1. Ko‘ngilga tugilgan, lekin(hali)yuzaga chiqmagan, amalga oshmagan orzu-niyat. Shoir yuragida elning dardi, raiyatning ertakka solib qo‘msagan tilaklari armonlari aks sado bermagaymi, Avaz? S. Siyoyev, Avaz
2. Ko‘ngilga tugilgan orzu-niyatning ro‘yobga chiqmasligidan afsus-nadomat. — E, bearmon odam bo‘larkanmi, Nazar aka, — deya taskin bergan bo‘ldim. — Aytishlaricha, xudoyam Odam Atoni to‘kisroq yaratolmaganidan armonda ekan. M. M. Do‘st, Lolazor
1. andarmon bo‘lmoq: biror mashg‘ulot, ish va sh.k ga berilmoq, qiziqib ketmoq
2. armon qilmoq: amalga oshmagan orzu-niyatdan afsuslanmoq
3. bilarmonlik qilmoq: o‘zini bilimdon fahmlab ish tutmoq, bilar-bilmas ish| qilmoq, gapga aralashib ketmoq
1. Buyruq – amr – farmon Bo‘yog‘iga ko‘ra ( belgining keng va kuchli ifodalanishiga ko‘ra)