Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ishtiyoq}
So‘z bo‘g‘inlari: ish-ti-yoq
Izoh(lar)i:
ishtiyoq ot

1. Zo‘r istak, xohish. Ishtiyoq bilan ishlamoq. Jurnalning nomi Maorif va o‘qituvchi edi. Adolatning ko‘nglida uni o‘qishga ishtiyoq tug‘ildi. S. Zunnunova, Gulxan
U [Umid] juda ishtiyoq bilan yozardi, fikrlar ham quyilib kelardi. Mirmuhsin, Umid
U [Qudrat] qadrdon do‘stlarini ko‘rish ishtiyoqi bilan yonar edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: istak
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.