Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xohish}
So‘z bo‘g‘inlari: xo-hish
Izoh(lar)i:
xohish ot

1. Biror narsani xohlash, istash, istak. Suvning oqishiga qara, Xalqning xohishiga qara! Maqol
— Musobaqada yutib chiqish uchun eng avval g‘alaba qilishga zo‘r xohish va ishonch kerak, — degan edi Norjon aka. F. Musajonov, Chiqindi
U [Jaynak mirzo] hol-ahvol so‘rab kelganlarni Hoji otaning xohishi bilangina ichkariga qo‘yardi. Yoshlik

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: istak
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.