1. Xohish, mayl; rag‘bat.
Birovning ra’yiga qaramoq. Ra’yiga yurmoq.
▬
Do‘stlarim, men sizga talpingan damda Qalbimda bo‘ladi yolg‘iz bir ra’yim: Xiyonat bo‘lmasa deyman hech kimda, Do‘stlarning imoni but bo‘lsa doim.
A. Oripov, Yillar armoni
Bozorova yangi emasmi, boshliqning ra’yiga qarab ish tutishga harakat qiladi.
N. Aminov, Qahqaha
Inshoollo, bul andishamiz kiromlarga ma’qul tushgan taqdirda, janobi tojdorning ham ra’ylarini olmoq ma’quldir.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar