1. 1. Qiziqish, zavq hissi; shunday his-tuyg‘uli munosabat. Endi u boyagi dilsiyohlikni unutgan, osmoni falakda charx urayotgan turnalarga ajib bir havas bilan boqardi S. Ahmad, Yulduz Gulchehra yosh juvonlarga xos bo‘lakcha havas bilan bezatilgan mehmonxonaga kirdi-da, divan chetiga omonatgina o‘tirdi. O. Yoqubov, Larza Havasga anor yeydi, deysiz shekilli A. Qahhor, Anor
2. 2. Biror ish-faoliyat, kasb-korga bo‘lgan rag‘bat, intilish, istak, mayl. Bolaning kitob o‘qishga havasi — bilimga ishtiyoqining ifodasi. R. Usmonov, Odobnoma Ko‘nglida do‘ppi gullarini tikishdan o‘zga havas yo‘qday, darrov ishga tushib ketdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha. Shifokorlik kasbiga Nasiba juda erta havas qo‘ydi. Gazetadan Husayn Boyqaroning yoshlikdan she’rga havasi kuchli edi. Oybek, Navoiy
1. havasi keldi: biror narsaga erishish ishtiyoqi uyg‘ondi
2. tuya hammomni havas qilganday: O‘ziga xos va mos bo‘lmaydigan, yarashmaydigan urinish, intilish, orzu qilish holatiga nisbatan qo‘llanadigan ibora