandaydir g‘amgin his-tuyg‘ular egallab oldi. S. Anorboyev, Oqsoy
Aslida esa hozir uning ko‘nglida bir-biriga zid, asov tuyg‘ular junbishga kelib, jism-u jonini goh bezovta qilsa, goh halovatli kechinmalarga g‘arq etayotgan edi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

2. 2. Fe’l-atvor, xarakter, xulq. Jahldan tushgandan keyin yana yumshab qolasiz, rais, ko‘nglingiz bo‘sh. S. Ahmad, Qadrdon dalalar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: istak , yurak
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. g‘ash ko‘ngil: tashvishli, bezovta, notinch

2. ko‘ngil berdi: sevdi, oshiq (ma’shuq) bo‘ldi

3. ko‘ngil bog‘ladi: sevish hissiga erk berdi

4. ko‘ngil ochdi I: xursandchilik qildi

5. ko‘ngil qo‘ydi: sevdi

6. ochiq ko‘ngil: samimiy, g‘ayirlikni bilmaydigan

7. oq ko‘ngil: yaxshi niyatli, boshqalarga yomonlikni ravo ko‘rmaydigan

8. oq ko‘ngillik: to‘g‘rilik, yomonlikni bilmaslik

9. qattiq ko‘ngil: rahm-shafqati yo‘q

10. tosh ko‘ngil: rahm-shafqati yo‘q

11. tosh ko‘ngil: rahm-shafqati yo‘q

12. xira ko‘ngil: tashvishli, bezovta, notinch

13. yumshoq ko‘ngil: ko‘ngilchan, rahmdil

1. Noxush – ko‘ngilsiz – yoqimsiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgi ifodalash kuchining ortiq-kamligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.